Mttda tabiat burchagini tashkil etishning o‘ziga xosligi


Ўрта ёш гуруҳ табиат бурчаги



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/5
tarix14.07.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#136555
1   2   3   4   5
Ўрта ёш гуруҳ табиат бурчаги

O‘rta yosh guruxdagi bolalarda predmetlarning xususiyat va sifatlarini (shaklining xilma-xilligi, rangi, kattaligi, sathining xarakteri va shu kabilar) ko‘ra olish malakasi hosil qilinadi. Bolalar solishtirib ko‘rishning murakkabroq usullarini egallaydilar, predmetlarning farqi va o‘xshashligini aniqlashni, ularni u yoki bu belgilariga ko‘ra umumlashtirishni o‘rganadilar. O‘simlik va hayvonlar haqidagi bilimlar murakkablashadi. Bolalar o‘simliklarning xususiyatlarini aniq farqlashni boshlaydilar, ularning hayotlari uchun zarur bo‘lgan sharoitlari bilan tanishadilar. Shu bilan bolalar ko‘rganda taniydigan hamda nomlarini biladigan o‘simliklar soni ortib boradi.

Катта ёш гуруҳ табиат бурчаги

Besh yoshga qadam qo‘ygan bola hayvonlar bilan tanishar ekan, ularning tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, harakat qilishi, ovqatlanishining o‘ziga xosiigini va dastlabki bog‘liqlik — harakat qilish xarakteri oyoqlarining tuzilishiga bog‘liq ekanligini bilib oladi. Jonli tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish jarayonida bolalar unchalik murakkab bo‘lmagan ko‘nikmalarni egallaydilar, bular — o‘simlikni toza saqlash, uni to‘g‘ri sug‘orish, suvdon va oxur (donxo‘rak)larni yuvish, ozuqa berish kabi. Bu yoshdagi bolalar o‘simlik va hayvonlarni kuzatar ekanlar, ularning o‘sishi va rivojlanishidagi o‘zgarishlarni qayd qiladilar. O‘z kuzatishlarini to‘g‘ri gapirib berishni o‘rganadilar. O‘rta yosh guruhdagi bolalarning jonli tabiat haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida tabiat burchagining aholisini to‘ldirib, boyitib turish talab qilinadi. Xona o‘simliklari turli shakl va hajmdagi barglarga ega bo‘lishi lozim, chunki bolalar o‘simliklarni ozoda saqlashning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan usullarini egallaydilar, egilgan barglarni mo‘yqalam bilan artadilar, gullarga suv purkaydilar. Bunda bolalar parvarish qilish usulini barglarning xarakteriga: kattaligi, miqdori, sathining xarakteri, pishiqligiga ko‘ra aniqlashni o‘rganadilar. O‘rta yosh guruh jonli tabiat burchagida doimiy yashovchilar sifatida sut emizuvchilarni ham saqlash mumkin. Bu yoshdagi bolalar ularni parvarish qilishning oddiy malakalarini bemalol egallay oladilar. Xatti-harakatiga ko‘ra qiziqarli bo‘lgan dengiz cho‘chqasi va siriya ogrnaxonlarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Ularni parvarish qilish qiyin emas, ular vaqt va muhitga oson moslashadiganjonivorlardir.
Katta yosh guruhida predmetlarni kuzatish, solishtirib ko‘rish, ularni turli belgilariga qarab umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish davom ettiriladi. Kuzatishlarning asosiy mazmuni o‘simlik va hayvonlarni o‘sishi hamda rivojlanishini, ularning mavsumlarda o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Bolalar o‘simlik o‘sishi uchun yorug‘lik, nam, issiqlik, tuprokdan oziqlanishini, turli o‘simlik turli mikdordagi yorug‘lik va namlik talab qilishini bilishlari kerak.
Bolalarni o‘simliklar, ularning tashqi tuzilishining xususiyatlari, faqat barglarigina emas, balki poya va gullarining ham xilma-xilligi bilan tanishtirish davom ettiriladi. O‘simliklarni parvarish qilish usuli asosida barg va poyalarni xarakteriga ko‘ra aniqlash, o‘simlikni ozoda saqlash ko‘nikmasi mustahkamlanadi. O‘simliklarni o‘rganishda ularni ko‘paytirishning ba’zi usullari, jumladan, poyasini «qalamcha» qilib ko‘paytirish haqidagi bilimlar ham kiritiladi. Bularning barchasi jonli tabiat burchagini yangi o‘simliklar — xilma-xil poyali, chirmashadigan, yoyilib o‘sadigan yoki tik poyali, piyozli, kartoshka piyozli va shu kabilar bilan to‘ldirib borishni talab qiladi. Tradeskansiyaning 2—3 xil turi, xona uzumi, plyush, chirmashuvchi fakus, aloe, zigokakfus, epifiltyum, siklatnen, primula, amarilis, klavniya kabilar shular qatoriga kiradi. Bu o‘simliklarning shakli va barglari, poyasi, gullari xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, quyosh nuri va suvga extiyojlari ham turlichadir.
Katta guruh bolalarining jonli tabiat burchagi uchun hayvonlarni tanlashda asosiy vazifa hayvonlarning yashash muhit sharoitlariga moslashish xususiyatlari haqidagi boshlang‘ich bilimlarni shakllantirishni ta’minlashdir.
Akvariumda issiqsevar, tirik tutiladigan va ikra tashlaydigan baliqlar guruhi — mechenosest, skalyariy, guppi va shu kabilarni saqlash maqsadga muvofikdir.
Katta guruh tabiat burchagida toshbaqaning istalgan turini saqlagan yaxshi. Odatda bu jonivor qishda qisqa muddatli uyquga ketadi. Agar toshbaqa tabiat burchagida bir necha yildan beri yashayotgan bo‘lsa u uxlamasligi mumkin, biroq u bu davrda lanj bo‘lib qoladi, ozuqani istar-istamas yeydi. Bunday holatning sababini hamda uning yashash uchun mos sharoitni faqat maktabgacha ta’lim yoshidagi katta bolalar tushunishlari va yaratishlari mumkin. Sutemizuvchilarni tanlash ham juda xilma-xildir. Bu guruh burchagida «dengiz cho‘chqasi»dan tashqari tipratikan, olmaxon ham bo‘lishi kerak. Olmaxon tabiat burchagida yashovchi boshqa sutemizuvchilarga nisbatan mavsumlarda o‘z hayot tarzini ko‘proq o‘zgartiradi. Bu o‘zgarishlar hayvonlarning tabiatdagi hayot sharoitlariga bog‘liqligini maktabgacha ta’lim yoshidagi katta bolalar bilishlari kerak.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin