Mundarija: kirish



Yüklə 24,32 Kb.
səhifə1/6
tarix24.05.2023
ölçüsü24,32 Kb.
#121195
  1   2   3   4   5   6
yulduz.kurs ishi


Mundarija:
KIRISH.................…...................................…...................................…........3
I.BOB.Boshqaruv faoliyatida ijtimoiy muhit omillari
1.1.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish.................…...................................…...................................…....6
1.2.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan munosabati.................…...................................................14
II.BOB.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruv faoliyatini tashkil etish metodikasi
2.1.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish usullari .................…...................................…...................................….........22
2.2.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining sifat va samaradorligini oshirish shakllari .................…...................................…...................................…..........24
3.Xulosa.....................................…................................…..............................27
4.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati ..................................….......................31
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning"Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida "Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, azsharqona hayot falsafasi" , deb aytgan fikrlari ta'lim va tarbiya tushunchalarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi, ya'ni ular yaxlit pedagogik jarayon sifatida mavjudligini ifodalaydi.Avval ham ta'kidlanganimizdek, pedagogik jarayon tushunchasi ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan turlicha Talqin qilinsada, mazkur jarayon ta'lim-tarbiya jarayoni sifatida shaxsning kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u bir avlodning ijtimoiy tajribasini keyingi avlodlar tomonidan o'rganilishi va o'zlashtirilishi hamda ulaming o'rganganlarini amaliyotga tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.Tadqiqotchilar V.A.Slastenin va A.I.Mishenkolaming ta'kidlashicha, pedagogik jarayon - bu ta'lim-tarbiyaviy maqsadlarga yo'naltirilgan va maxsus tashkil etilgan pedagoglar va tarbiyalanuvchilaming o'zaro ta'sir jarayonidir. Pedagoglar va tarbiyalanuvchilar subyekt sifatida pedagogik jarayonning asosiy komponentlari hisoblanadi2.P.I.Obrazsov va V.M.Kosuxinlar pedagogik jarayonning o'ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida uning yaxlitligini ajratib ko'rsatgan holda, quyidagilami pedagogik jarayon komponentlari sifatida keltiradi: ta'lim mazmuni va o'quv materiailarini loyihalashtirish va o'zlashtirish jarayonlari; ta'lim mazmunini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan ta'lim jarayoni; o'qituvchi va o'quvchilaming o'zaro ta'siri natijasida vujudga keluvchi rivojlanish jarayoni; o'quvchi va o'qituvchilarning shaxsiy munosabatlar darajasidagi o'zaro ta'sir jarayoni (norasmiy muloqot jarayoni); ta'lim mazmunini o'quvchilar tomonidan bevosita o'qituvchining ishtirokisiz o'zlashtirish jarayoni (mustaqil ta'lim va o'zini-o'zi tarbiya)1.Ushbu tadqiqotchilar ta'lim, rivojlanish, muloqot, mustaqil ta'lim va o'zini-o'zi tarbiya jarayonlarini yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismlari sifatida ajratib kuchli, majburiy va keng qamrovli ta'sir ko'rsatish usullari asosida uzluksiz ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlar samaradorligini ta'minlash imkoniyatining mavjud emasligi tashkil etuvchi qismlar va bo'g'inlar bo'yicha aniq belgilangan tartibda (lokal) ta'sir ko'rsatish uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiluvchi va boshqariluvchi pedagogik jarayonlarning samarali rivojlanishida yaxshi natijalarga erishishga asos sifatida xizmat qilishi.Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik jarayonlarning umumiy modelini o'zgartirishda ulaming o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini inobatga olish, ya'ni ulaming har birining samaradorligi ikltinchi bir tizim jarayoni samaradorligiga ta'sir ko'rsatishiga alohida e'tibor qaratish zarur.
Pedagogika - yunoncha so'z bo'lib, «bola yetaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma'naviy barkamollikka munosabatlarni o'zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Shu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o'rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta'lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta'lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug' olimu adiblar, fozilu-fuzalolar ta'lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i, Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.Mazkur ta'limiy asarlarda inson shaxsini ma'naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g'oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta'limiy uslub shakllanadi, natijada ta'limtarbiya olimlar diqqat markazida bo'Idi.Farob ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda riimalarga e'tibor berish zarurligi, taTim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. 0 ‘quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo'Iadi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedogogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma'lum bo'lib, u ta'limning ko'rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.
Kurs ishining maqsadi: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash, ta’lim jatumanida innovatsion texnalogiyalardan foydalanish va uning ahamiyatini aniqlashdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid abiyotlar pedagogik va psixologik adadabiyotlar taxlili.
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari;
3. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish omillari;
4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalari;
5. Kurs ishi natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan taxlil qilish;
6. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining ob’yekti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish


Kurs ishi predmeti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalarini takomillashtirish.
Kurs ishi metodlari: Pedagogik, psixologik, metodik, ilmiy va ilmiy-texnikaviy manbalarni nazariy taxlil etish; anketa so’rovnomalari o’tkazish, kuzatish, suhbat,
tajriba-sinov ishlari, kurs ishi natijalarini umumlashtirish va matematik-statistik uslublarini qo’llash.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Har bir bo’lajak tarbiyachi o’z ixtisosligidan o’quv –tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur bo’lgan metodik birlashmalarni tashkil etish shakllarini va pedagogik bilimlar va ko’nikmalarning umumiy hajmini, tarbiyachiga xos kasbiy fazilatlarni egallashi lozim. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi.



Yüklə 24,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin