Mundarija: kirish I bob. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha



Yüklə 145,5 Kb.
səhifə7/16
tarix12.11.2022
ölçüsü145,5 Kb.
#68691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha, allel va alternativ

Oqsil sintezining bosqichlari. Bu jarayon asosan 5 bosqichda o‘tadi. Aminokislotalarning ATR yordamida aktivlanishi va tegishli transport RNK ga ko‘chirilishi oqsil biosintezi uchun energetik asos yaratadi. Bu ikki jaryon uzluksiz bog‘langan bo‘lib bitta enzim YE-spetsifik aminoatsil-t-RNK –sinteza ta’sirida kechadi.Frensis Krik bu jarayonda t-RNK adaptorlik rolini o‘ynashini aniqladi. Bu bosqich uchun barcha (20) aminokislota, 20 yoki ortiqroq t-RNK, aminoatsil-t-RNK-sintetazalar (YE), ATR va Mg+ mujassam bo‘lishi zarur Mazkur bosqich quyidagi ikki reaksiyada boradi: Oxirgi reaksiyada aminotsilli qoldiq t-RNK sentetazalar spetsefik fermentlardir. Lekin izoakseptor aminoatsil tRNK sintetazalar (ATS) ham mavjud, ya’ni bitta aminokislotani bir necha ATS ham tashishi mumkin. Shu bilan birga fermentning o‘zi ham bir zanjirli (masalan, Val, Ile, Ley uchun), bir xil bir nechta zanjirli (Met uchun), uchinchilar ikkita har xil zanjirlardan tuzilgan (Met uchun), uchinchilar ikkita har xil zanjirlardan tuzilgan (Gli, Trp uchun) bo‘ladi. Polipeptid zanjirining initsiatsiyasi.Initsiatsiya juda murakkab va juda muhim bosqich, boshlab beruvchi reaksiya. Bu bosqichda oqsil sintezi uchun lozim bo‘lgan apparat ayrim komponentlardan yeg‘ilib ish boshlashga tayorlanadi. Polipeptid zanjiri sintezining initsiatsiyasi aynan bir necha davrlarda o‘tadi.Birinchi davrda ribosomaning 30S kichik parchasi initsiatsiya faktori 3 (IF-3) bilan bog‘lanadi, bu faktor 30S kichik parchaning 50S kichik parcha bilan bog‘lanishiga to‘sqinlik qilib turadi. So‘ngra F1 faktor (IF-I ning roli to‘la aniqlangan emas) bilan bog‘langan 30S kichik parcha m-RNK bilan shu tarzda bog‘lanadiki, m-RNK ning initsiatsiya qiluvchi kodoni (5,)→AGU← (3,) 30S kichik parchaning tayinli qismiga ulanadi. Uning to‘g‘ri o‘rnashishi m-RNK da AUG kodoniga yaqin joylashgan initsiirlovchi signal tomonidan ta’minlanadi. Hosil bo‘lgan kompleks fMet –fRNK-Met-qo‘shiladigan joyni ko‘rsatadi. Initsiatsiya jarayonining ikkinchi davrida bu kompleksga 1F-2 yordamida yana 1F-3, GTR faktorlar va N-formil metionil t-RNK birikadi. Initsiatsiyaning uchinchi davrida bu katta kompleks 50 S ribosoma parchasi bilan bog‘lanadi; aynan shu vaqtda GTR molekulasi GDR va aR ga gidrolizlanadi. Initsiatsiya faktorlari 1F-3 va 1F-2 ham ribosomadan ajraladi. Mana endi initsiirlovchi kompleks deb ataladigan funksional aktiv 70 S ribosomaga ega bo‘linadi. Ribosomaning 50 S kichik birligida aminokislota va o‘sayotgan polipeptid zanjirlar uchun tegishli joylar - saytlar mavjud. Ular aminotsil (A) va peptidli (II) saytlar deb ataladi.

Yüklə 145,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin