l-rasm. Jixozlangan laboratoriya stoli.
Laboratoriya stoli. Bu stolda ob’yektlar saqlanadigan bankalar, kerakli reaktivlar
solinadigan shishalar, quyg'ich, tsilindr kabi asboblar qo'yiladigan polkalar bo'lishi lozim. Stol
usti qalin oyna bilan qoplangan bo'lishi kerak. Laboratoriya stoli xonaning yorug' joyiga
qo'yilishi zarur.
Laboratoriya idishlari. Idishlar soni turli gistologik tajribalar o'tkazish uchun yetarli
miqdorda bo'lishi kerak. Bunda distillangan suv uchun 2-3 litrli idish xam bo'lishi lozim.
Idishning ostida rezinka nay o'tkazilgan jo'mragi bo'lishi kerak. Rezinka nayda suvni oqizish va
to'xtatish uchun qisqich bo'ladi. Gistologik ob’yektlarni konservlash uchun og'zi keng bankalar,
tezda parlanadigan moddalarni (reaktiv eritmalar, spirt, efir, atsiton, ammiaklar) saqlash uchun
og'zi zich yopiladigan shisha idishlar bo'lishi kerak. Ob’yektlarni yuvish, chayish uchun turli
jomchalardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |