Mundarija I. Kirish. Yassi chuvalchanglar tipiga umumiy tavsif II. Asosiy qism



Yüklə 458,37 Kb.
səhifə3/10
tarix21.06.2023
ölçüsü458,37 Kb.
#133605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan

1-rasm. Jigar qurtining tuzilishi:
1 – og‘iz so‘rg‘ichi; 2 – og‘zi; 3 – qorin so‘rg‘ichi; 4 – ichak; 5 – jinsiy sistemasi
Tana qoplag‘ichi tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliydan ibo­rat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralar juda ko‘p mitoxondriylar va vakuollarga ega, lekin hujayralar o‘rtasida chegara yo‘qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi har xil pixlar qo‘shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavati sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog‘langan. Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqa bo‘ylama muskullar joylashadi.
Hazm qilish sistemasi nayi og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘iz teshigi muskulli ektodermal halqum, qizilo‘ngach va endodermal o‘rta ichakdan iborat (8-rasm). O‘rta ichak odatda ikki shoxga ajralgan; yirik turlarda esa ko‘p shoxli bo‘ladi.
Ayirish sistemasi protonefridiy tipida bo‘lib, odatda bir juft yig ‘uvchi naylar va ulardan tarqaladigan juda ko‘p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo‘lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo‘ylama nerv tomiridan iborat. Nerv tomirlari ko‘ndalang nerv tolalar bilan qo‘shilgan. Bo‘ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv tomiri yaxshi rivojlangan.
Sezgi organlari voyaga yettan hayvonlarda rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy ko‘zchalari teri retseptorlari bo‘ladi.
Jinsiy sistemasi. Ko‘pchilik so‘rg‘ichlilar germafrodit; jinsiy siste­masi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so‘rg‘ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug‘dondan iborat. Urug‘donlardan bittadan urug‘ yo‘li boshlanadi. Qorin so‘rg‘ichidan keyinroqda urug‘ yo‘llari qo‘shilib, urug‘ chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug‘lantiruvchi organ ichidan o‘tadi. Urug‘lantiruvchi organ maxsus xaltacha -jinsiy kloakada joylashgan.
Tuxumdoni bitta; urug‘donlardan keyinroqdajoylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg‘ochilik jinsiy be-zlarining yo‘li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko‘p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi vakeyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo‘llari bitta ko‘ndalang naygabirlashadi va ootipgakelib qo‘shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to‘lgan bo‘lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug‘ qabul qilgichva qisqa laurevv nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po‘choq bezlari ham o‘rab turadi.
Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug‘lanadi. Buning uchun kuyikish organi bachadonga kiritiladi. Urug‘lar bachadondan urug‘ qabul qilgichga va undan ootipga o‘tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug‘ hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zahira oziq modda glikogen to‘planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o‘rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan maxsus modda bu hu­jayralar sirtida qattiq po‘choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum bachadonga tushadi; u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi.
Rivojlanishi. So‘rg‘ichlilarning hayot sikli juda murakkab bo‘lib, nasl almashinish orqali boradi. Jigar qurti (Fasciola heratisa)nmg rivojlan­ishi quyidagicha boradi. So‘rg‘ichlilarning voyaga yetgan davri marita deyiladi. Jigar qurtining maritasi jigarning o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi va shu joyga tuxum qo‘yadi. Tuxumlari o‘t yo‘li orqali ichakka, so‘ngra xo‘jayini axlati bilan tashqi muhitga chiqib ketadi.





Yüklə 458,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin