Hamma: Sizgadir ushbu kalom Muallimlar assalom! Kunday yorug’ darsxona Biz farzandmiz, siz – ona Bo’lib bizga parvona Hamma



Yüklə 57,32 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü57,32 Kb.
#194251
  1   2   3   4
Mustaqillik tadbiri 28 yil sherlari


Hamma: Sizgadir ushbu kalom
Muallimlar assalom!
Kunday yorug’ darsxona
Biz farzandmiz, siz – ona
Bo’lib bizga parvona


Hamma: Dilda ardoqli kalom
Ona maktab assalom!
Tanitib yurt, jahonga,
Erk bergan har insonga
Qaytdik dinu iymonga


Hamma: Dilda ardoqli kalom
Mustaqil yurt assalom!
Xumo qushi:Qadrli bolalr Mustaqil O’zbekistonning baxtli farzandlari!Hurmatli tadbir ishtirokchilari!Hammalaringizni eng ulug’ va eng aziz bayramimiz-Mustaqilligimizning 32 yilligi bilan tabriklayman.

Xalqim,yurtim,boshingda humo


Uni asra,uchib ketmasin
Qora kuchlar border doimo
Toleingni zabun etmasin
Vatan,odimlaring qut-rivoj bo’lsin
Istiqloling asra,boshda toj bo’lsin!


1 – o’quvchi: - Vatan bu kindik qonimiz to’kilgan tuproq


2 – o’quvchi: - Vatan – bu beshigimiz, ko’chamiz, uyimiz, turar joyimiz!


3 – o’quvchi: - Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!


4 – o’quvchi: - Vatan – bu buyuk millatimiz


5 – o’quvchi - Vatan – bu maktabimiz!


6 – o’quvchi: - Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!


2 – boshlovchi: - Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?


7 – o’quvchi: - Mustaqillik - o’z erkiga ega bo’lish, Vatan o’zimizniki deganidir.


1 – boshlovchi: - Mustaqillik bizga nima berdi?


8 – o’quvchi: - Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi
9 – o’quvchi: - Millatimizning o’zligini, milliy g’ururini himoya qilgan Fayzulla Xo’jayev, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.


10 – o’quvchi: - Dinimiz, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi ma’naviy boyliklarimiz, Navro’z, Hayit bayramlarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytdi.



Yüklə 57,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin