Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


Bemorlarni umumiy va mahalliy ko’zdan kechirish



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Referat - Bezgak

Bemorlarni umumiy va mahalliy ko’zdan kechirish.
Bemorning umumiy ko’zdan kechirish turli xil kasalliklar tashxisi uchun juda muhim hisoblanadi. Bemor bilan suhbatlashish vaqtida siz bir qator o’zgarishlarni ko’zdan kechirishingiz zarur. Umumiy kuzatishlarga bemor bilan suhbat va uni umumiy ko’rigi kiradi. Oby’ektiv ma`lumotlarga bemorni umumiy ko’zdan kechirish ya`ni teri qoplamlari, shilliq qavatlar, teri osti yog’ kletkachasi, mushak, bo’g’im va suyak tizimlari holatini baholash kiradi. Bemor holatini baholash bilan birga patologik o’zgarishlar yoki depressiya borligini ham inobatga olishingiz zarur bo’ladi.
Bemorning yuz tuzilishi, so’zlashishiga ham e`tibor qaratmoq lozim. Etnik kelib chiqishiga qarab bemorning yuz rangini hamda gavda tuzilishini kuzatishingiz kerak. Mazkur ko’rik orqali siz ko’pgina ma`lumotlarga ega bo’lasiz. Ko’rik jarayonida xona haroratining tana haroratiga yaqin bo’lishi, tibbiyot xodimi va bemorning qulay vaziyatni egallashi lozimdir. Shunga ko’ra bemor ko’rigi vizual baholanadi.
Demak bemorni quyidagi reja asosida tekshiruvdan o’tkazamiz:
Bemorning es-hushini aniqlash. Bemorning es-hushi saqlangan yoki xiralashgan bo’lishi mumkin.
1.Stupor (stupor). Mazkur holatda bemor atrofidagilarga befarq, savollarga noaniq, kechroq va qiyinchiliklar bilan javob beradi.
2.Sopor holati (sopor). Bunday holatda bemor uyqu holatida bo’ladi. Uni uyqudan uyg’otib suhbatlashish mumkin, keyinchalik bemor yana o’z holatiga qaytadi.
3.Koma holati (coma). Bunda bemorning barcha reflekslari yo’qoladi. Ahvoli og’irlashadi. Qattiq uyqu holatiga ketadi. Koma quyidagi kasalliklar (qandli diabet, buyrak kasalliklari, miya qon aylanishlarining izdan chiqishi, o’tkir infektsion kasalliklar, jigar kasalliklari, miyaga qon quyilishi, miya shikastlanishi, narkotik moddalar ta’siri alkogolizm, morfin, veronal va boshqa narsalar bilan zaharlanishi, malyariya, meningit, tutqanoq va hokazo)da tez rivojlanadi. Komatoz holatni juda ham og’ir kasallik oqibati sifatida ko’rish mumkin.
Yuqorida keltirilgan kasalliklarda bemorning haddan tashqari vajohatliligi, es-hushining noaniqligi sababli atrofdagilarga zarar keltirish holatlari kuzatiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin