Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o`nlab noyob asarlari turli
tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o`rnatildi, ziyorathoglar, bog`lar yaratildi.
1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu
yili O`zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi,
Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta`sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tair»,
«Sab`ai-sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul abror» asarlari nashr
qilindi, kinofil`mlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida
barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ining
ochilishi
marosimi
bo`lib
o`tdi.
1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yillik yubileyi o`tkazildi.
Ulug`bek madrasasi, Ulug`bek yashagan davrdagi astranomik asboblar, Toshkentdagi
Ulug`bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O`sha yil 24 oktyabrda
Parijda YuNESKO zalida “Ulug`bek va Temuriylar davri” mavzusida Xalqaro konferenciya
hamda “Ulug`bek va an`anaviy san`at” ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Bu tadbirlar Mirzo
Ulug`bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor
isbot
etdi.
1998 yil 23 oktyabrda Farg`onada byuuk alloma Ahmad al-Farg`oniyning 1200 yillik
yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg`ona shahrida al-
Farg`oniy
bog`i
yaratildi
va
buyuk
allomaga
haykal
o`rnatildi.
Dostları ilə paylaş: