Nihol ekib mevasini emasa ham


Hayotimizdan olingan hikoyalar



Yüklə 34,27 Kb.
səhifə3/5
tarix03.08.2023
ölçüsü34,27 Kb.
#138501
1   2   3   4   5
718-737 7 bet

Hayotimizdan olingan hikoyalar
She’r bitsam, so’z topib g’amimni egan,
Ko’ngil deb atalmish, zo’r ilhom bergan,
Chor tomoni gulzor, she’riyat degan,
Bo’ston qayda edi ustoz bo’lmasa!
Insonning ma’naviy va axloqiy dunyo qarashining shakllanishida kitobning alohida o’rni bor. Men kitoblar adashgan insonlarni yaxshilik sari etaklashiga qattiq ishonaman. Kitobga mehr qo’ygan, uning buloqday toza chashmasidan ma’naviy-ma’rifiy tashnaligini qondirishni niyat qilgan qalblarda yovuzlik jaholatga o’rin qolmaydi. Bunday insonlar ezgulik, bunyodkorlik, g’oyalarini hayotiy shior qilib olishadi. Bilib-bilmay turib jinoyat qilgan ammo o’z aybini to’la anglab olmasiga jamiyatga sog’lom fikrli inson sifatida qaytishni qat’iy maqsad qilgan mahkumlarni axloqiy qayta tarbiyalash da kitob yaqin do’st, sirdosh va ishonchli maslahatgo’y ekanligi hech kimga sir emas. Kitobsiz ilmu-ma’rifatga erishishni, ilmiy ma’rifatsiz esa to’kis jamiyat qurishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Hamma narsa insonning bilimiga, ma’naviy kamolotiga borib taqalar ekan, kitobxonlik an’analarini rivojlantirish, ayniqsa yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish o’ta zarur vazifa ekanligi o’z-o’zidan ma’lum bo’ladi.
“Kitob tafakkurning tolmas qanoti” degan hikmatda, u insonning ma’naviy olamini boyitishning eng asosiy manbai ekanligi nazarda tutilgan. Hattoki ota-bobolarimiz ham kitoblarning inson tarbiyasidagi o’rni beqiyos ekanligini, kitoblarni nihoyatda qadrliligini, shuningdek bebaho adabiy merosdan samarali foydalanish kerakligini ta’kidlab o’tganlar. Kitob paydo bo’lgandan buyon insonga hamrohlik qilib keladi. Kitoblar insonning ongli hayotining ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanalib kelinadi. Buyuk adib Abdurahmon Jomiy aytganidek, “Kitob qalb gavhari, ko’ngil oftobi”. Mana shu “oftob”ning nuridan yog’dulanib kamol topgan farzandlarimizning ma’naviy kamoloti ham, albatta etuk bo’ladi.
A.Navoiy “ni har ishniki qildi odamizod,
Tafakkur birla bildi odamzod”
deya ta’kidlaganidek, har bir inson tafakkur qilganidek so’zlaydi. Ushbu yangi kitobdagi mavzular ham sizni fikrlashga undasa yangicha qarashlar uyg’otsa biz chog’langan ulug’ maqsad sari bir qadam demak.

Yüklə 34,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin