Fonetik
yozuv.
Yozuvning bu turi bir necha ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri
bo‘g‘in yozuvi
dir. Bu yozuvda ierogliflar bo‘g‘inlarni ifodalaydi.
Yozuv tarixida bo‘g‘inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘g‘inli
yozuvda bir bo‘g‘inni, bir so‘zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar
qo‘llangan. Ossuriya va Vavilon mix (qoziq) yozuvi ana shunday
yozuvlardan hisoblangan. Bu yozuvda ayrim belgilar bir
tovushni,butun bir bo‘g‘inni, ba’zi belgilar esa butun bir so‘zni
ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya
va Vavilon mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni,
ya’ni har qaysi belgi bir tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro
etganlar.
Dunyodagi aksar tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe
ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuvi asosida shakllangan.
18-§.
LEKSIKOLOGIYA
Leksikologiya so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi haqidagi bo‘lim.
So‘z va uning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq hodisalar: o‘z ma’no va
ko‘chma ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, so‘zning shakl va
ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (sinonim, omonim, antonim,
paronim) leksikologiyada o‘rganiladi. So‘z lug‘aviy ma’no va
grammatik ma’noga ega bo‘ladi. So‘zning ob’ektiv borliqdagi narsa,
belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti
leksik (lug‘aviy
) ma’no
deyiladi. Lug‘aviy ma’no so‘z anglatgan tushunchadir. Grammatik
ma’no grammatik shakllar (qo‘shimchalar) orqali ifodalangan
ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug‘aviy ma’nosi-o‘quv quroli; b)
grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
89
So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini
morfologiya o‘rganadi.
Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar
deyiladi. Lug‘aviy birliklar 3 xil: 1) so‘z 2) ibora 3) termin (atama).
Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi;
yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi.
So‘z ma’nosi ma’lum xususiyatlarga ko‘ra ko‘chadi. Lug‘aviy
ma’noning asosiy taraqqiyot yo‘llari (ko‘chish usullari) quyidagicha:
m
etafora,
metonimiya,
sinekdoxa,
funksiyadoshlik
(vazifadoshlik), kinoya.
Metafora
- “o‘xshashlik” asosidagi ma’no ko‘chishi. Bunda
ma’no ko‘chishi o‘xshashlik asosida ro‘y beradi. Metafora ikki
usulda amalga oshadi: a) ma’no o‘xshashlik asosida ko‘chadi: oltin
kuz, kumush choyshab, fan cho‘qqilari, litsey qaldirg‘ochlari...b)
metafora -dek, -day, kabi, singari, yanglig‘, xuddi, go‘yo so‘zlari
yordamida hosil qilinadi, masalan: shishadek osmon, Adashgan it
kabi Furqat, xuddi sherdek.
Metonimiya
- “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko‘chishidir. Bunda
narsa-buyum o‘ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi. Masalan:
Qishloq chetida samovar ochildi (samovar-choyxona); Osmonga
tikildi million juft ko‘zlar (ko‘z-odam); Fuzuliyni oldim qo‘limga
(Fuzuliyni-kitobini).
Sinekdoxa
- butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini
atash. masalan: Besh qo‘l barobar emas (qo‘l-barmoq); O‘n qo‘li
hunar (qo‘l barmoq).. Besh qo‘lini og‘ziga tiqdi (qo‘l barmoq); Shu
bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim (tuyoq-sigir); Tirnoqqa zor o‘tdi
(tirnoq-farzand.
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik
) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi.
Bunda so‘z ma’nosi vazifaga ko‘ra ko‘chadi. Masalan: o‘q qadimda
kamon o‘qi ma’nosida qo‘llangan. Hozirda miltiq o‘qi, pistolet o‘qi
ma’nolarida qo‘llanadi;
kotib, pero, qalam
so‘zlarida ham vazifaga
ko‘ra ma’no ko‘chishi ro‘y bergan.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
90
Kinoya
-qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar “gapi”,
“so‘zi”. Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya
bilan aytilgan so‘z teskari ma’noda tushuniladi.
Salima “a’lochi” qiz (ikkichi).
So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida o‘z va ko‘chma ma’no hosil
bo‘ladi. So‘zning nutq tarkibi (gap)dan tashqarida ifodalaydigan
ma’nosi o‘z ma’no (asosiy ma’no, bosh ma’no) deyiladi. So‘zning
nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida ifodalagan ma’nosi
ko‘chma ma’no hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |