Psixosotsial yondashuv
Har bir inson murakkab jarayonni o‘zida mujassam etadi, bu esa ijtimoiy tizimning salmoqli qismini tashkil etadi. Biroq har bir individning o‘zi ham kichik tizimlardan ham iborat, masalan, nerv tizimi, yurak-qon tomir, endokrin, tayanch-harakat a’zolari va boshqa tizimlar. Bu ko‘p darajali tizimlar turli xil tahlil darajalarini taqozo etadi. Turli xil darajalarda har xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ularning yig‘indisi biopsixosotsial yondashuvni hosil qiladi. Biopsixosotsial yondashuvda biologik, psixologik va ijtimoiy-madaniy omillar inobatga olinadi.
Psixologiyaning fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi
Psixologiyaning predmeti psixika bo‘lganligi sababli uning asosiy funksiyasi ob’yektiv dunyo haqidagi jarayonlarni aks ettirishni hisobga oladi. Psixologiya boshqa fanlar qatori falsafa fanining negizida vujudga keldi. Falsafa aynan bilish nazariyalari psixika haqidagi tasavvurlarni tahlil qiladi. Bunda psixika birlamchi, ong ikkilamchi holatlar sifatida e’tirof etiladi. Psixologiya inson faoliyatida psixikani va uning rivojlanishini o‘rganadi.
Psixologiya barcha fanlarni integratsiya qilib, ularga ta’sir ko‘rsatadi va ular insoniy bilimlarning umumiy modeli sifatida talqin qilinadi. Psixologiya faoliyatni tadqiq qilish va insonning aqliy, amaliy faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
1-rasm. Psixosotsial yondashuv.
A. Psixologiya va falsafa.
Psixologiya falsafaning tarkibida shakllanib, 1879 yilda mustaqil fan sifatida tarkib topdi. Psixologiyada falsafaning ikki yo‘nalishi saqlanib qolgan: materialistik va idealistik. Materializm faoliyatning asosiy ko‘rinishlaridan bo‘lib, psixik funksiyalarni vujudga kelishini o‘rganadi. Idealizm mas’uliyat muammosi, vijdon, hayotiy maqsad, ma’naviylik tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Ilmiy tadqiqotning psixologik metodologiyasi dunyoni bilish nazariyalariga asoslanadi.
B. Psixologiya va sotsiologiya.
Sotsiologiya fani psixologiya fanidan bir qator metodlarni o‘zlashtirib oladi, bunga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: shaxsni o‘rganish, insoniy munosabatlarni o‘rganish, kichik guruhlar, shaxs nazariyalari, kichik guruhlar tuzilish nazariya metodlarini o‘z ichiga oladi.
Psixologiya sotsiologiyadan quyidagilarni olgan ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish usullari (so‘rov, anketa, intervyu), sotsial o‘rganish nazariyalari va boshqalar.
Umumiy muammolar insonlar bilan o‘zaro aloqalar, katta guruhlarning ta’siri (etnopsixologiya, siyosiy psixologiya, iqtisodiy psixologiya va boshqalar), ijtimoiylashish (identifikatsiya,sotsial fasilitatsiya va ingibitsiya)
V. Pedagogika va psixologiya.
Pedagogika o‘qitish metodikalarini psixologiya metodikalaridan o‘zlashtiradi, bundan tashqari qobiliyatlarga nisbatan yondashuvlar xam psixologik jarayonlardan olingan.
Boshqa fanlarning qo‘shilishi natijasida pedologiya fani vujudga kelgan. Pedologiya 20 asrning birinchi yarmida mavjud bo‘lgan fanlardan biri hisoblanib, hozirgi kunda bunday fan mavjud emas.
Dostları ilə paylaş: |