Milliy qadriyatlarning tiklanishi. O`zbek xalqining o`ziga xos milliy qadriyatlari bor.
O`zbek xalqining shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda sodir bo`lgan bo`lsa, uning
milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan.
Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya`ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro,
Samarqand, Toshkent, Farg`ona va hakozo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar,
rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So`ngra ularning eng yaxshilari asrlar
davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko`tarilgan. Turli mamlakatlarga xos
eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har
bir inson uchun o`z milliy qadriyatlarni, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham
farz,
ham
qarzdir.
Mustaqillik yillarida halqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma`xno mazmun
bilan
boyitish
yo`lida
bir
qator
xayrli
ishlar
amalga
oshirildi.
1994 yil 23 apreldagi Prezident Farmonlari asosida tashkil etilgan Respublika
“Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik Markazi o`zbek xalqining ma`naviy-madaniy
merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g`oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste`dod
va tafakkur sohiblarining aqliy ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo`naltirishga
qaratilgan muhim tadbirlar ko`rgazmalar tashkil etish yo`lga qo`ydi. Markaz tomonidan aholi
orasida o`tkazilgan sociologik tadqiqotlar, so`rovlar va shu asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar
jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining
ma`naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
1996 yil yanvarda Respublika “Ma`naviyat va marifat” jamoatchilik Markazi huzurida
“Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasi tuzildi. 1996 yil 27 sentyabrda Respublika
Vazirlar Mahkamasining “ “Oltin meros” xayriya jamg`armasini qo`llab-quvvatlash
to`g`risida” gi qaroriga binoan mazkur jamg`arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llab
quvvatlandi.
“Oltin meros” xayriya jamg`armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini,
xorijdan izlab topilgan qo`lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san`at
namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko`rik tanlovlar o`tkazish bilan shug`ullanmoqda.
1996-2002 yillarda “Oltin meros” jamg`armasi sa`y-harakatlari natijasida buyuk
allomalarimizning ko`plab madaniy-ma`naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorij
davlatlaridan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi.
Shuningdek, u xalqimizning rasm rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o`rganish,
tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma`no-mohiyatini hozirgi kundagi ahamiyatini keng
ommaga
tushuntirish
ishiga
katta
hissa
qo`shmoqda.