Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya
Ko‘nikmalar bilan birga malakalar hamfaoliyatning tarkibiy qismlari bo‘lib hisoblanadi va uning tuzilishida o‘z o‘rniga ega. «Malakalar» atamasi sub’yektda mavjud bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar bilan faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish uchun zarur bo‘lgan psixik va amaliy harakatlarning murakkab tizimini egallashni bildiradi. Malakalarni shakllantirish bilimlarda mujassamlangan axborotni, shuningdek, jismdan olinadigan axborotni, bu axborotni aniqlashga doir amallarni, ularni tuzish va faoliyat bilan solishtirishni qayta ishlash bo‘yicha amallar tizimini egallashdan iborat. Malakalarni shakllantirish, ularni egallash jarayoni turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Asosan, ikki yo‘lni ajratib ko‘rsatadilar. Ularning birinchisida ta’lim oluvchi zarur bilimlarga ega bo‘ladi, ularni qo‘llashga doir funksiyalar qo‘yiladiva o‘quvchining o‘zi axborotni qayta ishlash va faoliyat usullarini aniqlagan holda masalaning echimini izlashga harakat qiladi. Bu yo‘l samaradorligi kamroq bo‘lsa-da, ta’limda keng qo‘llaniladi. Ikkinchi yo‘l bilimlarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan o‘quvchi ruhiy faoliyatining o‘qituvchi tomonidan boshqarilishidan iborat. Bunday vaziyatda o‘qituvchi o‘quvchini belgi va amallar bo‘yicha tanlash bilan tanishtiradi, qo‘yilgan masalalarni echish uchun olingan axborotni qayta ishlash va qo‘llashga doir o‘quvchining faoliyatini tashkillashtiradi. Hozirda bu usul pedagogik psixologiyada jadallik bilan qo‘llanilib kelinyapti. Inson faoliyati ongli faollik sifatida ongning shakllanishi va taraqqiy etishi bilan bog‘liq ravishda shakllanadi va rivojlanadi. U har doim insonning atrofdagilar bilan munosabatlarning muayyan tizimida amalga oshiriladi. Faoliyat hamkorlikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo‘ladi. Uning natijalari atrof-olamga, odamlar hayoti va ularning taqdiriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Inson tomonidan yaratilgan faoliyat mahsulotlari uning vafotidan keyingi hayotini davom ettiradi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, faoliyatda inson shaxsi namoyon bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida faoliyat uning shaxsini shakllantiradi. Faoliyat atrof-olamni, shuningdek, insonning o‘zini bilishga v o‘zgartirishga qaratilgan ongli faollikdir. Lekin bu faollik ta’lim va tarbiya ta’siri ostida rivojlanish davomida asta-sekin maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat shakllariga ega bo‘ladi. YOsh bolaning bunday faolligi avval impulsiv xulq-atvor xususiyatiga ega bo‘ladi. Hayotining dastlabki kunlarida bolaning xulq-atvori sodda tug‘ma – himoyaviy, ozuqaviy, labirintli (tebratganda tinchlanish) va keyinchalik esa – yo‘nalishli-tadqiqiy reaksiyalar bilan cheklanadi. Ularning asosida bir yil davomida tadqiqiy xulq-atvor rivojlanadi. Bir yoshda o‘qitish va taqlid qilish ta’sirida amaliy xulq-atvor shakllana boshlaydi. Uning yordamida bola narsalardan foydalanishning insoniy usullarini va ularning ijtimoiy amaliyotdagi ahamiyatini o‘zlashtiradi (krovatiga uxlash uchun yotish, ovqatni qoshiq bilan eyish, koptok bilan o‘ynash, qalam bilan rasm chizish). Faollikning ushbu shakllari bilan birlikda bolaning o‘z ehtiyojlari va istaklarini qondirish imkoniyatlari ortadi. Yüklə 1,2 Mb. Dostları ilə paylaş: |