Neft-gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari reja: qatlam bosimi


Neft koni strukturasida qatlam bosimining taqsimlanishi



Yüklə 46,03 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü46,03 Kb.
#209844
1   2   3   4
5 НЕФТЬ-ГАЗЛИ ҚАТЛАМЛАРНИНГ ЭНЕРЕТИК ХУСУСИЯТЛАРИ

Neft koni strukturasida qatlam bosimining taqsimlanishi
Qatlam bosimi qiymatlarining o’zgaruvchanligi asosan p’ezometrik yuzaning sathi, qatlamning yotish chuqurligi va quduq og’zining dengiz sathidan yuqorida joylashganligi orasidagi o’zaro nisbatga bog’liq. Quyidagi asosiy sxemalarni ko’rib chiqamiz.
1. Pezometrik yuza quduq og’zidan pastda joylashgan (8.2-rasm, a). Bu holda
8.2-rasm. Qatlam bosimini aniqlash ushun qatlamning yotish shuqurligini, pezometrik yuza holatining va quduq og’zining o’zaro joylashish nisbati A, B, C – quduq og’zi; P.s. – pezometrik sath
bunda  - suyuqlik zichligi, uning qiymati bir deb qabul qilinadi.
Bundan
2. Pezometrik yuza sathi quduq og’zi sathiga mos kelgan (8.2-rasm, b). Bu holda
bundan
3. Pezometrik yuza sathi quduq og’zi sathidan yuqorida joylashgan (8.2-rasm, v). Bunday holda
bundan
Strukturada qazilgan quduqlardagi bosimlarning taqsimlanishi 8.3-rasmda ko’rsatilgan sxema bilan izohlanishi mumkin. Bu sxemada antiklinal tuzilishli kon strukurasidagi neft qatlami yer yuzasiga chiqqanligi tasvirlangan. Beshta quduqdagi qatlam bosimi va statik sathlarni aniqlash talab qilinadi.
1-quduq chekka suvlarni ochgan. Quduq tubi 950 m chuqurlikda, statik sath esa quduq og’zidan 50 m chuqurlikda joylashgan. Suv zichligi 1 ga teng bo’lganda quduq tubidagi (V-nuqta) qatlam bosimi:
Quduqdagi statik ustun 900 m ga teng.
2-quduq antiklinal qanotida burg’ilangan va qatlamning neftli qismini dengiz sathidan 450 m chuqurlikda ochgan; quduq chuqurligi 750 m. S nuqtadagi qatlam bosimini aniqlash uchun V nuqtadagi qatlam bosimidan to suv-neft tutash yuzasigacha bo’lgan 100 m balandlikdagi suv ustunining qarshi bosimini hamda suv-neft tutash yuzasidan to 2-quduq tubigacha bo’lgan 150 m balandlikdagi neft ustunining qarshi bosimini ayirish kerak. Shunda S nuqtadagi qatlam bosimi:
MPa
bunda 0,9 - neft zichligi.
Neftning statik ustuni quduq tubidagi hisoblangan 6,65 MPa qiymatli bosimga baravar, ya’ni u
MPa bo’ladi,
m ga teng bo’lishi kerak.
Bunda quduqdagi neftning statik sathi quduq og’zidan hst=750-739=11 m chuqurlikda bo’ladi.

Yüklə 46,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin