Mundarija I. Kirish. Yassi chuvalchanglar tipiga umumiy tavsif II. Asosiy qism



Yüklə 458,37 Kb.
səhifə5/10
tarix21.06.2023
ölçüsü458,37 Kb.
#133605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan

Qon so‘rg‘ichlisi - shistozoma ikki jinsli hayvon. Erkagi tanasi 12-14 mm, urg‘ochisi (20 mm) nikidan kalta, lekin anchakengbo‘ladi. Urg‘ochisi ingichka, erkagining qorin to-monidagi tarnovsimon chuqurchasida joylashgan bo‘ladi. Shistozomalar odamning qorin bo‘shlig‘idagi yirik vena tomirlari, shuningdek buyrak va qovuq venalarida yashaydi. Urg‘ochisi qovuq devori va orqa ichak venasiga tuxum qo‘yadi. Miratsidiy lichinkasi bo‘lgan tuxumlar qovuq devor-ini teshib, uning bo‘shlig‘iga, undan siydik bilan tashqariga chiqib ketadi. Suvda tuxumdan chiqqan Miratsidiylar ayrim chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari tanasiga kirib oladi. Mollyuskalar tanasidan suvga chiqqan serkariylar cho‘milayotgan yoki sholipoyada ishlayotgan odamlar terisini teshib, qon tomiriga o‘tib oladi. Bu parazit paydo qiladigan kasallik shistozomatoz deyiladi. Parazit bemfnirda qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jarohatlaganda siydik bilan birga qon ajraladi. Zararlangan organlarning yallig‘lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to‘planishi qovuqda tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kasallik janubiy hududlar, xususan, Nil daryosi vodiysida, Hindiston, Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika va ayrim boshqa mintaqalarda tarqalgan. So‘rg‘ichlilarning juda ko‘p turlari yovvoyi va uy hayvonlarida parazit-lik qilib, katta ziyon yetkazadi. Masalan, Echinostomatidae oilasi turlari xonaki parrandalar ichagida yashab, ba’zan ularni qirilib ketishiga sabab boladi. So‘rg‘ichlilar sinfi digenetik so‘rg‘ichlilar va aspidogastrlar kenja sinfiga bo‘linadi. Digenetik ya’ni ikkita xo‘jayinda rivojlanadigan so‘rg‘ichlilar (Digenea) kenja sinfi. Digenetik so‘rg‘ichlilar deyarli barcha vakillarining ikkita so‘rg‘ichi bo‘ladi. Rivojlanish sikli juda murakkab bo‘lib, nasl almashinuv orqali boradi. So‘rg‘ichlilarning asosiy ko‘pchilik turlari ana shu kenja sinfgakiradi.
Aspidogastrlar (Aspidogaster) kenja sinfi
Aspidogastrlarning 40 ga yaqin turi ma’lum. Ularning yopishuv organlari judakeng yopishuv diskidan iborat. Disk bir nechaqator so‘rg‘ich chuqurchalariga bo‘lingan. Aspidogastrlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin hayot siklida nasl gallanishi bo‘lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conshicola ikki pallali molyuskalardan baqachanoqning yurakoldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi.



Yüklə 458,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin