Mustaqillik bayrami 28 yil



Yüklə 223,71 Kb.
səhifə1/25
tarix27.12.2023
ölçüsü223,71 Kb.
#199790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1 sentyabr Mustaqillik kuni ssenariylar


Mustaqillik bayrami 28 yil

Sahnaga kirish yo‘laklari bezatilgan, karnay – surnay, doira sho‘x sadolari mehmonlarni bayramga chorlab turibdi. Ma’naviyat maydoni bayramona bezatilgan. O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i maydon to‘rida hilpirab turibdi. Sahna markaziga o‘rnatilgan so‘zana, O‘zbekiston gerbi e’tiborni tortadi. Sahnaga boshlovchilar musiqa sadolari ostida chiqib kelishadi.


1-boshlovchi:Assalomu alaykum,aziz va mehribon ustozlar-u,hurmatli ota-onalar!
2-boshlovchi:Assalomu alaykum,sho’x-shodon bolajonlar
1-boshlovchi:Xush kelibsiz,mehmonlar,assalom sizga
Tabarruk insonlar ming ta’zim sizga
Qo’llarim ko’ksimda dildan ehtirom
Mo’tabar murabbiy,sizga ming salom
2-boshlovchi:Assalom,mustaqil O’zbekistonim!
Assalom,qudratli,nurli bo’stonim
Erk va ozodlik muborak bo’lsin!
Bizdek farzandlaring doim bor bo’lsin!
Quyoshdek shu’la sochgan,
Bilimga keng yo’l ochgan,
Bizni erkalab quchgan
Hamma: Sizgadir ushbu kalom
Muallimlar assalom!
Kunday yorug’ darsxona
Biz farzandmiz, siz – ona
Bo’lib bizga parvona
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Ona maktab assalom!
Tanitib yurt, jahonga,
Erk bergan har insonga
Qaytdik dinu iymonga
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Mustaqil yurt assalom!
(O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi.Barcha qatnashchilar o’rnilaridan turib jo’rlikda,qo’llari ko’ksilarida madhiyani ijro etadilar)
Madhiya tugagandan so’ng jo’shqin musiqa sadolari ostida qorong’ulik qa’ridan bir qiz xumo qushi bo’lib uchib chiqadi.Uning ortidan:
”Xumo qushi keldi,xumo qushi keldi”deb shovqin-suron bilan bir to’p o’g’il-qizlar kirib kelishadi.
Xumo qushi sahna o’rtasida to’xtaydi.Bolalar yoy shaklida sahnada tizilib turadilar.
Xumo qushi:Qadrli bolalr Mustaqil O’zbekistonning baxtli farzandlari!Hurmatli tadbir ishtirokchilari!Hammalaringizni eng ulug’ va eng aziz bayramimiz-Mustaqilligimizning 28 yilligi bilan tabriklayman.
Mexroj:Xalqim,yurtim,boshingda humo
Uni asra,uchib ketmasin
Qora kuchlar border doimo
Toleingni zabun etmasin
Vatan,odimlaring qut-rivoj bo’lsin
Istiqloling asra,boshda toj bo’lsin!
1-boshlovchi:Bugun Mustaqilligimizning 28 yillik bayramini nishonlash uchun yig‘ilganmiz. Bu bayramni tinch – totuv yashayotgan xalqimiz zo‘r xursandchilik bilan kutib olyapti.

Yüklə 223,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin