Mustqail ish


-rasm. Sun’iy intellect turlanishi Birinchisi—intellektual axborotli izlash tizimlari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə3/6
tarix16.05.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#113952
1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL ISH UCHUN NAMUNA

2-rasm. Sun’iy intellect turlanishi


Birinchisi—intellektual axborotli izlash tizimlari. Bu tizim orqali ish joyidan turib bilimlar omboridan kerakli axborotni izlash va tarmoq kutubxonalaridan foydalanishi mumkin.
Ikkinchisi — hisoblash - mantiqiy tizimlar. Ular yordamida modellarning murakkabligiga qaramasdan boshlang‘ch ma’lumotlar asosida boshqarishning ilmiy masalalarini rejalashtirish va loyixalashtirish masalalarini hal kilish mumkin.
Uchinchisi — ekspert tizimlar.
Ekspert tizimlar — hulosa chiqarish qoida va mexanizmlari yig‘indisiga ega bo‘lgan bilimlar omborini o‘z ichiga olgan sun’iy intellekt tizimi.
Intellektual axborotli izlash tizimlari muloqotni tabiiy tilga juda yaqin ko‘rinishda olib borish imkonini beradi.
Hisoblash - mantiqiy tizimlar esa dasturlarni to‘plashni tashkillashtirish prinsipiga asoslangan.
Intellektual interfeysning asosiy yutuqlariga bilimlar omborining keng tarqalishi, ma’lumotlarning dasturlardan ajratilishi va komp’yuter bilan ishlashda muloqotning yangi tartibi hosil bo‘lganligi kiradi.
Intellektual interfeysni boshqacha nom bilan ham atash mumkin[5].
Masalan, foydalanuvchi interfeysi yoki foydalanuvchi muhiti (vositasi).


Qo‘llanilish sohasi.


SI ning qo‘llanilish sohalariga quyidagilar kiradi:

  1. Teoremalarni isbotlash;

  2. O‘yinlar;

  3. Tasvirlarni tanish;

  4. Qaror qabul qilish;

  5. Adaptiv (moslashuvchan) dasturlash;

  6. Mashinada musiqalarini bastalash;

  7. Tabiiy tilda ma’lumotlarni qayta ishlash;

  8. O‘qituvchi to‘rlar (neyroto‘rlar);

  9. Og‘zaki kontseptual o‘qitish.

Kamchiliklari;

  1. Barqaror emas

  2. Qiyin o‘tkazuvchi (ifodalovchi)

  3. Qiyin hujjatlashtiriluvchi

  4. Oldindan aytib bo‘lmaydigan

  5. Qimmatli

Ustunliklari;

  1. Doimiy

  2. Oson ifodalanuvchi

  3. Oson hujjatlashtiriluvchi

  4. Doim bir xil

  5. Maqbul

Sun’iy intellektni kelajakda qo‘llash sohasidagi rejalar: qishloq xo‘jaligida kompyuterlar ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishi, daraxtlarni kesish va tanlash xususiyatiga asoslanib parvarishlashni ta’minlashi kerak. Tog‘ sanoatida kompyuterlar insonlar uchun o‘ta xavfli bo‘lgan sharoitlarda ishlashi kerak. Ishlab chiqarish sohasida HM lari yig‘ish va texnik nazoratning turli xil masalalarini bajarishi kerak[3]. Tashkilotlarda HM lari jamoa va alohida xodimlar uchun jadval tuzish, yangiliklar haqida ma’lumot berish bilan shug‘ullanishi kerak. O‘quv yurtlarida HM lari talabalar yechadigan masalalarni ko‘rish, undagi xatolarni izlash va ularni bartaraf qilish masalarini hal qilishi kerak. Ular talabalarni hisoblash tizimlarining xotirasida saqlanadigan superdarsliklar bilan ta’minlashlari kerak. Kasalxonalarda HM lari be’morlarga tashxis qo‘yish, ularni kerakli bo‘limga yuborish va davolash davomida ularni nazorat qilishlari kerak. Uy ishlarida HMlari ovqat tayyorlash, maxsulot harid qilish bo‘yicha maslahatlar berish, uyning va bog‘dagi gazonlarning holatini nazorat qilishi kerak. Albatta ayni vaqtda bularning hech qaysisini amalga oshirish imkoni yo‘q, lekin SI sohasidagi tadqiqotlar ularni amalga oshirish imkonini berishi mumkin.





Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin