Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va ko’rsatkichlar tahlili


Iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlar tahlili



Yüklə 69,33 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü69,33 Kb.
#114618
1   2   3   4   5
Iqtisodiy o\'sish M

1.3. Iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlar tahlili
Iqtisodiy o’sish murakkab va ko’p qirrali jarayon bo’lganligi sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko’rsatkich kifoya qilmaydi, balki muayyan ko’rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlar tizimida o’lchamdagi va klimat ifodasidagi ko’rsatkichlar farqlanadi. Iqtisodiy o’sishning jismoniy o’lchamdagi ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya tasiriga berilmaydi), lekin universal emas, yani har xil o’lchamdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin. Klimat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to’liq tozalash mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli ko’pincha iqtisodiy o’sish suratlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sish quyidagi qiymat ko’rsatkichlarida hisoblanadi:
1.YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning mutloq hajmi va ular o’sish suratlari.
2. YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish suratlari.
YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga turli keladigan miqdori va uning o’sish suratlari.Iqtisodiy o’sishni baholashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.Agar diqqat markazida mamlakat iqtisodiy salohiyati muammosi tursa, birinchi ko’rsatkichdan foydalanish ko’proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko’proq ikkinchi ko’rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko’rsatkichga ustuvorlik beriladi.Odatda iqtisodiy o’sish surati % (foiz)da joriy yildagi real YaMM (SMM, MD) ni bazis davridagi hajmiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
1.3.1-jadval
O’zbekistonda YaIM va asosiy tarmoqlar mahsulotlarining o’sish suratlari oqimi yilga nisbatan % hisobida

Yillar

Ko’rsatkichlar



2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

Yalpi ichki mahsulot

104.4

107.7

107.0

107.3

102.4

106.3

105.7

Sanoat mahsuloti

106.2

109.4

107.3

110.8

106.4

107.6

105.1

Iste’mol tovarlari

108.4

113.4

117.7

120.6

80.2

131.1

113.9

Qishloq xo’jaligi

105.9

110.1

106.2

106.2

102.8

103.2

103.1

Qurilish ishlari

103.5

103.6

107.8

112.8

107.1

104.3

106.3

Chakana savdo

105.1

104.7

108.2

114.8

104.6

110.7

108.9

Aholiga pulli xizmat ko’rsatish

107.9

113.8

115.0

119.3

92

116.7

98.2

Mamlakatning iqtisodiy o’sish suratini xarakterlaydigan klimat ko’rsatkichlar bir qator kamchiliklarga ham ega.Birinchidan, ular mahsulot sifatining o’zgarishini to’liq aks ettirmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy darajasini to’liq xarakterlab berolmaydi.Ikkinchidan, real YAMMva uning aholi jon boshiga o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi.Uchinchidan, iqtisodiy o’sishni qiymat ko’rsatkichlarda miqdoriy hisoblash boshqa tomonlama uning atrof-muhitga va insonning hayot sharoitiga salbiy tasirini hisobga olmaydi.Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi jismoniy ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat bo’lib, ular ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda miqdori, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi va shu kabilar hisoblanadi.


Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
a) Ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, yani uning unumdorligi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
1.2.2-jadval
O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti tarmoqlari bo‘yicha YAIM ulushining o‘zgarishi (joriy baholarda YAIM ga % hisobida)



Tarmoqlar

Yillar

2014

2015

2016

2017

2018

2019

1

YaIM

100

100

100

100

100

100

2

Qishloq xo’jaligi

30.0

30.1

28.6

26.8

25.0

24.1

3

Sanoat

14.1

14.5

05.8

17.1

20.7

22.1

4

Qurilish

38.2

38.4

37.4

37.6

38.4

36.5

5

Xizmatlar

5.8

4.9

4.5

4.5

4.9

5.1

6

Sof soliqlar

11.9

12.6

13.7

14.0

11.0

9.2

Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa jismoniy ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqadigan mahsulot ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish tahlilida iqtisodiyotning ichidagi asosiy nisbat ham o‘rganiladi.


Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‘sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:

  • Tabiiy resurslarning miqdori va sifati.

  • Mehnat resurslarining miqdori va sifati.

  • Asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi.

  • Texnologiya va fan - texnika taraqqiyoti.

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda.
Ikkinchi guruh talab omillaridir. Bular:
1. Investitsion resurslar talab darajasi.
2. Aholining umumiy farovonlik darajasi.
Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan to‘liq foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‘sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratdi. To‘liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o‘sishni ro‘yobga chiqaradi. Iqtisodiy o‘sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o‘z o‘rniga ega bo‘lsada, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur. Bu avvalo, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keluvchi omillardir.
Fan — texnik taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnik taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan-texnika taraqqiyoti deyilganda, pirovard mahsulot chiqarishni ko‘paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg‘unlashtirishni taqozo qiluvchi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital quyilmalar (investitsiyalar) mustahkam o‘zaro bog‘liq, texnika taraqqiyoti ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‘yishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha texnologiyani qo‘llash uchun atom elektrostansiyalarini ko‘rish zarur bo‘ladi. Birinchi qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro‘y berish xarakteriga ega bo‘ladi. Gaz va yoqilgi dvigatellari, konveyer va yig‘ma liniyalar bizni hayotga o‘tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.
Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni to’xtatib turuvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ular quyidagilar:

  • Mehnat muhofazasi;

  • Atrof-muhitning ifloslanishi;

  • Ekologik muammolar;

  • Xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash;

  • Sog’liqni muhofaza qilish;

  • Tabiiy ofatlar;

  • Favqulodda ro’y beradigan iqtisodiy siyosiy o’zharishlar.

Keying yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog’liqni muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida iqtisodiy o’sosh sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga jalb qilinadi.


Yüklə 69,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin