Mutabar gaybullayevna writing skills


Vafoyeva Mavluda (oliy toifali ingliz tili o`qituvchisi)



Yüklə 185,38 Kb.
səhifə2/69
tarix22.09.2023
ölçüsü185,38 Kb.
#146970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Letter writing exercises-fayllar.org

Vafoyeva Mavluda (oliy toifali ingliz tili o`qituvchisi) 






OLIMOVA MUTABAR GAYBULLAYEVNA 
4
LETTER WRITING EXERCISES 
So’zboshi 
Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rganish barcha toifadagi insonlar uchun muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda dunyoda ro’y
berayotgan muhim yangiliklardan xabardor bo’lish kishidan biror xorijiy tilni bilishni
talab qiladi. Yurtimizda ham aholi orasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish
va ularni mukkammal o’zlashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan bir
qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xorijiy tillar va boshqa fan o’qituvchilari
hamda xorijiy tilning belgilangan darajasiga ega bo’lgan boshqa soha mutaxassislari
uchun bir qancha rag’batlantirishlar joriy etilgani, yoshlarimiz xalqaro til bilish
sertifikatlarining belgilangan darajasiga ega bo’lganda ularning barcha imtihon
xarajatlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplab berilayotgani shular
jumlasidandir. Buning natijasi o’laroq yurtimizda xorijiy tillarni, jumladan ingliz tilini
o’rganishga qiziquvchilar soni kundan-kunga ko’paymoqda. Ushbu qo’llanma ingliz
tilini o’rganishga qiziquvchi barcha toifadagi shaxslar uchun mo’ljallangan.
Mazkur qo’llanma ingliz tilida xat yozish ko’nikmalarini rivojlantirishga
mo’ljallangan. Unda 7 ta xat turiga oid mashqlar jamlangan. Dastlab har bir xat turiga
oid qisqacha ma’lumotlar, shu turdagi xat yozishda qo’llash mumkin bo’lgan so’z
birikmalari va gaplar berilgan. Har bir xat uchun 5 tadan topshiriqlar berilgan. 1-
topshiriq so’zlarni joy-joyiga qo’yib xat yozishda qo’llaniladigan gaplar tuzish, 2-
topshiriq berilgan mavzuga doir namunaviy xatning gaplarini tartib bilan to’g’ri
joylashtirish, 3-5 topshiriqlar matn orasida ajratib olingan so’zlar va predloglarni
kerakli joyga qo’yib chiqishdan iborat. Ushbu qo’llanma foydalanuvchilari nafaqat xat
yozish ko’nikmalarini shakllantirishi, balki, so’zlarni va predloglarni to’g’ri qo’llay
olishga doir bilimlarini ham rivojlantirishlari mumkin. Ishonamanki, mazkur qo’llanma
ko’pgina insonlarga ingliz tiliga oid bilimlarini rivojlantirishda foydali yordamchi
manba bo’lib xizmat qiladi.









Yüklə 185,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin