6
Mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni
qо‘llashda, uning о‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. О‘quvchilar bilish faoliyati
bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Mehnat fanlari,
qurollari, jarayonlari oddiy о‘rganish obyekti sifatida emas, balki о‘quvchilar
amaliy ishlarini faollashtiruvchi kо‘rsatmalilik vositasi, didaktik material,
ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi.
Fanni о‘qitishdan maqsad - о‘quvchilarni har tomonlama barkamol
rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-
tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni
ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira
oladigan shaxs - mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qituvchisi sifatida
shakllantirishdir. Mazkur kursning maqsadi о‘quvchilarning umumiy о‘rta ta’lim
maktablarning
5-9
sinflari
uchun
mehnat
ta’limi о‘qituvchisi bо‘lib
shakllanishlarida tegishli metodik tayyorgarlik kо‘rishlarini ta’minlashda xizmat
qiladi.
Fanning vazifasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- о‘quvchilarda pedagogik-psihologik bilimlarni umummehnat, kasb
tanlashga yо‘llash va umumkasbiy kо‘nikma va malakalarni shakllantirish
jarayoniga tadbiq etish;
- pedagogik–psihologik bilimlarni bevosita tanlangan sohalariga tatbiq eta
olish va yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida metodik
muammolarni hal etish;
- maktablarda mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarini о‘qitishni
tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini о‘rgatishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: