Mttda tabiat burchagini tashkil etishning o‘ziga xosligi


Turli yosh guruxlarda tabiat burchagini tashkil etish metodikasi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/5
tarix14.07.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#136555
1   2   3   4   5
Turli yosh guruxlarda tabiat burchagini tashkil etish metodikasi.
Kichik yosh guruhining tabiat burchagi. Kichik guruh tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarni tanlashda eng avvalo bolalarning predmetlarni idrok etish xususiyatlari shuningdek, ta’limiy masalalar nazarda tutiladi. Kichkintoylar 2-3 xil o‘simlikni bilib olishlari va ularning asosiy qismlarini (bargi, poyasi, guli) farqlay olib, nomlarini aytishlari lozim.
Ikkinchi kichik guruxdagi bolalar o‘simliklarni parvarish qilishga jalb qilinadilar: ular o‘simliklarga suv quyadilar (suvni kattalar tayyorlab beradi, qancha quyish lozimligini ham ular ko‘rsatishadi), nam latta bilan o‘simliklarning barglarini artadilar.

Hayvonlarni kuzatar ekanlar, bolalar hayvonlarni tashqi aniq belgilariga: gavda qismlari, harakatlanish xarakteri, chiqaradigan ovozlari va hokazolarga ko‘ra tanib olishni, tanasining asosiy qismlarini farqlashni o‘rganib oladilar. Tarbiyachi bolalarni kuzatishga, savolni anglashga, diqqatni kuzatilayotgan predmetga qaratib, uncha murakkab bo‘lmagan harakatlaridan foydalanishga, kuzatish jarayonida berilgan savollarga javob qaytarishga o‘rgatadi.
Kichik yosh guruhning tabiat burchagiga asosiy qismlari (poyasi, bargi) aniq ifodalangan va yorqin, qiyg‘os hamda uzoq gullaydigan o‘simliklar joylashtiriladi. Masalan: xina, azaliya, fuksiya, xitoy atirguli va hokazolar. Aytib o‘tilgan turlardan yil davomida kuzatish uchun 3-4 o‘simlik tanlanadi. Ularning ba’zilari 2 nusxada bo‘lishi lozim. Bular ichidan bolalar bir xil o‘simliklarni topib, ajratib ko‘rsatishni o‘rganadilar.
Ilk yoshdagilarning ikkinchi guruh tabiat burchagiga akvarium joylashtiriladi. Akvariumga kichkintoylarning idrok etish xususiyatlaridan kelib chiqib, chiroyli rangdagi, yilning ko‘p qismida faol yashaydigan, ozuqani shoshib-pishib yeydigan baliqlarni tanlash lozim (masalan, oddiy tilla baliq, tilla yoki kumush rangdagi tovon baliqlar). Kichik yosh guruhlarning tabiat burchagida qushlarni ham saqlash mumkin. Qushning patlari chiroyli, o‘zi xushchaqchaq bo‘lishi, ovqat tanlamasligi, qafasda ham sayrashi maqsadga muvofikdir. Konareyka xuddi shunday qushlardandir. Biroq imkon bo‘lsa, sa’va, snegirni saqlash lozim. Kichik yosh guruh tabiat burchagida sut emizuvchilarni doimo saqlash mumkin emas.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin