Mustaqillik va islomiy qadriyatlarning tiklanishi


Me`morchilik va amaliy san`at



Yüklə 228,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.12.2022
ölçüsü228,54 Kb.
#77138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Teshaboyev Rustam MUSTAQIL ISHI

Me`morchilik va amaliy san`at. O`zbek xalqi me`morchiligi mohiyat e`tibori jihatidan 
buyuk bunyodkorlik san`atidir. Mustaqillik yillarida me`morchilik san`ati yanada rivojlanib, 
takomillashib bormoqda. Me`morchilik ikki asosiy tamoyil ko`zga tashlanadi. Ulardan biri 
sharqona me`morchilikning an`anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil 
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy majlis, Toshkent shahar hokimiyati 
binolari 
timsolida 
o`z 
aksini 
topgandir. 
Me`morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O`zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib 
o`rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me`morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan 


foydalanishda namoyon bo`lmoqda. Bunday binolar jumlasiga “Meridian”, “Afrosiyob”, 
“Buxoro”, “Interkontinental`”, ” Sheraton” mehmonxonalari, “O`zekspomarkaz”, Milliy 
bank, Markaziy bank, “Toshkentplaza” savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo 
moliyaviy xizmatlar Markaz,O`zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni 
kiritish 
mumkin. 
Toshkent shahri ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan “Oloy”, “Chorsu”, “Otchopar”, “Yunusobod”, 
“Mirobod”, “Parkent”, “Qo`yliq” va boshqa bozor binolari, shuningdek “Yunusobod” tennis 
markazi, “Jar” sport markazi singari zamonaviy inshoatlar barpo etildi. 
O`zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadalik bilan olib 
borilmoqda. Bunga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o`nlab 
binolar, 
obidalar 
misol 
bo`laoladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik licey va 
kasb- 
hunar 
kollejlari 
uchun 
mahobatli 
binolar 
bunyod 
etildi. 
Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san`ati jadal o`sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K. 
Jabbarovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samamarqand va 
Shahrisabzda Amir Temur hayokallari, Farog`na va Quvapda al- Farg`oniy (1998), 
Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999)yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiev 
ijodiga mansub “Z.M.Bobur” (1993, Andijon), “Abdulla Qodiriy” (1994, Toshkent), 
“Cho`lpon” (1997, Andijon), “Ona” (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va 
yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda “Alpomish” haykali va majmua- kompoziciyasi 
(A.Rahmatullaev 
vaboshqalar) 
bunyod 
etildi. 
O`zbekistonda qadimdan amaliy san`at o`ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik 
yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, 
naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, gilamdo`zlik, bezakchilik kabi amaliy san`at turlari 
tiklandi va yangi ma`no- mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan 
dizayn san`ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san`at, rassomchilik san`atining rivojida 
1997yilda tashkil etilgan O`zbekiston Badiiy akakdemiyasi va “Tasviriy oyina” respublika 
ijodiy uyushmasi muhim rol` o`ynaydi. O`zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, Bohodir 
Jalolov va boshqalar halqimiz ongida milliy g`urur, Vatanga sadoqat tuyg`ularini 
uyg`otuvchi qator san`at asarlari yaratdilar. Amir Temur , MirzoUlug`bek, Bobur Mirzo 
portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va minatura san`ati yangi ma`no- mazmun bilan 
boyidi. Shahar ko`chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o`rnatildi, binolarning 
devorlari odamlarga huzur- halovat, zavq bag`ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi. 

Yüklə 228,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin