Nafas olish sistemasi va fiziologiyasi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/5
tarix22.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#101517
1   2   3   4   5
Nafas olish sistemasi va fiziologiyasi

Nafas olish a’zolariga burun bo‘shlig‘i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o‘pka kiradi. Nafas olishda havo o‘tkazuvchi yo‘llar va nafas qismi tafovut etiladi (27-rasm). Nafas qismi o‘pkaning nafas olishida ishtirok etuvchi parenximasidan iborat bo‘lib, o‘pka alveolalari bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi shu yerda sodir bo‘ladi. Nafas yo‘llari tuzilishiga ko‘ra, devorlari tog‘aylardan iborat asosiy va hilpillovchi epiteliy tashkil topgan. Shular tufayli, nafas nayining devori zo‘riqmay ishlaydi. Hilpillovchi epiteliyning kiprikchalari ifloslangan chang zarrachalarini ichkariga o‘tkazmaydi.


Nafas olish tizimi: 1 – burun bo‘shlig‘i; 2 – og‘iz bo‘shlig‘i; 3 – halqum; 4 – hiqildoq; 5 – traxeya; 6 – bronxlar; 7 – alveolalar; 8 – o‘pka

Burun bo‘shlig‘i

Burun bo‘shlig‘i yuz suyaklari va tog‘aylardan tuzilgan bo‘lib, burun to‘sig‘i bilan ikkita nosimpatik nimtaga bo‘lingan. Burunning har bir yarmida uchtadan burun chig‘anoqlari – ustki, o‘rta va pastki chig‘anoqlar bo‘ladi. Bu 3 ta burun yo‘li ustki chig‘anoq tagidagi ustki yo‘l, o‘rta chig‘anoq tagidagi o‘rta yo‘l va pastki chig‘anoq bilan burun bo‘shlig‘ining tubi o‘rtasidagi pastki yo‘lni hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘iga ko‘z yosh kanali ochiladi. Yosh suyuqligining ortiqchasi shu kanaldan burun bo‘shlig‘iga o‘tib turadi. Burun bo‘shlig‘ida qo‘shimcha bo‘shliqlar bor. Burun bo‘shliqlar yoki sinuslar yuqori jag‘ tanasi (yuqori jag‘ yoki gaymor bo‘shlig‘i), ponasimon suyak, g‘alvirsimon suyak, peshona suyagigacha boradi. Burunning shilliq pardasi ko‘p qatorli hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Havoning tozalanishi va isishiga yordam beradigan shilliq parda moslamalari o‘rta va pastki burun yo‘llarida hammadan ko‘ra ko‘proq rivojlangan. Shunga ko‘ra, u nafas bo‘shlig‘i deb ham ataladi. Ustki burun chig‘anog‘i sohasidagi shilliq parda hid biluvchi alohida epiteliy bilan qoplangan, bu epiteliyda hidlash nervining oxirlari bo‘lmish hid biluvchi retseptorlar joylashgan.

Hiqildoq

Hiqildoq bo‘yinning oldingi tomonida, 4-, 5- va 6-bo‘yin umurtqalari davomida, til osti suyagidan pastroqda joylashgan bo‘ladi. Hiqildoq orqasida halqum yotadi. Hiqildoq halqum bilan hiqildoqqa kirish yo‘lidagi teshik orqali tutashgan bo‘ladi. Hiqildoq tog‘aylardan va uni tashqi tomondan qoplab turadigan abventitsial pardadan tuzilgan. Hiqildoq skeleti toq 3 ta tog‘ay, uzuksimon, qalqonsimon va hiqildoq usti tog‘ayi, shuningdek, juft bo‘ladigan 3 ta kichik cho‘michsimon, ponasimon va shoxsimon tog‘aylardan tuzilgan. Hiqildoq bo‘shlig‘i shilliq parda bilan qoplangan, ovoz bog‘lamlari bilan uning yuzasidan tashqari, bu parda ko‘p qatorli hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Hiqildoqning o‘rta qismi hammadan murakkab tuzilgan bo‘lib, shu qismning yon devorlarida ustki va pastki ovoz bog‘lamlarini hosil qiladigan juft burmasi bor. Ustki bog‘lamlar soxta bog‘lamlar deb atalsa, pastkisi chin bog‘lamlar deyiladi. Ovoz bog‘lamlari qalqonsimon tog‘ay bilan cho‘michsimon Burun bo‘shlig‘i Hiqildoq 82 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi tog‘ay o‘rtasida tortilib turadi va tovush chiqarish uchun xizmat qiladi. Pastki tomonda hiqildoq kekirdak yoki traxeyaga aylanib ketadi, u bo‘yinning o‘rta chizig‘i bo‘ylab, teri ostida joylashgan va yupqa muskullar qatlami bilan o‘ralgan.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin