Nihol ekib mevasini emasa ham



Yüklə 34,27 Kb.
səhifə5/5
tarix03.08.2023
ölçüsü34,27 Kb.
#138501
1   2   3   4   5
718-737 7 bet

O’qish emas, uqish kerak.
Jazo muddatini o’tayotgan shaxslarning ma’naviy olamini, dunyoqarashini boyitish, jamiyatga sog’lom fikrli insonlar qilib qayta tarbiyalash jismoniy va ruhiy holatlarini sog’lomlashtirish borasida soha xodimlari tomonidan tegishli shart-sharoitlar yaratilib, kelinmoqda. Hibsxonada haftada bir marta kutubxonachi qiz kelib, kitob tarqatar ekan, men undan eng birinchilardan bo’lib, o’zimning sevimli gazetam “Vaqt-время” gazetasini yangi sonini so’rayman. Uni olgach, gazetani o’qishga, mutolaa qilishga shu qadar oshiqaman-ki darrov kitoblarimni almashlab bo’lib gazetani eng birinchi varaqlab, “She’riyat-bo’stoni” sahifasiga ko’z yugurtaman. Mahkumlar kutubxonachi ayoldan kitoblarini almashtirib olar ekan, ularga eshik tirqishidan quloq tutib, ayrimlari kitobni ustida talashib turganini eshitaman. Keyin o’z-o’zimga kelajakda mening kitoblarim ham xudo xoxlasa nashrdan chiqsa, xuddi shunday ularni ham talashib o’qishlarini orzu qilaman deb o’yladim. Ularning kitobga mehr qo’yishlarini eshitib, ko’nglim ko’tarildi. Mening ham bu kitoblarni kunu-tun mehnat qilib yozishim, bularni esa o’z qulog’im bilan kitobni talashayotganini eshitishim men uchun juda katta taasurot uyg’otdi. Ba’zan bu kitoblarimdagi hikoyalarim, ayrim yangi yozilgan she’rlarim yuzasidan hibsxona tarbiyaviy ishlar xodimi Alisher aka bilan bu mavzular haqida bahslashish, fikr yuritar ekanman, ularning bu suhbatlaridan quvonishini his qilaman. Ularning menga ko’rsatayotgan yo’l-yo’riqlari, mehnatlari demak, besamar ketmaganligini ko’rib, ular ham yurakdan quvonsalar kerak deya o’ylanaman. Hibsxonada o’z xizmat faoliyatini mana necha yillardan buyon, davom etib kelayotgan Erbol har gal o’z navbatchiligini qabul qilib olar ekan, ular o’z so’zlarida qilayotgan mehnatlarimiz, tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarimiz besamar ketmayotganidan quvonamiz. Ular o’z so’zlarida, kitob o’qiganlarni beradigan bizlarga savollarining ma’no-mazmunidan kelib chiqib, ularning dunyo-qarashiga baho bersang bo’ladi. Ammo ba’zida dilni xira qiladigan vaziyatlar ham bo’ladi deydilar. Bu erda javonda turgan kitoblarning hammasi xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadi deya menga qarab bitta ruchka uzatdilar. Men esa raxmat nachalnik deya ruchkani olib qoldim. Ularni kitobga bo’lgan mehrini, ma’naviyatimiz, madaniyatimizga, qadriyatlarimizga, adabiy merosimizga bo’lgan hurmatini, she’riyatga oshufta ekanligini sezganman. Chunki hibsxonada gohida menga qalam, ruchka, qog’oz kerak bo’lib ulardan iltimos qilib so’rsam darhol topib berishga, kitob nima bo’ldi deya savol berib shaxsan o’zlari kameraga kelib, berib ketadilar. Biz xodimlar imkon qadar har bir insonning insoniylik hislatlarini mustahkamlashga, tushunmaganlarini vaqti-soati bilan tushuntirishga chin ko’ngildan bel bog’lab xizmat qilaveramiz deya gapirdilar.
So’zdurni nishon berur o’lukka jondin,
So’zdurni berur jonga xabar jonondin
Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo’q ondin. Alisher Navoiy misralaridan vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehr-muhabbat, oliyjanoblik kabi tushunchalar mujassam
Yüklə 34,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin