62
III BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB
TANLASHGA YО‘LLASH FANI MAZMUNI
3.1.
1-9 sinflarda Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash mazmuni
Reja:
1.
Mehnat ta’limining maqsad va vazifalari
2.
5-7 sinflarda yо‘nalishlar bо‘yicha umumiy mehnat tayyorgarligi.
3.
8-9sinf kasbiy tayyorgarlikkacha bо‘lgan jarayon mazmuni
4.
8-9 sinf о‘quvchilarini kasb-hunarga yо‘naltirish asoslari.
Tayanch iboralar:
aqliy va jismoniy mehnat turlari, shaxsiy sifat va
tafakkurni rivojlantirish, yangi texnika, ilg‘or texnologiya,
raqobatbardosh kadr,
xalq hunarmandchiligi kasblari, tarixiy yodgorliklar, asbob-uskunalar, jihozlar,
moslamalar, kompozitsiya,
ijodiy qobiliyat, kimyoviy va fizik-texnologik
jarayonlar, kasblar tasnifi.
1.Mehnat ta’limining maqsad va vazifalari.
Mehnat ta’limining maqsadi
о‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan
tanishtirish, ularda dastlabki mehnat kо‘nikmalari va malakalarini,
mehnatga
qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga,
ularning ahamiyatini tushunishga о‘rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga
tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va
shaxs farovonligi yо‘lida mehnat faoliyatiga qо‘shilishlariga imkon beruvchi
shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.
Mehnat ta’limining vazifalari:
-
turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni
о‘rgatish, о‘lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana
olish,
mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan
talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga о‘rgatish;
-
xalq xо‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar
tо‘g‘risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat
orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
-
mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni,
63
texnologik
bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi,
sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini;
-
о‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli,
raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini о‘rgatish, ish boshqaruv
(menejerlik) unsurlari,
homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va
rivojlantirib borish;
-
о‘quvchilar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga
nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik,
Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalash;
-
xalq hunarmandchiligi kasblarini о‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini,
yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy
yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini о‘rgatish, ulardan о‘z amaliy
faoliyatlarida foydalanish kо‘nikmalarini mustahkamlash;
-
yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari,
yangi texnika va
jihozlarning qо‘llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon
tajribalariga mos holda о‘rganishlarini ta’minlash;
-
turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qо‘llaniladigan asbob-uskunalar,
jihozlar, moslamalardan foydalanishni о‘rgatish;
-
о‘quvchilarda umummehnat kо‘nikma va malakalarini shakllantirish,
ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga kо‘ra, kasb-hunar turlarini
tanlashga asos bо‘ladigan
sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va
rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: