Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi


Passiv tinglash qoidalari



Yüklə 199,43 Kb.
səhifə6/10
tarix23.10.2023
ölçüsü199,43 Kb.
#160013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
muloqot

Passiv tinglash qoidalari:
Pozitiv reaksiyalar: a) ma’qullamoq (“xo‘p”, “ha-ha”, “qani”, bosh irg‘itish); b) “exo-ta’sir” (suhbatdoshning so‘nggi so‘zini takrorlash); v) “ko‘zgu” (suhbatdoshning oxirgi gapini so‘zlar tartibini o‘zgartirib takrorlash); g) “parafraza” (suhbatdoshning fikrini boshqa so‘zlar bilan etkazish); d) undash ( “xo‘sh …”, “keyinchi?”); e) emotsiyalar(“o‘o‘o‘”, voy, ex, juda soz, qoyil, kulgu); j) aniqlashtiruvchi savollar (“qaytadan takrorla, nima deding?”);
Negativ reaksiyalar: a) so‘zlayotgan insonni bo‘lish yoki davom ettirish;b) suhbatdoshning fikrlaridan mantiqiy natija qidirish; v) “beadab ta’sir” (“ahmoqlik”, “bo‘lmagan gap”, “bu hammasi bema’nilik”); g) qayta so‘rash; d) suhbatdoshga e’tiborsizlik (tinglovchi sherigini nazarga ilmaydi, uning so‘zlariga e’tibor bermaydi). Passiv tinglash asosan bahs-munozarasiz suhbatlarda yoki nizo xavfida qo‘llaniladi.
Aktiv tinglash
Bunda birinchi planga axborotning aksi chiqadi. Bu olingan axborotni tinglash jarayonida tahlil qilish va savol, luqma yordamida darhol javob berishni anglatadi.Ushbu tinglash turi muloqotda eng konstruktiv hisoblanadi.
Aktiv tinglash qoidalari:
a) aniqlash, oydinlashtirish( “men tushunmadim”, “yana bir bor takrorlang”, “nimani nazarda tutdingiz?”, “tushuntirib bera olasizmi?”); b)parafraza (suhbatdoshning so‘zlarini o‘z so‘zlari bilan takrorlash, “siz hisoblaysizki…”, “boshqacha aytganda…”); v) his-tuyg‘ularning aks etishi (“nazarimda, siz…his qilayapsiz», “tushunaman, sizning hozir jahlingiz chiqyapti…”); g) undash (“qani…”, “keyinchi…”); d) davom etish, ya’nisuhbatdoshning so‘zlariga so‘z kiritish, uning so‘zlarini o‘z so‘zi bilan tugatish, so‘zlarni aytib turish; e) baholash (“sizning gapingiz qiziqtirib qo‘ydi…”, “menga yoqmayapti”); j) taqriz berish ( “shunday qilib, siz hisoblaysizki…”, “sizning so‘zlaringiz anglatadiki…”). Bunday muloqot usullarini qo‘llash ikki maqsadga erishishga imkon beradi: adekvat qaytuvchan aloqa ta’minlanadi; suhbatdoshga bilvosita uning ro‘parasida teng huquqli sherik ekanligi haqida axborot boradi.Teng huquqli sheriklar pozitsiyasi ikala suhbatdosh ham har so‘zi uchun javobgar ekanligini anglatadi. Har bir insonning tinglash uslubi quyidagi omillarga bog‘liq: jins, yosh, mavqe, individual xususiyatlar (xarakter, temperament, qobiliyat, qiziqishlar va b.), muayyan vaziyat.

Yüklə 199,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin