Namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Mavzu: Mikroskopning tuzilishi va undan foydalanish



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#47654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
gistologiya

Mavzu: Mikroskopning tuzilishi va undan foydalanish.

Reja:

1. Mikroskop turlari.

2. Mikroskopning mexanik qismlari.

3. Mikroskopning optik qismlari.

4. Mikroskopdan foydalanish.

Mikroskop - ko'zga ilinmaydigan darajada mayda ejementlarni kattalashtirib

ko'rsatadigan optik asbobdir. «Mikroskop» grekcha so'zdan tashkil topgan bo'lib, «mikro» -

«kichik», «skopio» - «ko'raman» degan ma'noni anglatadi. Mikroskop orqali biz ko'z bilan ko'rib

bo'lmaydigan hujayralarni, to'qimalarni va ayrim organlarning nozik tuzilishlarini tekshiramiz.

Mikroskoplar turli sistemada tuzilgan, bularning bir xillari oddiy, ikkinchi xillari esa

murakkabdir. Hozirgi zamon sanoati 15 xildan ortiq turli mikroskoplar va ustanovkalar ishlab

chiqaradi. Bulardan muhimlari, biologik (monokulyarli va biokulyarli), stereoskopik, ul

trafioletik, polyarizatsion, fazovokontrastik, taqqoslovchi, fotografik, kino uchun surat oladigan

(kinos'emochniy), elektron mikroskoplardir. Bu mikroskoplarning turlari va ularning tuzilishi

to'g'risida to'xtalib o'tirmaymiz, chunki bu mikroskoplar asosan ilmiy tekshirish ishlarida

ishlatiladi va murakkab tuzilishga egadirlar.

Bizning laboratoriyamizda asosan quyidagj sistemali mikroskoplar ishlatiladi:

Biologik mikroskop — M-10

Biologik mikroskop — MBI-1

Studentlar mikroskopi — MA

Biologik mikroskoplar ikki qismdan: mexanik va optik qismlardan iborat bo'ladi.

Mikroskopning mexanik qismlari: 1) oyog'i, 2) kolonkadan iboratdir.

Mikroskopning oyog'i va kolonkasi optik qismlami tutish, mikroskopning qulay turishi

va uni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish uchun xizmat qiladi.

Mikroskop kolonkasining oyog'iga shamir (katta vint) o'rnatilgan. Bu vint mikroskopning

turish holatini o'zgartirish uchun xizmat qiladi.

Mikroskop kolonkasi quyidagj qismlardan iborat:

1) Tubus. Bu gilza (qin) ichiga tushirilgan naychadan iborat bo'lib, uning yuqori uchiga

okulyar, pastki uchiga esa zapas ob’yektivlarni tutib turadigan revolver o'rnatilgan. Tubusni

yuqoriga va pastga siljitish uchun makrometrik va mikrometrik vintlami burash kerak.

2) Makrometrik va mikrometrik vintlar. Bular mikropreparatning fokusini tutish, ya'ni

ularning tarkibiy qismlarini ko'rish uchun xizmat qiladi. Preparatning fokusini tutish uchun

makrometrik vintni soat strelkasining yuradigan tomoniga yoki uning teskari tomoniga buriladi.

Mikropreparatning tarkibiy qismini aniqrok ko'rish uchun mikrometrik vintni ham shuning

singari burash kerak. Shuningdek mikrometrik vintni ishlatib, preparatning chuqur sathidagi

elementlarni ham yaxshi ko'rish mumkin.

3) Revol ver. Bu aylanadigan to'garak diskdan iborat bo'lib, tubusning ostida o'rnatilgan.

Diskning ostida 3 ta, ba'zan 4 ta turli katta-kichiklikdagi to'garak uyalari bo'ladi. Bu uyalarga har

xil darajada kattalashtirib ko'rsatadigan zapas ob'yektivlar o'rnashtiriladi. Gistologik



8

tekshirilishlarda diskni aylantirib, ob'yektlarning keragini ko'rish mumkin.

4). Preparat (ob’yekt) stolchasi. Bu dumaloq yoki to'rtburchak shaklda bo'lib, uning

o'rtasida to'garak teshigi bor. Stolchada preparatni ushlab turadigan ikkita qisqich bo'ladi.

Preparatga yorug'lik nurini mikroskop ko'zgusidan tushiriladi. Bu ko'zgu mikroskop stolchasi

ostida o'rnashtirilgan bo'ladi. Preparatni tekshirishda uning xamma qismlarini ko'rish uchun chap

qo'l bilan preparatni asta-sekin siljitiladi. Ba'zi mikroskop stolchasining yon tomonida ikkita

vinti bo'ladi. Bularni asta-sekin buraganda, stolcha preparat bilan birga siljiydi. Bunda preparatni

qo'l bilan siljitish kerak bo'lmaydi.

5). Kondensor vinti. Bu stolcha ostidagi kondensorni yuqoriga ko'tarish va pastga

tushirish uchun xizmat qiladi. Kondensor vinti yordamida preparatga tushadigan nurni

kamaytirish yoki ko'paytirish mumkin.

Mikroskopning optik qismlari ikki bo'limdan iborat

bo'lib, birinchi bo'limi kattalashtirib ko'rsatish, ikkinchi bo'limi

esa nurni to'g'rilash xususiyatiga ega. Mikroskopning

kattalashtirib ko'rsatadigan optik qismi quyidagi linzalardan

iborat.

1. Okulyar. Bu metall nayga (opravaga) o'rnatilgan

linzadir. Okulyar tubusning yuqori uchiga o'rnashtirilgan. Bu

linza qarovchining ko'zi tomon qaraganligi uchun okulyar (oko

- ko'z) deb aytiladi, linzaning kattalashtirish darajasi turlichadir.

Bizdagi mikroskoplarning okulyarlariga ularning kattalashtirish

darajasini ko'rsatadigan 7x, l0x, 15x


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin