Nafas olish sistemasi va fiziologiyasi

Yüklə 0,86 Mb.
səhifə5/5
tarix22.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#101517
1   2   3   4   5
Nafas olish sistemasi va fiziologiyasi

Kichik qon aylanish doirasidagi qon bosimining katta qon aylanish doirasidagiga nisbatan past bo‘lishi, kapillyar devorlarining alveolalardagi havoga bevosita taqalib turishi bilan izohlanadi. Qarshilik kam bo‘lganligi sababli, kichik qon aylanish doirasidagi bosim katta qon aylanish doirasidagiga nisbatan 5–6 barobar kam bo‘ladi. O‘pka stvolida sistolik bosim 16 mm dan 30 mm gacha borsa, diastolik bosim 5 mm dan 14 mm gacha boradi. Qon harakati tezligi esa o‘rtacha 10–12 sekundni tashkil qiladi. Katta qon aylanish doirasida ma’lum bir vaqt oralig‘ida qancha qon o‘tsa, shu vaqt oralig‘ida kichik qon aylanish doirasida ham shuncha qon o‘tadi. Buning sababi, kichik qon aylanish doirasidagi qonning harakati katta qon aylanish doirasidagiga nisbatan ikki barobar katta bo‘lganligidadir.

Plevra va kuks oralig‘i

Ko‘krak bo‘shlig‘ida bir-biridan butunlay ajralib turadigan 3 ta seroz xaltacha, ya’ni har bir o‘pka uchun bittadan va yurak uchun o‘rtada bitta bo‘shliq bo‘ladi. O‘pkaning seroz pardasi plevra deyiladi. U 2 ta visseral va pariyyental varaqdan iborat. Visseral yoki o‘pka plevrasi o‘pkaning o‘zini zich o‘rab olib, o‘pka egatchalariga o‘tadi, shu bilan o‘pka bo‘laklarini bir-biridan ajratib turadi. Pariyyental, ya’ni devor yonidagi plevra seroz xaltasining tashqi bo‘limidir. Pariyyental plevraning tashqi yuzasi ko‘krak bo‘shlig‘i devorlariga qo‘shilib ketgan bo‘lsa, ichki yuzasi bevosita visseral plevraga qarab turadi. Plevraning ichki yuzasi mezoteliy bilan qoplangan bo‘lib, oz miqdorda seroz suyuqlik bilan namlanib turadi. Shunga ko‘ra plevra varaqlari o‘rtasida ishqalanish kamayadi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida o‘ng va chap plevra varaqlari orasida joylashgan a’zolar, tomirlar va nervlar bilan to‘lib turadigan kamgak kuks oralig‘i deyiladi. Kuks oralig‘i a’zolari tarkibida murakkab nerv tomir tuzilmalari bo‘ladigan kletchatka bilan o‘ralgan.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin