Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Psixik jarayonlarning shakllanishida tilning ahamiyati



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə32/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Psixik jarayonlarning shakllanishida tilning ahamiyati
Inson ongi ijtimoiy chuqur tabiatga ega. U predmetli faoliyat jarayonida, bolaning kattalar bilan muloqotida, kattalarning bir-birlari bilan muloqot jarayonlarida shakllanadi va boshlanishidan ijtimoiy xarakterga ega. Muloqot jarayonida bolaga umuminsoniy tajribalarning asosi beriladi. Shuning uchun individual-psixologik, alohida shaxspsixologiyasi ijtimoiy holat hisoblanadi. Agar umuminsoniy tajribani berish jarayonida so‘zlar alohida ahamiyat kasb etsa, iboralar ham insoniy tajribalarni etkazishida muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumotlarni gaplar orqali etkazish ikkiga bo‘linishi mumkin. Aniq voqealar haqida xabar etkazish yoki voqea kommutatsiyasi va mashhur mantiqiy munosabatlar orqali yotkazish yoki munosabatlar kommutatsiyasi mavjuddir.
Munosabatlar kommutatsiyasi hissiy tajribadan ongning murakkab ratsional shakllariga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tilga ta’sir qilishning uch shakli ham mavjud. Insonning tilida nafaqat so‘zlar saqlanadi, unda mantiqiy tizimlar ham mavjud. Bular tashqaridan kelgan ma’lumotlarni nafaqat qabul qilish, balki tahlil qilish qobiliyatiga ega. Demak, til insonda mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi.
YOsh bola o‘zining individual tajribalariga tayanib xulosa chiqarish imkoniyatiga egadir. Olovning tanani kuydirish xususiyatiga ega ekanligini ota-onasidan bilishi yoki o‘zining hissiy sezgisi orqali ham bilishi mumkin. Agar inson faqat o‘z tajribasiga tayanib xulosa chiqarsa, uning individual imkoniyatlari cheklangan bo‘lar edi. Shuning uchun ham til orqali mantiqiy fikrlarni aniqlash mumkin.
O‘z tajribasiga tayanmay, mantiqiy munosabatlar asosida xulosa chiqarish imkoniyati bilishning yangi ratsional va mantiqiy shakllari uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Hattoki voqealar ishtirokchisi bo‘lmagan taqdirda ham o‘zining bilish va mantiqiy tuzilishiga tayangan holda xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Tilning mantiqiy tizimida insonga tayyor tafakkurning dinamik quroli beriladi, shu tariqa mantiqiy strukturalar o‘zlashtiriladi, insonni bilish imkoniyatlari ortadi.
Bu ongning yangi imkoniyatlari, til orqali o‘zlashtiriladi, bu esa ongning rivojlanishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tilning muhim funksiyalaridan biri bu, uning asosida sezgi, idrok, diqqat, tafakkur, xotira, xayol, emotsiya, iroda vujudga keladi. Bu qarash L.S.Vigotskiy tomonidan fanga kiritilgan.
Ma’lumki, hayvonlarda sezgi va kompleks idrok mavjud. Hayvonlarda diqqat ham mavjud, u muhim signallarni tanlab oladi va kerak bo‘lmagan harakatlarni to‘xtatadi, hayvonlarda ham xotira mavjud, u xotira orqali oldinga tajribalar asoratini saqlaydi va ma’lum shart-sharoitlarda ularni ishlatadi.
Tabiiyki, bunday funksiyalar insonlarda ham mavjud, lekin ularning hayvonlardan farqi, insonlarda bu jarayonlar nutqqa bog‘langan holda amalga oshiriladi. Bu funksiyalar ongning tarixiy shakllanishi bilan genetik jihatidan bog‘liqdir. Bularning hammasi inson psixikasining o‘ziga xosligini tashkil qiladi.
Insonning sezgisi va idrokining o‘ziga xosligibu har bir sezgi va har bir idrok nafaqat sezuvchi komponent, balki so‘z orqali ifoda qilingan ratsional komponentlar ham mavjud va aynan shu sezgi va idrokni murakkablashtiradi. Masalan, 1,5 mln rang turi mavjud. Biroq biz 12-15 yoki 20-30 so‘z orqali ranglarni nomlaymiz ularni biz qizil, sariq, yashil, ko‘k, qora deb ataymiz. Biz ranglarning boshqa so‘zlarini topa olmaymiz, lekin qalbimizda ularni nomlay boshlaymiz. Biz tovushlarni ham xuddi shunday tahlil qilamiz, ularni ma’lum bir sifatlarga ajratamiz. Bu sezgilarning namoyon bo‘lishiga misol bo‘lishimumkin. Har qanday bilish jarayonlariga nutqning bevosita aloqasi mavjud.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin