Леонтьев А.Н. Лекции по общей психологии: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений. – 5-е изд., стер. – М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2010. – 511 с.
Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. –СПб.: Питер, 2006. – 320 с.
Ж.Годфруа. Что такое психология? М. 1999 г. 2-том.
Nazorat savollari
Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi.
Nutqning funksiyasi.
Muomalaga kirishish shaxsning faolligi sifatida.
Nutqli va nutqsiz muomala.
Muloqotning tizimi.
Ongning aniq psixologik tavsifi.
Ongli timsollar tizimi: xissiy maxsulot, ma’nosi va shaxsiy g‘oya.
Ongli dunyo tasvirida uning roli
7-mavzu. Inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi Reja: 1. Insonning rivojlanish bosqichlari va yosh davrlari 2.Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi
3.O‘zlashtirish jarayonining tavsifi.
4. Oliy psixik funksiyalarning shakllanishi.
Insonning rivojlanish bosqichlari va yosh davrlari Inson umrini ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr embrionlik davri hisoblansa, ikkinchi davr – tug‘ilgandan keyingi hayot. Embrionlik davrida farzand bir hujayralilardan tortib to hozirgi kunga qadar filogenetik taraqqiyot bosqichlarini qaytaradi. Bola tug‘ilgandan keyingi davrlar esa quyidagi bosqichlarga bo‘linadi.
Chaqaloqlik davri: (tug‘ilganidan 1 oylikkacha bo‘lgan davr)
Go‘daklik davri (1 oydan– 1 yoshgacha)
Ilk bolalik davri (1 yoshdan – 3 yoshgacha)
Maktabgacha yoshdagi davr (3 yoshdan– 7 yoshgacha)
Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan –10 yoshgacha)
O‘smirlik davri (10 yoshdan–15 yoshgacha)
O‘spirinlik davri (15 yoshdan–23 yoshgacha)
Yetuklik davri (23 yoshdan–55 (60) yoshgacha)
Keksayish davri (60 yoshdan –74 yoshgacha)
Keksalik davri (75 yoshdan–90 yoshgacha)
Uzoq umr ko‘ruvchilar (90 yosh va undan yuqori)