Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org
Ilmiy va hayotiy psixologiya. Psixologlar haqida afsonalar Kundalik hayotda psixologlar haqida turli xildagi mish-mishlarni eshitish mumkin. Ularning ba’zilarini tahlil qilishga harakat qilamiz.
1.Psixologiya bu insonning butun qalbini, yuragini biladigan fandir, psixologlar insonning ichini yaxshi biladi.
2.Psixolog – bu insonlar bilan tez muloqotga kirisha oladigan va odamlarni tushuna oladigan inson hisoblanadi.
3.Psixolog – bu insonlarning xatti-harakati, hissiyotlari, boshqalarning fikrini boshqara oladigan va shu kabilarga maxsus o‘rgatilgan insondir. U shunga xos bo‘lgan texnikalardan foydalana oladi, Masalan, gipnoz bilan.
4.Psixolog bu o‘zini yaxshi tushuna oladigan va har qanday vaziyatda ham o‘zini boshqara oladiga inson.
5.Psixolog – bu hayot haqidagi ko‘proq tasavvurlarga ega bo‘lgan donishmanddir, uning funksiyasi qiynalgan insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdan iboratdir, hayotda o‘z yo‘lini yo‘qotganlarga to‘g‘ri maslahat beradi.
Har bir afsonаning tagida ozgina bo‘lsada, haqiqat yashiringandir, ularning tagida qandaydir asos mavjuddir, biroq insonlar haqiqatni bo‘rttirilgan holda idrok qilishga o‘rganib qolishgan, shuning uchun ham ba’zi bir holatlarda psixologlarning faoliyatini yolg‘onga qorishtirishlari mumkin. Bu fikrlarning bo‘rttirilganligi ba’zi hollarda insonlarning nafaqat o‘zlariga, balki boshqalarga ham zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun ham biz afsonadan haqiqatni ajratishimiz talab qilinadi.
Biz yuqorida keltirilgan afsonalarni diqqat bilan tahlil qilishga harakat qilamiz. Demak:
1.Psixologiya bu insonning butun qalbini, yuragini biladigan fandir, psixologlar insonning ichini yaxshi biladi.
Psixologlarning insonlarning ichidagi hamma gaplarni biladi degan taxminga kelsak, bu jihatdan bo‘rttirish kerak emas. Biroq ko‘pgina holatlarni oddiy insonlarga nisbatan tezroq anglashi va kuzatuvchan bo‘lishi mumkin, chunki psixologiya bilan shug‘ullanadigan insonlar oddiy insonlarga nisbatan o‘ta kuzatuvchan bo‘lishlari mumkin. Biroq shuni nazarda tutish kerakki hamma fikrlar bu ehtimoliy fikrlar hisoblanadi. Agar psixolog “men sizni mutlaqo tushuna olmayman” desa, Demak, bu haqiqiy psixolog hisoblanmaydi.
2.Psixolog – bu insonlar bilan tez muloqotga kirisha oladigan va odamlarni tushuna oladigan inson hisoblanadi.
Har bir inson ma’lum bir qobiliyatlar majmuasi bilan tug‘iladi, biroq biz buni hayotdavomida bilib boramiz. Biz insonlarning ayrim xatti-harakatlarining tug‘ma ekanligini sezishimiz mumkin, bular individual xatti-harakatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, asab tizimining kuchi, harakatchanligi va boshqalar. Biroq muloqotdagi empatiya holati qiyinroq kechishi mumkin. Psixologlarorasida turli-tuman xulq-atvor egalari uchrab turadi. Biroq amaliy psixolog bir qator qobiliyatlarga ega bo‘lishi talab qilinadi. U o‘zida muloqotga moyillik va odamlarni tushuna olish qobiliyatini shakllantirishi zarur. Bungamosbo‘lganpsixologikmetodlarmavjuddir.
3.Psixolog – bu insonlarning xatti-harakatlari, hissiyotlari, fikrlarini boshqara oladigan va shunga maxsus o‘rgatilgan insondir. U shunga xos bo‘lgan texnikalardan foydalana oladi, Masalan, gipnoz bilan.
Haqiqatdan ham amaliy psixolog insonlarga ta’sir ko‘rastishning ma’lum bir usullaridan foydalana oladi, biroq ular gipnoz bilan shug‘ullanmaydilar.Gipnoz bilan asosan tibbiyot xodimlari shug‘ullanishadi, biroq psixologlar ham insonlarni ishontirish uchun bir qator usullardan foydalanishadi.Psixologmijozning ishonchiga kirishda, muammolarini yumshatishda ularni ishlatishlari mumkin. Biroq ular bu usulni ishlatganda mijozga zarar emas,balki foyda keltirishlari lozim. Psixolog insonning ishonchini qozonib, o‘z foydasi yo‘lida uning psixikasiga ta’sir ko‘rsatishi axloqiy nuqtai nazardan to‘g‘ri emas. Holbuki, ayrim psixologlar amaliyotida shundayholatlarni kuzatishimiz mumkin.
4.Psixolog bu o‘zini yaxshi tushuna oladigan va har qanday vaziyatda ham o‘zini boshqara oladigan inson.
O‘zini yaxshi tushunish mumkin emas. Agar inson “men o‘zimni juda yaxshi bilaman” desa adashgan bo‘ladi. Biroq o‘zini tushunish psixologlar uchun xosdir. Amaliy psixolog boshqalarni osonroq va tezroq tushunishini mumkin va shunga asoslanib u mijozga yordam berishi mumkin.