63
SEKSIYA 3. JAMOALAR ICHIDAGI О‘ZARO ALOQALAR
Biotsenoz komponentlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar
turli xil shaklda
bo‘ladi. Ana shunday munosabatlarning bir necha xillari bo‘lib ular quyidagilardan
iborat.
Neytralizm
– (0:0) bunda ikki populyatsiyadagi asotsiatsiyalarda o‘zaro
ta’sir sezilmaydi, ikki populyatsiya individlari ham deyarlik bir xilday yashaydi.
Masalan, sherlar o‘tlar bilan oziqlanmasalar ham, savannalardagi
yaylovlarning
holati ular uchun befarq emas. Chunki ularning ovqati bo‘lmish antilopalar
hosildor yaylovlarda ko‘p bo‘ladi
. Konkurentsiya
(raqobatlilik) (-,-) - bunda ikki
populyatsiyalar bir-birlariga to‘sqinlik qiladilar. Ya’ni bir popluyatsiya ikkinchi
populyatsiya bilan defitsit resurslarni o‘zlashtirishda kurashadilar.
Amensalizm
(-
,0) - bunda bir populyatsiya o‘ziga zarar keltirmasdan ikkinchi populyatsiyaning
yashashiga to‘sqinlik qiladi yoki uni o‘sishga qo‘ymaydi.
Amensalizmga tipik
misol qilib antibiotik zamburuqlar - aktinomitsetlar yoki o‘simlik fitontsidlarining
parazit mikroorganizmlarga ko‘rsatgan ta’sirini olish mumkin. Amensalizm
hodisasini suvning gullashida ham ko‘rish mumkin, ya’ni ko‘payib chiriyotgan
ko‘k – yashil suvo‘tlardan ajralib chiqqan toksinlar (zaharli moddalar) ko‘pchilik
zooplanktonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi yoki ularni siqib chiqaradi.
Parazitizm
va yirtqichlik
- bunda bir populyatsiya ikkinchi
populyatsiyaga hujum qilib,
uning yashashishga zarar keltiradi, biroq o‘zining kelgusidagi hayoti ham
o‘ljasiga bevosita boqliqdir. Agar jamoadagi bir populyatsiya yirtqich (birlamchi
konsument)-odatda hayvonlar o‘ljasi yoki "xo‘jayini"
- birlamchi produtsent
(o‘simlik) bo‘lsa, ular o‘simlikxo‘rlar deyiladi. Agar bir populyatsiya ikkinchi
populyatsiya uchun zararli bo‘lgan moddalarni ishlab chiqsa,
bunda allelopatiya
yoki antibioz mikroorganizmlar deyiladi.
Kommensalizm
- bunda bir populyatsiya
ikkinchi populyatsiya bilan birlashganda foyda ko‘radi, bu birlashish ikkinchi
populyatsiya uchun esa ahamiyatsiz yoki uning uchun befarq bo‘ladi. Bu birlashish
simbiozning shunday bir shakliki, bundagi partnyorlarning
bittasi ikkinchisiga
(xo‘jayiniga) tashqi muhitga bo‘lgan munosabatlarini bajarishni yuklaydi, o‘zi esa
64
tashqi muhit bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaydi. Ular orasida antoganizm ham
bo‘lmaydi. Umumiy maydon,
substrat, oziqa, harakatlanish-kommensial
munosabatlarning asosini tashkil etadi. Masalan, daraxtlarda in qurib yashovchi
qushlar, akulalarda yopishib
yashovchi lotsman baliqlari, axlatlar bilan
oziqlanadigan sinantrop yumronqoziq populyatsiyalari va qushlar ham
kommensalizmga misol bo‘la oladi.
Organizmlar o’rtasida produsentlar va konsumentlar
farqlanib ular bir-biri
bilan uzviy aloqada bo’ladilar. Shuningdek ular ozuqa zanjirini ham hosil qiladi,
simbiotik aloqani vujudga kelishida ishtirok etadi (5-6-7-8-rasmlar).
Dostları ilə paylaş: