Mundarija: kirish I bob. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha



Yüklə 145,5 Kb.
səhifə6/16
tarix12.11.2022
ölçüsü145,5 Kb.
#68691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha, allel va alternativ

TATA blok - Ingliz tilidan tarjima qilingan,molekulyar bioda TATA blokqutisi bu arxeylar va eukariotlardagi genlarning asosiy promotor mintaqasida joylashgan DNk ning ketma ketligi. TATA qutisining baketial gomologi Pribnav qutisi deb ataladi. Va u qisqa konsensus ketma ketligiga ega. TATA qutisi kodlanmagan DNK ketma ketligi hisoblanadi.
SAT blok- Transkripsiyadan oldin saytda75- 80 nukleotidlar GGNCAATCT (N xohlagan nukleotidlar) tarkibidagi DNK nukleotidlar ining yuqori konservativ ketma ketligi 75- 80 dan yuqori nukleotid Transkripsiyaning boshlash sayti.
Transkripsiya -DNK molekulasida yozilgan nukleotidlar joylanishi haqidagi axborotni RNK ga ko‘chirib yozilishi. Translatsiya – A-RNK-da yozilgan axborotga asosan oqsil molekulasida aminokislotalarni tartib bilan terilishi. 50- yillarda olimlar tomonidan ochilgan oqsil sintezi nazariyasi - bu jarayon murakkab ko‘p bosqichli ekanligini ko‘rsatdi. Bunda DNK, 3 xil RNK va turli fermenglar ishtirok etishi aniqlandi. Har bir oqsil molekulasi maxsus A-RNK tarkibidagi nukleotidlar tartibiga asosan ribosomada sintezlanadi. DNK molekulasi tarkibidagi bir genga mos keluvchi ma’lum bir qismidagi nukleotidlar tartibini A-RNK o‘ziga ko‘chiradi va shu axborotga asosan aminokislotalarni yig‘ishni ta’minlaydi. Hujayrada oqsil sintezlanishi 4 bosqichda yuz beradi: Birinchi bosqichda aminokislotalarni ATF ta’sirida aktivlanishi yuz beradi, ya’ni bunda ATF energiyasi aminokislotalarniing birikishi maxsus ferment - aminoanil - RNK - ginitaza katalizatorligida boradi. Natijada aktivlashgan aminokislotallr o‘zaro yaxshi ta’sir etib polipeptid zanjiriga qo‘shiladi. Sitoplazmada oqsil molekulasini sintez qilish uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar doim bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda aktivlashgan aminokislotalar T-RNK ѐrdamida, ribosomalarga ya’ni oqsil sintez bo‘ladigan joyga tashib boriladi. T-RNK molekulagi A-RNK-ga qaraganda zanjiri kichik, 70-80 nukleotiddan iborat.Aminokislota T-RNK-ni uchki qismiga birikadi. Barcha RNK-larda aminokislota birikuvchi qismi bir xil -SSA iukleotiddan iborat bo‘ladi. Xar bir aminokislotani tashuvchi aloxida T-RNK mavjud bo‘lib, ya’ni 20 xil aminokislotani tashuvchi 20 xil T-RNK bor. Uchinchi bosqichda aminokislotalar DNK tarkibidagi nuleotidlar tartibi bo‘yicha ketma-ket joylashadi. Bu tartibda joylashish A-RNK-da yozilgan axborotga muvofiq yuz beradi, Bir necha aminokislotalar birikib bir oqsil molekulasini hosil qiladi, ya’ni R-RNK tarkibidagi ferment ta’sirida murakkab oqsil zanjirini hosil qiladi. Bu jarayon ribosomalarda peptidpolimeraza ferment ta’sirida yuz beradi. Ribosomalar tarkibi oqsil va RNK-dan iborat bo‘ladi. Bu RNK ribosomal RNK deyiladn.To‘rtinchi bosqich.Bu davrda oqsil polipeptid zanjiri to‘liq shakllanadi. Hosil bo‘lgan vodorod bog‘lar ta’sirida polipeptid oqsil zanjiri spiral shaklida buralib, biologik aktiv (konfiguratsiya) holatiga o‘tadi.. Oqsil biosintezida DNK molekulasi yetakchi vazifani bajaradi va bu jarayonni boshqaradi. DNK molekulasida joylashgan triplet kodlari joylanish tartibiga muvofiq unda axborot RNK molekulasi snntezlanadi. Keyin shu A-RNK-da yozilgan axborotga muvofiq bo‘lajak oqsil aminokislotalari yig‘iladi. Shunday qilib DNK molekulasi organizm belgi va xususiyatlari haqidagi irsiy axborotni o‘zida saqlaydi va irsiyatni oqsil biosintezi orqali boshqaraladi: oqsil sintezi biosintez jarayonlari orasida eng murakkabi bo‘lsa kerak, uning ayrim bosqichlarida polipeptid zanjir initsiatsiyasi , uzayishi, tamomlanishi va oqsillarning yetishishida yuzga yaqin fermentlar, maxsus oqsil faktorlar, umuman 200 yaqin makromolekulalar ishtirok etadi. Bu makromolekulalarning ko‘pi ribosomalar uch o‘lchovli murakkab strukturasining tashkiliy qismlaridir. Oqsil biosintezi apparati shu qadar murakkab bo‘lishiga qaramay, jarayon juda katta tezlikda o‘tadi. Masalan, E.coli va 100ta aminokislotadan iborat oqsil zanjirining yaratilishi uchun hujayra ribosomalariga 5 sekundgina kifoya. Ayni shu uchta kashfiyot tezdan oqsil sintezining asosiy bosqichlarini aniqlashga va nixoyasida aminokislotalar uchun genetik ta’minlashga olib keldi. Oqsil sintez m-RNK ni dekodirlash, ya’ni RNK molekulasida to‘rt xil asoslarning izchil kelishi yozilgan axborotning 20 xil aminokislotalarning oqsil molekulasida izchil kelish tiliga o‘tkazilishidir.Shuning uchun ham bu jarayon translatsiya (tarjima qilish) deyiladi.

Yüklə 145,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin