Nihol ekib mevasini emasa ham


Kitob, kutubxona, kitobxon



Yüklə 34,27 Kb.
səhifə4/5
tarix03.08.2023
ölçüsü34,27 Kb.
#138501
1   2   3   4   5
718-737 7 bet

Kitob, kutubxona, kitobxon
Kitob bilim manbai.
Ichki dunyoimizni hech narsa kitobchalik benazir boyita olmaydi. Ruhiyatimizni hech narsa kitobchalik o’qish-o’rganish mehnatchalik, muvozanatga, to’g’ri yo’lga sola olmaydi. Intellectual rivojlanishda kitob asosiy o’rinni tutishi haqida juda ko’p eshitamiz albatda. Chunki kishining o’zini-o’zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o’zimizni ko’rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma’lum darajada ko’zgu vazifasini o’taydi. Ayrimlar uchun kitob go’yo shunchaki axborot manbai vazifasini o’taydi xolos. Yaxshi hikoya o’qigan kitobxon undagi turf axil taqdirlarni o’z taqdiri bilan taqqoslashi, kerak bo’lsa undan o’rnak olishi hayotida qandaydir o’zgarishlarga sabab bo’lishi kerak emasmi?
Odam hayotda yolg’iz o’zi yashay olmaydi. Odamlar muhit tabiat bilan munosabatda bo’ladi. Mahkumalar qiynalgan, to’g’ri yo’l izlagan paytda o’zi sevgan kitobini, ruhiyatiga ruhi yaqin bo’lgan qahramonlar kechinmasiga murojaat qiladi. Mahkuma o’z boshidan o’tkazayotgan og’ir kunlarni iroda bilan engib o’tsagina uning yuragi ancha halovat topadi. Ular kitobdan, undagi qahramondan, irodali, sabot ma’lum darajada kechirimli bo’lishini, chekinishini o’rganadi.
Hibsxonada mahkumlar orasida kitobxonlikni targ’ib qilish bo’yicha suhbatlashar ekanman, ularning ba’zilari bir nechta kitoblarni o’qib tugatganlari haqida ulardagi qahramonlar kechinmalari haqida fikr yuritamiz. Ba’zan ular qiziqib men yozgan kitoblarimni, she’riy misralarimni ham o’qib mushohada qilamiz. Chunki bu kitoblarning tarbiyaviy jihatlari inson to’g’ri yo’lga tushishi, mahkumalar uchun esa bu kitoblar ko’zgu ekanliklarini anglashi kerakligi haqida fikr yuritamiz. Donishmandlar kitobni o’qish bilan birga uni o’qish kerak deb bejizga aytishmagan. Hozirda bu erda mahkumlar kitob o’qishi uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Men ham ushbu yozgan kitoblarim, kutubxona kitoblari orasida o’rin olishi, sevib o’qilishi, turf axil undagi taqdirlardan kitobxon ogoh bo’lishi va ular uchun bu kitoblar kelajakda ularni yo’lini yorituvchi bilimlar manbai bo’lishini juda xoxlardim. Kitoblarimni o’qigan mahkum undan olgan taasurotlarini hamda tushunchalari to’g’risida fikr yuritamiz. Men esa bundan juda quvonchliman. Kitobga mehr qo’yib, tafakkur qilib, mahkum o’z qalbidagi hissiyotlar bilan taqqoslab o’qilmas ekan u kitob etarli darajada maanfat keltirmaydi. Kitob har bir insonni ziyoli, bilimli qiladi, unga juda katta hayotiy tajriba beradi. Insonni teran fikrlashga, irodali, sabr matonatli bo’lishga kerak bo’lsa mulohazakorlikka undaydi. Kitobxonda go’zallik tuyg’usini mujassamlashtiribgina qaolmasdan, balki hayotni teran, murakkabliklarini tushunib etishiga undaydi, qahramonlar qalbini ochib beradi, sizga go’yo yo’lboshchi bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda bizni donishmand qiladi. Aziz o’quvchi siz yuqoridagi so’zlarni o’qir ekansiz, kitob o’qishni hech qachon tashlamasligingiz, yoshlikda, hamda hozirda kitobdan hamda sevimli qahramonlaringizdan olgan barcha yaxshi hislatlar va fazilatlarni bir umr qalbingizda saqlab qolishingizni tilayman. Shuning uchun kitobni faqat o’qish emas, balki uni uqish kerak azizlar.



Yüklə 34,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin