Neft-gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari reja: qatlam bosimi


Strukturada joylashgan quduqlarda bosimning taqsimlanish sxemasi



Yüklə 46,03 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü46,03 Kb.
#209844
1   2   3   4
5 НЕФТЬ-ГАЗЛИ ҚАТЛАМЛАРНИНГ ЭНЕРЕТИК ХУСУСИЯТЛАРИ

Strukturada joylashgan quduqlarda bosimning taqsimlanish sxemasi
NEFT-GAZ-SUVLI QATLAMLARNING REJIMLARI
Neft, gaz va suv qatlamlar rejimi deganda ularni ishlatish va ishlatishda neft, gaz va suvlarni harakatga keltiruvchi kuchlarning namoyonlanish xarakteri, ya’ni bosimni yuzaga kelishi va yer osti suvlarining harakatlanish sharoitlari tushuniladi. Qatlamlar rejimi suyuqlik va gazlarni quduq tomon harakatlantiruvchi kuchlar bilan ifodalanib, uning xarakteri qatlamning geologik tuzilishiga, undagi suyuqliklar va jinslarning fizik-kimyoviy xossalariga, konning ishlatish sharoitiga bog’liq holda o’zgaradi. Qatlam rejimi vaqt davomida uning debitini va bosimini hamda, quduqdan suyuqlik chiqarish bilan bog’liq holda bosimning o’zgarish xarakterini ifodalaydi. Qatlam rejimini har tomonlama bilish uchun uning faqat litologik-fizik xususiyatlarini bilibgina qolmasdan, balki qatlam bosimini tavsiflovchi kon ma’lumotlari, neft, gaz va suv debitlarini, neftlilik chegarasining siljishini va h.k.larni o’rganish zarur. Qatlamning neftlilik rejimini bilish konni ishlatishning oqilona tizimini loyihalash va zamindan neft va gazni maksimal miqdorda chiqarib olish maqsadida qatlam energiyasidan samarali foydalanish uchun kerak. Neftli qatlamlar rejimlarini o’rganish bo’yicha dastlabki muhim ilmiy ishlar 1922-1927 yillarda Grozniy shahri hududida o’tkazilgan. Ayniqsa V.P. Yakovlev, N.T. Lindtrop va bu boradagi ilmiy ishlari maqtovga sazovor bo’lgan. I.M. Gubkin rahbarligida o’tgan yillik majlislar neftli qatlamlar rejimlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Hozirgi vaqtda neftli, gazli va suvli qatlamlar butun maydon bo’ylab yagona gidravlik bog’langan sistemani hosil qilishi aniqlangan (agar u tektonik buzilishlar bilan alohida bloklarga bo’lib yuborilgan va linzasimon tuzilishga ega bo’lmasa). Shuning uchun ham quduq ishlatilganda uning ta’siri faqat neft-gaz hududiga tarqalmasdan, balki uni o’rab olgan suvbosimli zonalarga va ko’pincha to qatlam chegaralarigacha etib boradi. Demak, uyumga ta’sir qiluvchi va quduq tubiga neft va gazning oqib kelishini ta’minlovchi energiya va kuchlar zaxirasini o’rganishda uyumning va uning atrof zonalarining tuzilishi hamda neft qatlami jinslari bilan bog’liqligini ko’rib chiqish zarur. Neft va gazning quduq tubiga oqib kelishiga ta’sir qiluvchi qatlam energiyasining manbalariga qatlam suvi bosimi energiyasini, bosim kamayganda neftdan ajralib chiqadigan erigan va erkin gaz energiyasini, siqilgan jinslar va suyuqliklarning elastik energiyasini, neftning o’z og’irlik kuchi ta’sirida paydo bo’ladigan bosim energiyasini kiritish mumkin.
Neft va gaz bitta asosiy energiya yoki bir qancha qatlam energiyalarining bir vaqtda namoyon bo’lishidan harakatlanishi mumkin; chekka suvlar bosimining foydali ta’siri qatlamning yer yuzasiga chiqishi va quduq og’zidan qancha yuqoriga ko’tarilishi qiymati hamda jinslarning o’tkazuvchanlik xususiyati va suyuqlikning qovushqoqligi bilan aniqlanadi.
Jinslarning o’tkazuvchanligi yaxshi va suyuqlikning qatlamda qo’zg’aluvchanligi etarli darajada bo’lishi, shuningdek, qatlamning o’tkazuvchanlik xususiyati suyuqlik chiqarib olishga mos kelishi chekka suvlar bosimi energiyasi muntazam va uzoq vaqt namoyon bo’lishiga olib keladi. Qatlamda neft va gazning harakatlanish jarayonlarida qatlamdagi suv-bosimli tizimning elastiklik energiyasi juda muhim ahamiyatga ega. Qatlamda bosim pasayganda suyuqlik va jinslarning elastik o’zgaruvchanligi juda kam bo’ladi. Lekin uyum va uni ta’minlovchi suv bosimli tizim nihoyatda katta bo’lsa, jins, suyuqlik va gazlarning elastik energiyasi neftning quduq tubiga qarab harakatlanishida muhim rol o’ynaydi. Gaz energiyasi gaz qalpog’i mavjud bo’lganda siqilgan erkin gazning taranglik energiyasi ko’rinishida yoki bosim kamayganda neftda erigan gazning undan ajralib chiqishidagi energiya ko’rinishida bo’ladi. Uyumda siqilgan gaz energiyasining zaxirasi odatda, gaz qalpog’ining hajmiga, neft zaxiralariga, qatlamning neftli va gazli zonalari hajmlarining o’zaro nisbatiga, qatlam bosimi qiymatiga, gazning neftda eruvchanligiga bog’liq bo’ladi. Agar gaz qalpog’i bilan egallangan qatlam hajmi neft bilan egallangan qatlam hajmidan katta bo’lsa, erkin gazning taranglik energiyasining namoyonlanishi nihoyatda samarali bo’ladi.
Qatlam suyuqliklarining og’irlik kuchi hisobiga paydo bo’ladigan bosim energiyasi qatlamlar gorizontal tekislikka qandaydir burchak ostida yotgan holatlarda namoyon bo’ladi. Bunda bosim qiymati mahsuldor qatlamlarning yotish burchagiga bog’liq. Qatlamdagi suyuqlik sathi ko’pincha qatlamning ustki qismidan pastga tushadi, bunday hollarda suyuqliklar erkin yuza bo’ylab siljiydi.
Qatlamda neft va gazning harakatlanish jarayonida ko’pincha har xil ko’rinishdagi energiyalar bir vaqtda ta’sir qiladi. Lekin geologik sharoitlar va uyumni ishlatish sharoitlariga ko’ra u yoki bu turdagi energiya asosiy bo’lishi, quduq tubiga neft va gazning oqib kelishini ta’minlashda ustunlik qilishi mumkin. Ta’sir qiluvchi kuchlar ustunligining kelib chiqishiga ko’ra, hozirgi vaqtda neft uyumlarining quyidagi asosiy ish rejimlari ajratiladi:
1) suv bosimli rejim;
2) tarang (tarang suv bosimli) rejim;
3) gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi);
4) erigan gaz rejimi;
5) gravitatsion rejim.
Dastlabki uchta rejim siqib chiqarish rejimlarini, oxirgi ikkitasi qatlam energiyasining zaiflashish rejimlarini ifodalaydi.
Suv bosimli (qattiq-suv bosimli) rejim
Suv bosimli rejimda chekka (yoki qatlamosti) suvlari neftni quduq tomon harakatlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Samarador qatlamning neftdan bo’shagan qismi quduqni ishlatish mobaynida qatlam suvi bilan to’lib boradi. Suv bosimli rejim odatda litologik jihatdan bir tarkibli va maydon bo’ylab o’zgarmaydigan, yuqori darajada o’tkazuvchan qatlamlardagi uyumlarning ta’minlanish oblastiga yaqin joylashganida hosil bo’ladi.
Ishlatishning dastlabki bosqichida, ishlatishga kiritilayotgan quduqlar soni ortishi bilan neftni chiqarib olishning belgilangan loyiha darajasigacha o’sishi kuzatiladi. Keyinchalik neft chiqarib olishni erishilgan darajada ushlab turishda qatlam bosimining barqarorlashuvi kuzatiladi, so’ngra chekka suvlarning bostirib kelaboshlashi bilan neftda suv miqdori ortib boradi va natijada olinayotgan neft miqdori ma’lum darajada pasayadi (8.15-rasm). Suvlanish natijasida quduqlarning bir qismi ishdan chiqadi, bu esa neft chiqarib olishning umuman pasayishiga va qatlam bosimining biroz ko’tarilishiga olib keladi.
Suv bosimli rejimda qatlamni ishlatish grafigi еgri shiziqlar: Qn – neft qazib olish; Qs – suv qazib olish; Рq – qatlam bosimi; ro – gaz omili; Рt – to’yinish bosimi
Suvlanishning yanada ortishi va neft chiqarib olishning uzluksiz pasayishi munosabati bilan suyuqlikni to’laligicha (jadallashtirish usulida) chiqarib olish zaruriyati tug’iladi.
Qatlam bosimi qiymati suyuqlikni joriy chiqarib olishga bog’liq bo’ladi. Agar suyuqlikni quduqdan chiqarib olishda bosim neftning gaz bilan to’yinish bosimidan pasayib ketmasa, u vaqtda gaz omili neftda erigan gaz miqdoriga mos keluvchi past va muhim bo’lib qoladi.
Suv bosimli rejimning samaradorligi suv bosimli sistemaning o’lchamlariga, qatlamning kollektorlik xususiyatlariga va mahsuldor qatlamlarning yotish chuqurligi bilan ularning yer yuzasiga chiqish mutlaq balandligi orasidagi gipsometrik farqqa bog’liq. Foydali suv bosimli rejimda suv bosimli sistemaning kengligi (agar neft uyumining tashqi chegarasidan qatlamni yer yuzasiga chiqqan joygacha hisoblaganda) odatda, kamida 15-25 km ni, jinslarning o’tkazuvchanligi esa, kamida 1,02·10-12 m2 ni tashkil qiladi. Rossiya Federatsiyasidagi N.T. Lindtrop tomonidan mukammal o’rganilgan Oktyabrskiy (Novogroznenskiy shahri) konidagi XIII va XVI qatlamlar suv bosimli rejimdagi konlarga namunaviy misol bo’laoladi.
Foydali suv bosimli rejimda neft beraolishlik koeffisienti jinslarning kollektorlik xususiyatlari va boshqa omillarga ko’ra 0,65-80 intervalda o’zgaradi. Suv bosimli rejimning jadalligi faqat yuqorida ko’rsatilgan tabiiy omillargagina emas, balki umuman qatlamdan hamda uning ayrim uchastkalaridan suyuqlik ajratib olish sur’atiga ham bog’liq.
Konlarni ishlatish tajribalaridan ma’lumki, uyumdagi neftning sanoat miqyosidagi zaxiralarini yil davomida 6 % gacha miqdori chiqarib olinsa, uning suv bosimli tabiiy rejimi saqlanib qolinadi. Albatta, bu o’rtacha miqdor (6 %), o’zida uyumni saqlagan kollektor xususiyatlariga, uni to’yintiruvchi suyuqlik va gaz xususiyatlariga ko’ra o’zgarishi mumkin. Agar qatlamdan ko’proq suyuqlik chiqarib olish zaruriyati tug’ilsa, bosimning neftda erigan gaz bosimidan pasayib ketishining va qatlamni ishlatish samarasiz rejimga o’tishining oldini olish uchun qatlamga sun’iy ta’sir qilish zarur.
Tarang-suv bosimli (tarang) rejim
Tarang-suv bosimli rejim qatlam bosimi pasayishida qatlamdagi suyuqlik va jinslarning taranglashib, kengayishidan hosil bo’lgan kuch ta’sirida neftning quduq tomon harakatlanishidir. Uyum ishlatishning dastlabki davrida bunday kuchlar ko’p bo’ladi, suyuqlik olish ortgani va qatlam bosimi pasaygani sari uyumdan uzoqda joylashgan qatlam suvlari ham harakatga keladi, bunday suvlar bosimi esa neftni qatlamda siljitadigan asosiy kuch hisoblanadi.
Tarang kuchlar har qanday rejimda paydo bo’lishi mumkin. SHuning uchun tarang rejimni mustaqil rejim emas, balki suv bosimli rejimning fazasi sifatida qarash to’g’riroq bo’ladi. Bu fazaning namoyon bo’lish davrida suyuqlik (neft va suv)ning va jinsning tarangligi (elastikligi) asosiy kuch (energiya) manbai hisoblanadi.
Tarang-suv bosimli rejim neft uyumining ta’minlanish hududi bilan o’zaro aloqasi yomonligida (aloqa yo’qligida) yoki ta’minlash oblasti neft uyumidan nihoyatda uzoqda (50-100 km) joylashganda yaqqol namoyon bo’ladi. Tarang-suv bosimli rejimga suv bosimli rejimga ham tegishli xususiyatlar xos.
Lekin samarali suv bosimli rejimda chiqarilayotgan suyuqlik miqdori o’zgarmas − doimiy bo’lgan hollarda qatlamning dinamik bosimi ham barqarorlashadi (qatlamdan suyuqlik olish rejimi o’zgarishi lahzasigacha), tarang-suv bosimli rejimda esa, hattoki qatlamdan suyuqlik chiqarib olish sur’ati barqaror bo’lganda ham bosim uzluksiz kamayib boradi. Demak, bu rejimdagi qatlam bosimining qiymati konni ishlatishning har qaysi lahzasida qatlamdan chiqarib olinayotgan suyuqlikning ham joriy miqdoriga, ham umumiy yig’indisiga bog’liq.
Demak, bu rejimda neft qazib olish miqdorining o’sishi quduqni ishga tushirish sur’atiga bog’liq: u qancha sekin bo’lsa, quduqning boshlang’ich debiti ham shuncha past bo’ladi, bu jarayon quduqlardagi qatlam bosimi past bo’lgan uyumlarni ochganda sodir bo’ladi. Bu holda erishilgan joriy neft chiqarib olish miqdori, quduqlarni ishga tez tushirishda neft chiqarib olish miqdoriga nisbatan past bo’ladi.
Tarang-suv bosimli rejimda qatlamni ishlatish grafigi.
Bu rejimda ishlatilayotgan quduqlar soni ortib borishiga qaramasdan, qatlam bosimi va neft chiqarib olish tezda pasayishi kuzatiladi.
Gaz omili qatlam bosimi to’yinish bosimidan pasaygungacha, doimiy bo’lib qoladi. Qatlam bosimi to’yinish bosimidan pasayganda gaz omili ortadi, erigan gazni yo’qotgan neft yanada qovushqoq bo’lib qoladi, natijada neftni chiqarib olinayotgan umumiy miqdori yanada tez sur’atlar bilan kamayadi (8.16-rasm).
Suyuqlikni shu rejimda olishda qatlamda bo’shagan g’ovaklar, bo’shliqlar uyum tashqarisidagi suvlarning siljib kelishidan to’lmaydi. Bunday rejim maydoni katta, samarador qatlamlarning kollektorlik xususiyati o’zgaruvchan uyumlarga xosdir. Suv bosimli rejimga nisbatan tarang-suv bosimli rejim samarasizroq: neft beraolishlik koeffisienti 0,5-0,7 chegaralarda o’zgaradi. Zarur miqdordagi neft chiqarib olishni ta’minlash uchun bu rejimda qatlamga sun’iy ta’sir etish tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi)
Gaz bosimli rejimda neftni qatlamda harakatlantiradigan kuch gaz qalpog’idagi gazning kengayishidan hosil bo’lgan bosim hisoblanadi.
Neft uyumiga nisbatan gaz qalpog’i katta bo’lsa, neft uyumini ishlatish jarayonida, agar neft chiqarib olish va gaz-neft tutash yuzasining siljish tezligi orasidagi balans buzilmasa, debit va bosim ma’lum bir vaqt davomida deyarli doimiy bo’lib qoladi.
Qatlam bosimi qatlamdan chiqarib olingan neft yig’indisiga bog’liq bo’lib, uning miqdori neft chiqarib olingan sari uzluksiz pasayib boradi. Gaz omillari gaz qalpog’idan uzoqda joylashgan quduqlarda doimiy bo’lib qoladi. Uyumni ishlatish jarayonida gazlilik chegarasining (gaz-neft tutash yuzasining ham) uzluksiz siljishi kuzatiladi, buning natijasida, (gaz-neft tutash yuzasi yaqinida joylashgan) quduqlarda gaz omili keskin ortadi (8.17-rasm) va ulardan toza gaz favvoralana boshlaydi. Gaz bosimli rejimning samaradorligi gaz qalpog’i va neft uyumi o’lchamlarining o’zaro nisbatiga hamda qatlamning kollektorlik xususiyatlari va struktura tafsilotlariga bog’liq. Bu rejimning paydo bo’lishi uchun eng qulay sharoitlar kollektorlar yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lganda (ayniqsa vertikal va qatlamlanishga ko’ndalang yo’nalishlarda), qatlamlar katta burchak ostida qiyalanib yotganda (strukturalar yaxshi ifodalanganda) va neft qovushqoqligi kam bo’lganda namoyonlanadi.
Gaz bosimli rejimda (gaz qalpog’i rejimi) qatlamni ishlatish grafigi.
Qatlamdan neftni chiqarib olgan sari va neftli zonada bosimning pasayishi mobaynida gaz shapkasi kengayadi va gaz neftni qatlamning pasaygan qismlariga, ya’ni quduq tubiga haydaydi. Hattoki qatlamning pasaygan qismlarida chekka suvlarning borligida ham, gaz energiya manbai sifatida ishlatishning birinchi bosqichida ustunlik qiladi. Lekin gaz qalpog’ida bosimning pasayishi mobaynida chekka suvlarning ma’lum bir bosimi ta’sirida qatlamning neftli zonasidagi neft-gaz qalpog’i tomon siljishi mumkin. Buning natijasida neft gaz qalpog’idagi quruq qumlarni namlashi oqibatida neft butunlay yo’qolishi mumkin. SHuning uchun gaz qalpog’idan gazni chiqarish hamda gaz bosimli rejimda yuqori gaz omilli quduqlarni ishlatish mumkin emas; gaz qalpog’idagi gazni har tomonlama asrash, zarur hollarda esa qatlamning neftli zonasidan neftni gaz qalpog’iga siljishining oldini olish uchun gaz qalpog’iga gaz haydash kerak. Ayrim hollarda gaz qalpog’iga qatlamdan neft siljishining oldini olish uchun uyumni ishlatish bo’yicha tegishli tadbirlarga rioya qilib gaz qalpog’idan gaz chiqarib olish mumkin. Gaz bosimli rejimda suyuqlikdan bo’shagan g’ovak va bo’shliqlar qatlamning foydali qismiga kirib kelayotgan qatlam suvi bilan to’la egallanmaydi. Gaz bosimli rejim odatda kuchsiz o’tkazuvchan samarador qatlam qiya holatda yotganida paydo bo’ladi. Gaz bosimli rejimda neft beraolishlik koeffisienti 0,4-0,5 intervallarda o’zgaradi, ayrim hollarda 0,6 ga etishi mumkin. Neft beraolishlikning yuqori koeffisientiga erishish uchun uyumni ishlatishning maxsus, jumladan uning neftli va gazli qismlarini ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan tizimlarini qo’llash kerak.
Erigan gaz rejimi
Erigan gaz rejimida neftdan ajralib chiqayotgan gaz pufakchalarining kengayishidan hosil bo’lgan energiya ta’sirida neft qatlam bo’ylab quduq tubiga siljiydi. Uyumni ishlatish jarayonida debit (ma’lum bir maksimumga erishilgandan so’ng) va bosim uzluksiz pasayib boradi. Bosim har qaysi lahzada qatlamdan chiqarib olingan neft va gaz yig’indisiga bog’liq bo’ladi.
Bu rejimda ishga tushirilayotgan quduqlar soni ortib borishi bilan quduqlarning boshlang’ich va joriy debitlarining bir vaqtda pasayishi sodir bo’ladi. Neft chiqarib olish loyihadagi maksimal qiymatga etgandan so’ng, quduqlar debiti pasaya boshlaydi. Yangi quduqlarni ishga tushirish ham neft chiqarib olish o’sishini qoplamaydi (8.18-rasm). Gaz omillari ishlatishning dastlabki bosqichlaridayoq tezda ortib boradi, keyinchalik esa uyumdagi zaxiraning kamayishi bilan pasayadi. Erkin gazning hatto 7 % miqdorida (g’ovak hajmidan) qatlamda paydo bo’lishi (qatlam bosimining tushib ketishi natijasida) neft uchun fazali o’tkazuvchanlikni nihoyatda kamaytiradi, natijada ko’rilayotgan rejimning samardorligining keskin ozayishiga olib keladi. Keyinchalik ham neft chiqarib olish pasayib boradi va ayniqsa quduqlarning bir qismi ishdan chiqqanda bu jarayon yanada kuchayadi. Uyumdagi gaz zaxiralarining ozayishi bilan gaz omili keskin pasayadi, quduqlar debiti ham kamayib, bu jarayon asta-sekin davom etadi va keyinchalik uyum gravitatsion rejimga o’tadi.
Erigan gaz rejimida qatlamni ishlatish grafigi. A – A – gravitatsion rejim.
Erigan gaz rejimida neft beraolishlik koeffisienti 0,2-0,4 ni tashkil qiladi.
Bu rejimda chegara suvlari siljimaydi yoki siljiganda ham uyumga kirib borishi neftli zonadan neftni chiqarib olishga nisbatan nihoyatda kam bo’ladi. Bu neft uyumining chegaraoldi zonasidagi qatlamning kollektorlik xususiyatlarining pastligi va qatlamning chegaraoldi zonasidagi suv va jinslarning o’zaro ta’siri bilan bog’liq. Shu sababli neftlilik chegarasi izogipslar bilan mos kelmaydi, balki ular bilan kesishadi.
Odatda erigan gaz rejimi fatsial o’zgaruvchanligi yaxshi ifodalangan qatlamlarga xos; ularda vertikal o’tkazuvchanlik gorizontal yo’nalishdagiga qaraganda yomon va struktura qatlamlarining qiyaligi uncha katta bo’lmagan burchak bilan tavsiflanadi. YUqorida qayd qilinganidek, quduqlarning yuqori debiti chegara suvlarining yoki gaz-neft tutash yuzasining siljish tezligiga mos kelmagan hollarda, bu rejim suv bosimli va gaz qalpoqli rejimli qatlamlarda qisman namoyon bo’lishi mumkin; bu esa bosimning gaz va neftning eruvchanlik bosimidan kamayishiga olib keladi.
Gravitatsion rejim
Gravitatsion rejimda neftning qatlam bo’ylab quduq tubiga harakatlanishi neftning og’irlik kuchi hisobiga sodir bo’ladi. Bu kuch neft uyumi qatlamning suvli qismidan butunlay ajratilganda hamda neftda (erigan yoki erkin) gaz bo’lmaganda paydo bo’ladi. Yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan va juda qiya yotgan qatlamlarda bosimli – gravitatsion, yomon kollektorli xususiyatga va bir oz qiya yotgan erkin sathli nefti bo’lgan qatlamlarda gravitatsion rejim yuzaga keladi.
Bosimli  gravitatsion rejimda, shuningdek, qatlamlarning tik yotishi uning pasaygan uchastkalariga neftning harakatlanishini engillashtiradi. Bu rejimda qatlamning enkayishi bo’yicha chuqur qazilgan quduqlarda debit va neft beraolishlik koeffisienti qiymati yuqori bo’lishi mumkin. Masalan, vilkoks qatlami bo’yicha (AQSh, Oklaxoma-siti koni) erigan gaz rejimida ishlayotgan qatlam energiyasining so’nish lahzasida va gravitatsion rejim boshlanishida neft beraolishlik 23% ni tashkil qilgan; qatlamning yuqori kollektorlik xususiyatlari va gravitatsion rejimning qulay sharoitlari tufayli yakuniy neft beraolishlik deyarli 50% ga etgan, ya’ni gravitatsion rejim hisobiga neftning sanoat zaxiralaridan 27% olingan.
Neftning erkin yuzali gravitatsion rejimi odatda bir oz qiyalanib yotuvchi va yomon kollektorlik xususiyatli qatlamlarda kuzatiladi. Bu holda quduqlardagi neft sathi odatda qatlamning ustki qismidan pastda bo’ladi. Neft faqat ushbu quduq joylashgan zonadagi maydonlardangina oqib keladi, natijada tabiiy «qiyalik» chizig’i bilan aniqlanadigan neftning erkin yuzasi hosil bo’ladi. Gravitatsion rejimda neft beraolishlik qiymati odatda 0,1-0,2 intervallarda o’zgaradi.
Chekka suvlar bosimi (suvlar yo’qligida) etarli bo’lmagan neftli qatlamlarda uyumni ishlatishning oxirgi bosqichlarida neftni qatlam bo’ylab quduq tubiga harakatlantiruvchi yagona omil og’irlik kuchi hisoblanadi, ya’ni qatlamni ishlatishda gravitatsion rejimga o’tish kuzatiladi.
Gazli qatlamlarni ishlatish rejimlari
Gaz olishda, ishlayotgan quduqlar tomon gazlarni harakatga keltirayotgan kuchlarga mos holda quyidagi rejimlar ajratiladi:
1) gazli yoki kengayotgan gaz rejimi;
2) suv bosimli rejim (yaxshisi gaz-suv bosimli); bunda faqat qatlamdagi siqilgan gazning kengayishigina emas, balki uyumni ishlatish borasida siljiydigan bosimli chekka suvlarning faol bosimi ham harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.
Uyumni ishlatish jarayonida undagi bosimlarning taqsimlanishi neft uyumidagi bosimlarning taqsimlanishidan sezilarli farqlanadi. Gaz qatlamlaridagi depressiya voronkasi neft qatlamlarnikiga nisbatan tik bo’ladi, shuning uchun ulardagi qatlam bosimi quduq tubining bevosita yaqinidayoq shu qatlamga xos bo’lgan bosimga teng bo’lib qoladi.
Quduqdagi bosimning har qanday o’zgarishi qatlamning barcha qismiga juda tez tarqaladi. Bu hodisa gazning juda kam qovushqoqlikka egaligidan va ko’pincha gaz konlaridagi mahsuldor qatlamlarning o’tkazuvchanligining yuqoriligi natijasida sodir bo’ladi.
Shuning uchun ozmi-ko’pmi bir xil fizik-geologik tavsifli gaz uyumlaridagi qatlam bosimi ishlatish jarayonida, bevosita quduq tubiga tutashgan uncha katta bo’lmagan zonalardan tashqari, hamma yerda bir xil bo’ladi deb hisoblash mumkin. Lekin bosimning bunday taqsimlanishi va qatlam bosimining bir maromda pasayishi gaz uyumidagi jinslarning litologik bir xillik darajasiga va fatsial o’zgaruvchanligiga bog’liq. Ba’zan litologik jihatdan har xil tuzilgan mahsuldor gazli gorizontlar uchraydiki, ularning ayrim zonalaridan, gaz uyumining hamma qismida bosimning bir tekis pasayishiga erishish maqsadida, turli miqdorda gaz chiqarib olish kerak bo’ladi.

Yüklə 46,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin