Musiqa madaniyаti ta’limida darsdan tashqari ishlarni tashkil etish


Sinfdan tashqari mustaqil ishlarning turlari



Yüklə 200,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix29.03.2023
ölçüsü200,91 Kb.
#90893
1   2   3   4   5
1ixcaC75Wqe0q5FelyVY1ioO9PV1Yt5uYsklFe0s

Sinfdan tashqari mustaqil ishlarning turlari
1) ommaviy 2) guruh 3) yakka
Ommaviy: ijodiy kechalar o‘tkazish, tuman, viloyat va respublika 
tanlovlari, kontsertlar. 
Kechalar o‘tkazish: Bolalar kompozitorlari yoki mashhur san’atkorlar bilan 
1 yilda 2 martadan kam bo‘lmasligan holda ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib borish.
Ko‘rik-tanlovlar: Cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, zamonaviy 
estrada, milliy estrada, vokal san’ati, milliy raqs va shu kabi musiqaning turli 
yo‘nalishlarida tuman, viloyat va respublika miqyosida ko‘rik-tanlovlar tashkil 
qilish va qatnashish. 
Kontsertlar: O‘quvchi-yoshlar ishtirokida pedagog tomonidan tayyorlargan 
sinf kontserti, maktab miqyosida konsertlar, shuningdek maktablararo, tuman va 
viloyat miqyosida kontsert dasturlarini tayyorlab o‘tkazish. 
Sinfdan tashqari ishlarning guruh shakllari. To‘garaklar: bunda 
mashg‘ulotlar ma’lum bir reja va dastur mavzulari asosida olib borilishi maqsadga 
muvofiq.



Yakka shakli. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlagan holda 
qo‘shiqlar o‘rgatish, cholg‘u asboblarida ijro qilish malakalarini shakllantirish, 
shuningdek musiqa fanidan ko‘rgazmali qurollar tayyorlash. 
Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning musiqa 
faniga bo‘lgan qiziqishlari oshadi va u ta’lim-tarbiya berish tizimining tarkibiy 
qismiga aylanadi. Hozirgi davr talablari bunday ishlarga yanada ko‘proq ahamiyat 
berishni talab etadi. Sinfdan tashqari ishlar tizimi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan va 
o‘zaro ta’sir qiluvchi shakl, metod va sinfdan tashqari faoliyat turlarini o‘z ichiga 
oladi. Ularning hammasi umumiy bir maqsadga ya’ni ― Komil inson tarbiyasiga 
qaratilgan. Komil inson tarbiyasini amalga oshirilishida sinfdan va maktabdan 
tashqari mashg‘ulotlar maqsadini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 200,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin