Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk davlat arbobi va mashhur mutafakkir Reja



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə1/3
tarix20.12.2022
ölçüsü73,5 Kb.
#76722
  1   2   3
Zahiriddin Muhammad Bobur


Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk davlat arbobi
va mashhur mutafakkir
Reja:



  1. Bobur Mirzoning Shayboniyxonga qarshi kurashi.

  2. Boburiylar saltanati.

  3. Bobur — mashhur mutafakkir.

Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk davlat arbobi
va mashhur mutafakkir
1. Bobur Mirzoning Shayboniyxonga qarshi kurashi. Samarqand aholisi shayxulislom Abulmakarim boshchiligida temuriylar hukm dorligini tiklash chorasini izladilar. Samarqand rahnamolari Farg'ona hokimi Bobur Mirzoga maktub yo'llab, Samarqand taxtini egallashga da'vat etdilar. Sulolasi manfaatlariga sadoqatli bo'lgan Bobur Mirzo 1500- yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida — Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi. Aholi tomonidan Samarqandning darvozasi Bobur Mirzoga ochib berildi va uning qo'shini shiddat bilan hujum qilib, Shayboniyxonning bu yerda qoldirib ketgan 600 kishilik askarini qirib tashladi. Shunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi.
Shayboniyxon Buxoroga chekinadi va bo'lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Bobur Mirzo ham qish bo'yi urushga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. 1501-yil aprelida Zarafshon bo'yidagi Saripul qishlog'i yaqinida yuz bergan og'ir urushda Bobur Mirzo yengildi. Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi. G'olib Shay­boniyxon Samarqandni qamal qilib, Babur Mirzoga sulh taklif qildi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda haqoratli bo'lsa-da, unga rozi bo'lmaslikdan boshqa chorasi yo'q edi.
Og'ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur sulhga binoan Samarqandni tark etib, ko'p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o'zga yurtlarga ketishga majbur bo'ldi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim o'zining ,,Humoyunnoma" asarida bu haqda quyidagilarni yozgan edi: ,,To'liq o'n bir yil davomida Movarounnahr o'lkasida chig'atoy, temuriy va o'zbek sultonlari bilan shunday janglar bo'ldiki, ularning sanog'ini batafsil bayon qilishga qalam till ojiz va nuqsonlidir. Oxiri xayrixohlari va qarindoshlari — jami 250 ga yaqin kishi, piyoda, yelkalarida chopon, oyoqlarida choriq, qo'llarida tayoq bo'lgani holda beyarog', xudoga tavakkal qilib Badaxshon va Kobulga qarab yo'l oldilar".
B obur Mirzo Kobulga borib, bu yerda 1504-yilning sentabr oyida hokimiyatni qo'lga kiritdi. Bobur Mirzo el- yurt obodonchiligi va ravnaqi yo'lida odilona ish yuritib, qudratli davlat boshlig'i sifatida katta obro' qozondi.

Zahiriddin Muhammad
Bobur.
1510- yili, Shayboniyxon halok bo'lgach, Bobur Mirzo qalbida shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish umidi paydo bo'ldi. Ana shu niyatda u shoh Ismoil elchisini Kobulda juda ochiq chehra bilan kutib

oldi. Elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga birgalikda Samarqandga qo'shin tortishni taklif qilganligini aytadilar. Bobur Mirzo bu taklifni qabul qildi.


O'rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur 1489-yil 14 fevralda Andijonda tug'ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo temuriy avlodlaridan bo'lib, Farg'ona viloyatining hokimi bo'lgan. U o'z davrining taniqli muallim va murabbiylar rahbarligida ta'lim va tarbiya oldi. Otasi Umarshayx 1495-yilda vafot etgach, 12 yoshida Zahiriddin otasining o'rniga taxtga o'tiradi. Bobur o'z faoliyatida davlat ishlari bilan bir qatorda madaniyat, ma'rifat, adabiyot rivojiga ham ulkan hissa qo'shgan. Bobur she'riy lirik asarlarida yor va diyor, hijronlik, yor fasli, hayot lazzati va shodligini qo'llash bilan birga, ilm-ma'rifat, odob-ahloq va vatanga muhabat tuyg'ularini ham ifodalaydi.
Bobur jahonga mashhur «Boburnoma» asarini yaratgan. Unda Movarounnaxr, Xuroson, Xindiston xalqlari tarixi, urf-odat va an'analarini, tarixiy shaxslarni mamlakat tabiat lavhalarining aks ettiradi. Bobur o'z siyosiy madaniy faoliyatida ilm-ma'rpifat rivojiga alohida e'tibor berdi, ilm ahliga homiylik qildi, ilmni zo'r havas ishtiyoq bilan egallashga da'vat etadi. Kim ilm talab bo'lsa, unga ilmli kishi (ustoz) ilm o'rganish uchun ilm talabgor bo'lishi kerak.
Boburning ahloq-odob haqidagi qarashlarida yaxshilik, vafodorlik eng go'zal fazilat sifatida ulug'lanadi. Yomonlik jafo keltiruvchi illat ekanligi ta'kidlanadi.
Boburning bu insonparvarlik fazilati «Boburnoma» asarida dehqon xo'jaliklarda ishlatilayotgan qullar, asirlarning achinarli ahvoli haqidagi tasvirda ham o'z ifodasini topgan.
Bobur Afg'onistonda va Xindistonda davlatni boshqarib turgan holda, umrining oxiriga qadar kindik qoni to'kilgan yurtini unutmagan. U o'z ona diyorini haddan ziyod sevadi, vatanidan judoligidan g'am-alam chekadi.
Bobur 1511- yil kuzida shoh Ismoil yordamida Samarqandni uchinchi marta qo'lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e'lon qildi. Shoh Ismoil islomning shia oqimiga e'tiqod qilardi. Shuning uchun ham Samarqand xalqi uni: qo'llab-quwatlamadi. Bu orada Bobur Erondan kelgan qo'shinlarga javob berib yuborgan ham edi. Bunday qulay fursatdan foydalangan! Shayboniyxon avlodi Ubaydulla Sulton bilan Muhammad Temur Sulton boshqa mahalliy sultonlarning yordamiga tayanib, Boburga qarshiyurish boshladilar. 1512- yil 28- aprelda Ko'li Malikda bo'lgan jangda Bobur yengilib, Hisorga chekindi. Shayboniyxon avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam berish maqsadida o'zining nomdor sarkardalaridan amir Ahmad (laqabi ,,Najmi Soniy", ya'ni ikkinchi yulduz) boshchiligida; qo'shin yubordi. Ular birlashib, Amudaryodan o'tib G'uzor va Qarshini egallaydi. Biroq 1512- yil 24- noyabrda G'ijduvonda bo'lgar jangda Ubaydulla Sulton g'olib chiqadi. Bu jangda Najmi Sonij o'ldirildi. Eron qo'shinining ozgina qismi qochib ulgurdi.
Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, Kobulga qaytdi va 1526- yilga qadar Kobulni idora qildi. So'ngn Kobulni ikkinchi o'g'li Komron Mirzoga qoldirib, o'zi Hindistor sari yurish boshladi. Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasj bo'lganidayam Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni asl tark etmagan. Ana shunday alamli kunlarning birida u quyidagj hasratli satrlarni bitgan edi:
Tole yo 'qkijonimga balolig' bo 'Idi,
Har ishniki ayladim xatolig' bo 'Idi.
O 'z yerin qo yib, Hind son yuzlandim,
Yo rab, netayin, neyuzqarolig' bo'ldi.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin