Mustaqil ish mavzu: Telekommunikasiya tizimlarida ishonchlilikni oshirish choralari, usullari va tasnifi, ularga qo‘yiladigan talablar. Bajardi: Shukrullayev d qabul qildi: Jumaboyev t samarqand 2022 Reja
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
MUSTAQIL ISH Mavzu: Telekommunikasiya tizimlarida ishonchlilikni oshirish choralari, usullari va tasnifi, ularga qo‘yiladigan talablar.
Bajardi:Shukrullayev D
Qabul qildi:Jumaboyev T
SAMARQAND 2022
Reja: 1.Kirish 2. Ishonchlilikni oshirishga qo‘yiladigan talablar. 3. Xatolar modellari.
Kirish
Aholining yangi turdagi xizmatlarga bo‘lgan talabining ortib borishi asosida ma’lumotlarni uzatuvchi zamonaviy yuqori tezlikli telekommunikasiya tizimlarini takomillashtirish talab etiladi.
Quyidagilarga asosan aloqa tizimlari va tarmoqlariga nisbatan bo‘lgan talab doimiy ravishda ortib boradi:
xizmat ko‘rsatish sifatiga bo‘lgan talabning ortishi (qabul qilinadigan axborotlarning ishonchliligini, etkazilish vaqti va maxfiyligiga bo‘lgan talab asosiy hisoblanadi).
Shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni uzatuvchi yuqori tezlikli tizimlarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
Uzatish tizimlariga bo‘lgan asosiy talab – yuqori aniqlikdir. Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XYeAI) (MSE-T) tomonidan o‘rnatilgan me’yorga asosan, bitta belgini uzatishdagi xatolik extimolligi:
ma’lumotlarni uzatish uchun - 10-6;
telegraf aloqasi uchun 3 · 10-5 dan oshmasligi lozim.
Lekin o‘tkazgichli uzatish tizimlaridagi TCh kanallarda va real telegraf kanallarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10-3 – 10-4 ni, radiokanallarda esa yanada ko‘proq bo‘lgan 10-3 – 10-2 qiymatni tashkil etadi. Shuning uchun uzatish aniqliligini 2 – 3 marotaba oshirish zaruriyati tug‘iladi.
Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani nazariy fan bo‘lib, talabalarga telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, komp'yuter injiniringi, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqaning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rsatib, amaliyotda yangi texnikani o‘rganishga yordam beradi.
Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanini o‘rganishdan maqsad turli radiosignallarni shakllantirish, radioqabul qilish, radiouzatish qurilmalari asosiy funksional qismlari, komp'yuter injiniringidagi fizik jarayonlar, ularni matematik modeli orqali tahlil etish, asosiy ko‘rsatgichlarini o‘lchash va tahlil etishdan iborat.
Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani bakalavrlar tayyorlashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining tahlili va sintezi masalalaridan chuqur bilimlarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Fanni o‘rganish davomida axborotlar, signallar va turli xalaqitlarni matematik tarzda tasvirlash signallarni shakllantirish usullari, ularning elektr zanjirlardan o‘tganda o‘zgarishi, analog va raqamli shaklda axborotlarni uzatish asoslari, aloqa qurilmalari xalaqitbardoshligi; aloqa tizimlari axborot uzatish qobiliyati; xalaqitbardosh kodlar; signallarni optimal qabul qilish; optimal fil'trlash; aloqa tizimidan samarador foydalanish usullari, uyali aloqa tizimi asoslari o‘rganiladi.
Fanning vazifasi talabalarga tizimlar va signallarni qayta ishlash asoslari va uning kelajak rivoji haqida, zamonaviy komp'yuter injiniringi va telekommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularning ishlash jarayonini tahlil etishga, sifat va texnik ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga chora-tadbirlar ko‘rishga o‘rgatishdan iborat.
O‘quv qo‘llanma kirish, 9 ta bob, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, fanning o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmaning oxirida glossariy keltirilgan bo‘lib, atamalarning rus va ingliz tilidagi tarjimasi ham berilgan.