76
Ko’l biotsenozi
Cho’l biotsenozi
Gidrofitlar
Gidatofitlar
Gigrofitlar
Sklerofitlar
Kserofitlar
Sukkulentlar
BIOTSENOZLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Biogeotsenoz (“bios” – hayot, “geo” – Yer, “tsenoz” – umumiy yoki jamoa)
tushunchasini
rus botanikolimi, akad. V.N.Sukachev taklif etgan. Moddalar
aylanishiga ega bo’lgan har qanday tirik organizmlar yig’indisi
va abiotik muhit
ekotizim deyiladi. A.Tensli ushbu ta’rifda anorganik va organik omillarning o’zaro
teng komponentlar ekanligini va hech qachon tirik organizmlarni yashab turgan
tashqi muhitdan ajratib bo’lmasligini ta’kidlaydi.
V.N.Sukachev biogeotsenozga Yer yuzasining ma’lum qismidagi bir xil tabiiy
elementlar (komponentlar)ning yig’indisi deb qaraydi.
Hozirgi vaqtda
biogeotsenoz deganda evolyutsion jarayonda shakllanadigan fazoviy chegaraga ega
bo’lgan funktsional jihatdan tirik organizmlar va abiotik muhit o’zaro bir-birlari
bilan munosabatdagi ma’lum energetik holati
hamda moddalar almashinuvi,
axborot tezligi bilan tavsiflanuvchi tabiiy tizim tushuniladi.
Biogeotsenozning asosiyy komponentlari atmosfera, tog’
jinslari, suv,
o’simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Biogeotsenozlar har xil o’lchamda,
ya’ni kichik va katta maydonda bo’lishi mumkin.