17
va uni kasb-hunar kollejlarida davom ettirishi zarurdek tuyuladi. Ayni paytda
о‘quvchi oldida kasblar dunyosi birinchi marotaba tizimga solingan holda tо‘liq
ochib beriladi, gо‘yo ulardan hohlaganingni tanlab ol, deyilgandek bо‘ladi. Kasb
tanlash erkinligi ana shu kо‘rinishdagi ziddiyatda namoyon bо‘ladi. 9-sinfda
о‘quvchi о‘zi avval tanlagan kasbdan aynib, mehnat ta’limining butunlay boshqa
yо‘nalishini ixtiyoriy qilib olishi ham mumkin. Demak, о‘quvchi faqat 9-sinfda
biror kasbni tanlash haqida uzil-kesil qarorga kelishi mumkin. Lekin bu bilan kasb
tanlashga yо‘llash ishi tugaydi yoki bо‘shashtirib yuboriladi, deyish xato bо‘ladi.
Aksincha, bu ish endi yanada ta’sirchan bо‘lishi lozim, ammo uning maqsadi
о‘zgaradi, endi birinchi rejani tanlagan kasbga muhabbat uyg‘otish egallaydi. Kasb
tanlashga yо‘llash ishining butun mazmuni, formalari va metodlari ana shu
maqsadga qaratiladi.
Yuqorida aytilganlardan, mehnat ta’limi jarayonida kasb tanlashga yо‘llash
ishi bir necha bosqichdan о‘tib, bu bosqichlarning har birida о‘z vazifalari hal
etiladi, degan xulosani chiqarish mumkin. Bunda kasb tanlashga yо‘llash ishi,
boshqa har qanday о‘quv-tarbiya ishi kabi, ikki yoqlamali jarayondan iborat bо‘lib,
bu jarayonda о‘qituvchiga ham, о‘quvchiga ham teng darajada ahamiyat ajratiladi.
Shuning uchun kasb tanlash ishiga nisbatan qо‘yiladigan eng muhim talab —
о‘quvchilarning yuqori darajada faol bо‘lishi lozimdirki, bu faollik kasbiy tarbiya,
kasb tanlash negizlarini shakllantirish hisobiga ta’minlanadi. Mehnat о‘qituvchilari
kasbiy tashxis hamda kasbiy konsultatsiyaga tayyorgarlik kо‘rgan bо‘lsalar va bu
ishni о‘z vaqtida о‘tkazsalar, о‘quvchilarning faolligi ortadi.
Dostları ilə paylaş: