Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va ko’rsatkichlar tahlili



Yüklə 69,33 Kb.
səhifə2/5
tarix16.05.2023
ölçüsü69,33 Kb.
#114618
1   2   3   4   5
Iqtisodiy o\'sish M

Mustaqil ishning obekti.Mustaqil ish obekti sifatida 2016-2022-yillarda O’zbekistondagi YaIM va asosiy tarmoqlar mahsulotlarining o’sish suratlari tanlab olinib, shu yillar oralig’idagi ko’rsatkichlar tahlil qilingan.
Mustaqil ishning ilmiy va amaliy ahamiyati.Mustaqil ishning ilmiy ahamiyati shundaki bunda biz ma’lum vaqt oralig’ida YaIMni,sanoatni, iste’mol tovarlar, qishloq xo’jaligi, ijtimoiy sohani,qurilishni va boshqa sohalarni tahlil qilib, kelajakda ular qanaqa o’zgarishini pragnoz qila olamiz.
Mustaqil ishning tuzilishi va hajmi. Mustaqil ish 21 betdan iborat bo’lib, kirish, bitta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I Bob. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va ko’rsatkichlar tahlili
1.1 Iqtisodiy o’sish tushunchasi, mohiyati va mazmuni
O‘sish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan ko‘paygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining ko‘payishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy o‘sishni shart qilib qo‘yuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy o‘sish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy o‘sish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning ilg‘or tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o‘sish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil ko‘paytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi. Iqtisodiy o‘sishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yalpi ichki mahsu-lot (YaIM) asos bo‘lib xizmat qiladi va iqtisodiy o‘sishning muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining ijobiy tomonga o‘zgarishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari YaIM o‘sish sur’atlarida o‘z aksini topadi.Iqtisodiy o‘sish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YaIM hajmining o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyoti holati va dinamikasi to‘g‘risida ma’lumot bersada, iqtisodiy o‘sishni to‘liq aks ettirmaydi. Mamlakat aholisining o‘sish sur’ati 3% ni, real YaIM ning o‘sish sur’ati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YaIM hajmi o‘sgan bo‘lsada, kishilarning daromadlari o‘zgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni to‘laroq aks ettirish uchun boshqa bir ko‘rsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YaIMning o‘zgarishi qo‘llaniladi.
Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish - aholining moddiy faravonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining bandligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi. U ko‘pgina ichki va xalqaro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya, mudofaa muammolarini hal etishga imkoniyat tug‘diradi. “Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish Prezidentdan boshlab barcha darajadagi rahbarlaming bosh vazifasi bo‘lmog‘i darkor”.
Iqtisodiy o‘sish - to‘liq bandlik bilan mujassamlashgan ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddat mobaynida o‘sishidir. Iqtisodiy o‘sish YAIM, davlat iqtisodiy qudrati va insonlar farovonligining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatning yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ham ifodalanadi. Hozirgi kunda iqtisodiy o‘sish nazariyasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ma’lum muddat oralig‘ida erishishgina emas, balki uni uzoq muddat davomida o‘sish sur’atlarida saqlash ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni o‘sishni barqarorligini ta’minlovchi omillarni aniqlab ularni takomillashtirish ustida ish olib borish zamonaviy iqtisodiyot nazariyasini oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Demak yuqoridagi fikrlarni umumiylashtirib barqaror iqtisodiy o‘sishga quyidagicha ta’rif beriladi:
Barqaror iqtisodiy o‘sish - bu uzoq vaqt davomida iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir. Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon amaliyoti ko‘rsatishicha mamlakatlarni yillik YAIMni o‘sish sur’ati 7% dan kam bo’lmasa YAIMning hajmi 30 yilda 2 marta ko‘payadi. Aksincha YAIMning yillik o‘sish sur’ati 10% dan kam bo‘lmasa, mamlakat YAIM hajmi 7 yilda 2 marta ko‘payadi. Iqtisodiy o‘sish zamiridagi zamonaviy iqtisodiy nazariyada odatda tabiiy ahamiyatga ega ishlab chiqarish hajmining real tushib ketishi va qisqa muddatli ravnaqi emas, balki uzoq muddatli vaqt oralig‘idagi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga bog’liq ishlab chiqarish real hajmi tabiiy darajasining uzoq muddatli o‘zgarishi tushuniladi. Bunday hollarda o‘qitish predmeti bir uzoq muddatli muvozanat holati boshqasi tomon harakatlanishi bilan izohlanadigan ishlab chiqarish potensial hajmining o‘sishi hisoblanadi. Bunday yondashuvda iqtisodiy o‘sish sur’ati va takliflar omili diqqat markazida turadi. Real iqtisodiy o‘sish tahlilida o‘qitish predmeti iqtisodiy dinamikani aniqlovchi omillargina emas, shuningdek tarmoqlar va takror ishlab chiqarish proporsiyasining o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish jarayonidagi institutsional tuzilmalar transformatsiyasi, o‘sish sur’atlarini to‘xtatib turish yoki rag‘batlantirish bo‘yicha davlat siyosati, real ishlab chiqarish potensial ishlab chiqarish hajmidan ortda qolishi sabablari va boshqalar ham bo‘lishi mumkin. Real iqtisodiy o‘sish mohiyati iqtisodiyotni asosiy ziddiyatlarning yangi darajasida qayta tiklash va ruxsat berishdan iborat: ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi va jamiyat ehtiyojlarining cheklanmaganligi o‘rtasida. Bu qarama-qarshilik ikki asosiy usulda bo‘ladi:
- ishlab chiqarish quvvatining oshishi hisobiga;
- ishlab chiqarish quvvati va jamiyat ehtiyojlari rivojlanishiga ega bo‘lgan samarali foydalanish hisobiga.
Biroq bu jarayonda har bir yangi bosqichda ishlab chiqarish imkoniyatlari kengayishidagi rivojlanishda barcha jamiyat ehtiyojlari qondirilmaydi. Jamiyat ehtiyojlari ishlab chiqarish resurslariga munosabatda doimo birinchi bo‘lsada, bu ehtiyojlami qondiruvchi ishlab chiqarish mahsulotlari ma’lum mamlakatning ishlab chiqaruvchilari yoki import mahsulotlari vositalari o‘zlashtirilganda vujudga keladi. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, ehtiyojlarning vujudga kelishi qadam - baqadam ommaviy tus oladi va ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishini nazarda tutadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari o‘sishi miqdori bilangina emas, ularning tuzilmasida bir ehtiyoj ulushining ortishi va boshqasining ulushi pasayishi bilan shartlanadi. Ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarish tuzilmasi, qoidaga muvofiq ehtiyojlar tuzilmasi kabi tez o‘zgarishi mumkin emas.
Mahsulot yoki xizmatga yangi ehtiyoj tug‘ilishi uchun uning bir vaqtda ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va bozorda iste’molchilar talablariga mos, to‘lash qobiliyatiga ega o‘z sifati va narxi bilan ular talabiga javob beradigan yangi mahsulotning paydo bo‘lishi dalili yetarli. Shu bilan birga ma’lum tovar ishlab chiqarishni ommaviy o‘zlashtirish uchun ma’lum muddat zarur. Ishlab chiqaruvchilar ortda qolishni kamaytirishgagina erishishlari mumkin, lekin uni butunlay eskirtira olmaydilar. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiyot asosiy subyektlarining iqtisodiy o‘sishi tomon intilishi jamiyatda qanday rivojlanish darajasiga erishilganga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo’lmaydi. Biroq ishlab chiqarish real shartlari o‘sish salohiyatini amalga oshirishda har doim ham yo‘l qo‘ymaydi. Bunday sharoitlarda dipressiya yoki xuddi ichki iqtisodiy omillar kabi milliy iqtisodiyotga munosabatdagi ichki omillar (masalan, urushlar, ichki va xalqaro siyosatdagi o‘zgarish va boshqalar) bilan izohlanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy tanazzul boshlanadi. Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning yuzaga kelishi shakllari izohida ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy o‘sishni YAIM (MD) real hajmi o‘sish sur’ati yoki bu ko‘rsatkichlarni aholi ehtiyoji hisobida oshirish sur’ati bilan o‘lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining jami tavsifi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning u yoki bu uslubini qo‘llash zarurati, odatda tadqiqot masalalari bilan bog‘liq.
Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning birinchi usuli, odatda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati kengayish sur’atlarini baholashda qo‘llaniladi, ikkinchisidan esa aholining qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli hududlar va mamlakatlarning hayotiylik darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘sish nazariyasida ikkinchi hisoblash usuli afzal deb qaraladi. Iqtisodiy o‘sishda real milliy daromad oshishi sur’atlari aholi o‘sishi sur’atlarini oshiradigan milliy iqtisodiyot rivojlanishi nazarda tutiladi. Bu o‘sish muammolarini tashqi kuzatuvchi nuqtai-nazaridan emas, mamlakat aholisi pozitsiyasidan turib ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Iqtisodiy o‘sishni ishlab chiqarish real hajmining oshish sur’atlari nuqtai-nazaridan qarab chiqishda, odatda (aniq va noaniq shaklda) iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlari yuz bermasligi taxmin qilinadi.Ishlab chiqarish tuzilmasi va institutsional muhit murakkab va o‘zgarmas hisoblanadi. Bunday rivojlanish xarakteri tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirda balanslangan va yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy tizim uchun o‘ziga xos.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasidagi boshqa yondashuv industrial va postindustrial jamiyatni takror ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu nazariyalar qachonki, o‘zgarishlarga hokimlik, boshqaruv, infratuzilma obyektlari, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zaro ta’sir va uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasining asosiy institutlari duch kelganda, “yuqori uzun” davrda iqtisodiy dinamika muammolarini tahlil qiladi. Real YaIM hajmining o‘zgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oralig‘idagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM hajmining o‘zgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi. Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YaIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Bular iqtisodiy o‘sishning miqdoriy omillariga kiradi (masalan, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YaIM o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy o‘sish ekstensiv o‘sish deb ataladi. Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy va barcha boshqa muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li - bu milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy rivojlanishidir. Aholi farovonligini oshirib borish ham pirovard natijada iqtisodiy rivojlanish darajasi va sur’atlariga bog‘liq.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o‘z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlarini, ijobiy va salbiy natijalarini olib notekis boradi. Iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ifodasini real YaMM (YaIM) hajmi va uning aholi jon boshiga ko‘payishida topadi. Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil sur’at va me’yorlarda bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto cheklanish davrlari ma’lum. Agar jahon xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotda katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa, barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish bu yalpi milliy mahulot mutloq hajmning aholi jon boshi va iqtisodiy resurs birligi hisobiga nisbiy miqdorining ko‘payishi hamda sifat o‘lchamlarining borishidir. Ishlab chiqarish natijalarining o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Yüklə 69,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin