Moodle tizimida o'quv materiallarini joylashtirish Reja: Elektron ta’limda moodle platformasining pedagogik tamoyillari


Moodle tizimida o'quv materiallarini joylashtirish



Yüklə 165,3 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü165,3 Kb.
#186141
1   2
Moodle tizimida o\'quv materiallarini joylashtirish

Moodle tizimida o'quv materiallarini joylashtirish


Modle tizimida o’qquv matriallarni joylashtirish Hozirda ta'lim portallarida masofali kurslarni yaratish bo'yicha juda ko'plab dasturiy qobiqlar, dasturlar, kurslarini boshqarish tizimlaridan foydalanib kelinmoqda. Quyidagi 1-rasmda xorij ta'lim muassasalarida masofali kurslarni yaratishda foydalanayotgan dastur tahlillari keltirilgan[16]: Ko'rinib turibdiki, masofali kurslarni ishlab chiqishda ko'p foydalanuvchilar Moodle - masofali o'qitishni boshqarish tizimini tanlagan. Biz ham "Hisoblash usullari" kursini yaratishda quyidagi tahlilarga asoslandik (1-jadval): 1-jadval Masofali kurslarni ishlab chiqish dasturlarining tahlili ATuto r Slaroli ne Dokeo s Moodle OL AT OpenAS S Sakai Reytingi 5 4 4 1 6 3 2 Foydalanuvchi lar soni 300 685 1000 45 mln 100 1000 5000 Tillarga tarjima qilinganligi 30 ta tilga 30 ta tilga 35 ta tilga 80 ta tilga 12 ta tilga YO'q lOta tilga Dasturiy ta'minoti Apach e, MySQ L, PHP Apach e, MySQ L, PHP Apach e, MySQ L, PHP Apache MySQ L, PHP Java SDK AOLSer verOrasl e, PostgreS QL MySQL , Orasle Platforma Windo ws, Linux, Unix, MasO S Windo ws, Linux, Unix, MasOS Windo ws, Linux, Unix, MasOS Windo ws, Linux, Unix, MasOS Linu x, Unix Window s, Linux, Unix, MasOS Windo ws, Linux, Unix, MasOS Foydalanuvchi lar soni chegaralanganl igi yo'q 20000 yo'q yo'q yo'q yo'q yo'q Bilimlarni nazorat qilish tizimi Test Test va mashql ar Test Test, topshiri qlar, semina r lar, forum va chatlar ning tashkil etilishi Test va tops hiriq Lar Test Test, topshiri qlar va foruml ar tashkil etish Moodle - kurslarni boshqarish tizimi, bundan tashqari, o'quv jarayonini boshqarish tizimi va virtual o'qitish maydoni nomlari bilan ham mashhur. Ochiq kodli GNU GPL lizentsiyasi asosida tarqatiluvchi on-line ta'lim jarayonini tashkil etuvchi saytlarni yaratish uchun Martin Dougiamas tomonidan yaratilgan maxsus dastur. Dunyo miqyosida 2011 yil dekabr xolatiga ushbu platformadan foydalanuvchi 72 177 ta saytlar ro'yxatdan o'tgan va tekshirilgan. Ulardagi jami kurslar soni 5.8 million va foydalanuvchilar soni 57 milliondan ortiqni (57.112.669) tashkil etadi[23]. Moodle - Modular Objest-Oriented Dynamis Learning Environment so'zlarining qiskartmasidan pay do bo'lgan so'z bo Tib, modullar ob'ektga yo'naltirilgan dinamik o'quv platformasi ma'nosini beradi. Moodle (modulli obyektga yo'naltirilgan dinamik o'quv muhiti) o'zida tizimning bir nechta sinflarini birlashtiradi:  Saytni boshqarish tizimi (CMS);  Ta'limni boshqarish tizimi (LMS);  Ta'limning virtual muhiti (VLE); Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng tarqalgan. Moodle tizimi SCORM 1.2 standartigi mos sertifikatga ega. Moodle - bu o'qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir. Uni ko'pincha e-learning tizimlarni o'qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o'qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham ataladi. Moodle - bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta'lim veb-saytlarini ishlab chiquvchi instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni o'qitishni ishlatish yotadi. Martin Dougiamas. Universitetni Computer Science va Education mutaxassisligi kursni tugatgandan keyin, u "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry" mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo'llash orqali ta'limni qo'llab - quwatlash platformasini yaratish g'oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi. Moodle keng tarqalgan WebCT va Blackboard tijorat e-learning platformalarining o'rnini bosish uchun emas, balki o'qitish imkoniyatlarini kengaytirish vositasi sifatida yaratilishi kerak edi. Ammo, Moodle arxitekturasi va bu platformaga qo'yilgan prinsiplar shunchalar omadli bo'ldiki, uni jahon hamjamiyati tan oldi [23]. Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua o'zining funksional imkoniyatlari, o'rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o'qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko'pgina talablarini qanoatlantiradi. Moodle masofaviy sohada o'qitish jarayonini to'la qo'llab-quwatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi - o'quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o'zlashtirish nazorati. Moodle da 15 tipli interaktiv o'quv materiallari ko'rib chiqilgan. Bu tiplarning har biri ko'plab imkoniyat va xususiyatlarga ega. SCORM yoki AICC standart paketlari. Bu o'quv materiallarini boshqa dasturlarda yaratishga ruxsat beradi. Wiki (Wiki) - qo'shiladigan, kengaytiriladigan va o'zgartiriladigan hujjat ustida hamkorlikda ishlashga ruxsat beradi. Anketalar - ixtiyoriy ko'rinishda ishlatish mumkin, masalan, kursni yaratishni optimallash uchun. Ma'lumotlar bazasi - formati va strukturasi cheklanmagan. Glossariy - kursning barcha hujjatlari bo'yicha havolalarni avtomatik tashkil qiladigan ta'riflar ro'yxati. Agar ta'rif glossariyga kiritilgan bo'lsa, u holda agar u kurs matnlarida uchrasa, havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatik ta'minlanadi. Topshiriq (4 tipli) - o'qituvchi javobni elektron ko'rinishda olish uchun ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).' Ma'ruza - har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo'lgan savol bilan tugaydigan sahifalar to'plami. Javobning to'g'riligiga bog'liq holda, talaba keyingi sahifaga o'tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi. Bu ta'lim yo'nalishini aniqlashni va o'qitiladigan fan tushunarsiz bo'lib qolmasligini ta'minlaydi. So'rovlar - talabalarning ovoz berishi. Sharh - kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika. Ish daftari - berilgan mavzu bo'yicha talaba fikrini bildiradigan joy. Resurs - avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan, ma'ruza audioyozuvini yuklashda u mediaproigrivatel sifatida tasvirlanadi. Seminar - qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq. Testlar - turli variantli testlar to'plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan, to'g'ri/noto'g'ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin. Forum - forumning 3 ko'rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o'z mavzusi, standart muzokara). Chat - real vaqtdagi muzokara. Materiallarning ba'zilari talaba va o'qituvchi hamkorligiga, ba'zilari esa talabalarning hamkorligiga asoslangan. Yana ko'plab qo'shimcha plaginlar va modullar mavjud. Hozirda Moodle tizimini dunyoning ulkan universitetlari o'qitish uchun ishlatishmoqda. Moodle MO'T dunyoning 200 davlatida 70 tildagi 2 mln. ga yaqin ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar, 46 ming ta'lim portallariga ega va 300 dan ziyod dasturchilarni birlashtiradi[30], Moodle GPL lisenziyasi ostida ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta'minot kabi tarqalmoqda[31 ]. Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o'zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikasiyalash uchun http://www.moodle.org manzil bo'yicha kirish mumkin. Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo'yicha qo'shimcha axborotlarni http://thinkingdistance.org/ manzil bo'yicha olish mumkin. "Moodle" so'zi - bu "Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment" so'zining abbreviaturasidir. Rus tilida "Мудл" va "Моодус" (Модулная объектно-ориентированная динамическая управляющая среда) nomlari ham qo'llaniladi [24]. Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware operasion tizimlarida va PHP ishlatilishi mumkin bo'lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham modifikasiyalarsiz qo'lanilishi mumkin. Ma'lumotlar MySQL va PostgreSQL ma'lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma'lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin. Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o'tishda qiyinchilik va yangilanishlar kelib chiqmaydi. Moodle MTT ning yangi versiyalarini http://www.moodle.org dan olish mumkin. 2.2. Moodle tizimini o'rnatish Kurs qatnashchilari (o'qituvchilar ham, talabalar ham) saytning ro'yxatga olingan foydalanuvchilari bo'lishi kerak. Moodle tizimi foydalanuvchilarni ro'yxatga olishning bir necha usullarini qo'llashga ruxsat beradi: elektron pochta bo'yicha tasdiqdan o'tkazish bilan o'z - o'zini ro'yxatdan o'tkazish (jimlik qoidasiga ko'ra amalga oshiriladi), administrator orqali ro'yxatdan o'tish, LDAP ni qo'llash[23], Kursni o'rnatish kursni sozlashni to'liq aniqlaydi. O'rnatishga o'tish uchun Boshqarish blokida O'rnatish havolasini bosing: Редактировать ^'j Установки IjJ^ Назначить роли Оценки Группы pfl Резервное копирование Восстановить Импорт Чистка J Отчеты Вопросы • j 1 Файлы [ДП Исключить из КТТ ПЕЛ О пользователе Quyida kursni o'rnatislining barcha maydonlari keltirilgan: To'liq ism - kursingizning nomi. Saytning barcha kurslari ro'yxatida giperhavola ko'rinishida tasvirlanadi. Qisqa ism - Moodle ning ko'pgina joylarida kursingizning bosh sahifasiga tez o'tadigan havolani shakllantirishda ishlatiladi. U bitta qisqa so'zdan tashkil topishi kerak, abbreviaturani ishlatish mumkin. Quyi chiziq beligilari bilan birlashtirilgan so'zlar kombinasiyasini ishlatish mumkin. Bu kirillisa ham, lotin yozuvida ham yozilishi mumkin. Turli xil maxsus belgilarni ishlatishga ruxsat berilmaydi. Kursning individual nomeri - tashqi tizimlarda ishlatilishi kerak bo'lgan kurs nomeri. U hyech qachon Moodle da tasvirlanmaydi. Bu maydonni bo'sh qoldiring. Qisqa tavsif - bu sizning kursingizni e'lon qiladigan qisqacha xulosa. Format - tavsiya etiladigan qiymat - "format-struktura". Kursda o'rganiladigan materiallar hafta bo'yicha aniq belgilangan hollarda Formatkalendarni ishlatish tavsiya etiladi. Haftalar yoki mavzular soni - kurs sahifalarida mavjud bo'lgan hafta yoki mavzular sonini tasvirlaydi (maksimal qiymat - 52, jimlik qoidasiga ko'ra 10 qiymati o'rnatiladi). Kursning boshlanish sanasi - agar "format-kalendar"ni ishlatsangiz, u holda birinchi hafta bloki bu yerda o'rnatilgan sana bilan beriladi. Ro'yxatdan o'tishning tizimli fayllaridan tashqari, boshqa formatlariga maydon o'z ta'sirini ko'rsatmaydi. Yashirin seksiyalarni tasvirlash - bu sozlash kursning yashirin seksiyalarini talabalarga qanday tasvirda ko'rsatishga ruxsat beradi. Jimlik qoidasiga ko'ra, yashirin seksiya qayerda joylashganini ko'rsatish uchun kichik soha ko'rsatiladi (yoyilgan ko'rinishda kulrang bilan). Bunday seksiyaning tarkibi talabalarga ko'rinmaydi. Bu rejimni o'tgan va kelayotgan haftalar soni aniq ko'rinishi uchun Format-kalendarda ishlatish foydali. Agar yashirin seksiyalar "to'liq ko'rinmas" (tavsiya etiladigan qiymat) deb tanlangan bo'lsa, u holda talabalar uning mavjudligini bilmaydilar. Yangiliklar - bu parametr kursning bosh sahifasida yangiliklar forumidan nechta mavzular kelishini o'rnatadi. Agar siz "O yangiliklar" qiymatini qo'ysangiz, u holda yangiliklar bloki ko'rsatilmaydi. Baholarni ko'rsatish - bu sozlash talabalar o'zlarining baholarini ko'rishini yoki ko'rmasligini aniqlaydi. Jimlik qoidasiga ko'ra, "Ha" (tavsiya etilgan qiymat) o'rnatilgan, shuning uchun talaba o'zining bahosini ko'rishi mumkin. Agar "Yo'q" o'rnatilgan bo'lsa, bu holda talabalar o'zining bahosini ko'rmaydi. Bajaradigan ishi haqida hisobotni ko'rsatish - agar "Ha" bo'lsa, u holda har bir qatnashchi o'zi bajaradigan ishi haqida hisobotni ko'rsatishi mumkin va u natijani berilgan kursda tasvirlaydi. Uning bajargan ishi foydalanuvchi ish faoliyatining to'liq ro'yxatidan iborat bo'lishi mumkin. Tavsiya etiladigan qiymat - "Yo'q", bu qiymat ularni yaratish jarayonida serverga yuklanadigan vazifalardan kelib chiqadi . O'qituvchi har doim talabaning shaxsiy axboroti sahifasidan har bir talabaning hisobotiga kirishi mumkin. Yuklanadigan faylning maksimal o'lchami - bu o'rnatish kursda yuklanishi mumkin bo'lgan fayllarning maksimal o'lchamini aniqlaydi. Majburiy mavzular - o'qituvchi saytda ruxsat etilgan kurs mavzusini (rasmiylashtirilgan variant) majburiy berishi mumkin. Tavsiya etiladigan qiymat - "Ixtiyoriy". Agar administrator turli mavzularni ishlatishga ruxsat bermagan bo'lsa, bu parametr bo'lmasligi mumkin. Ro'yxatdan o'tishga ruxsat berilgan - shu kursga talabalarni yozish (ro'yxatdan o'tkazish) ga ruxsat etilganmi yoki yo'q ekanligini aniqlaydi. Uchinchi variant sifatida sananing aniq diapazonida ro'yxatdan o'tish hisoblanadi. Tavsiya etiladigan qiymat - "Ha". Boshlanish sanasi - talabalarni ro'yxatdan o'tkazishni boshlash sanasi. "Man etish" qiymatini o'rnatish tavsiya etiladi. Oxirgi sana - talabalarni ro'yxatdan o'tkazishni tugatish sanasi. "Man etish" qiymatini o'rnatish tavsiya etiladi. Ta'lim davomiyligi - 1 dan 356 kungacha qiymatlarni o'rnatish mumkin. Tavsiya etiladigan qiymat - "chegaralanmagan". Ro'yxatdan o'tish tugaganini bildirish Bildirish - qiymatni jimlik qoidasiga ko'ra qoldirish kerak! Talabalarga bildirish - qiymatni jimlik qoidasiga ko'ra qoldirish kerak! Me'yor - qiymatni jimlik qoidasiga ko'ra qoldirish kerak! Guruhli rejim - siz uchta guruhli rejimlardan birini tanlashingiz mumkin: Guruhlar yo'q - talabalar guruhlarga bo'linmaydi, ular bitta katta jamoa hisoblanadi. Alohida guruhlar - har bir guruh talabasiga o'zining guruhi yagona hisoblanadi, ularga boshqa guruhlar ko'rinmaydi. Ruxsat etilgan guruhlar - har bir guruh talabalari faqat o'zining guruhi chegarasida faoliyat yuritadi, ammo boshqa guruhlar ishini ko'rishi mumkin. Kurs darajasida aniqlangan, guruhli rejim, kursda yaratiladigan barcha elementlar uchun jimlik qoidasiga ko'ra rejim hisoblanadi. Majburiy ravishda - guruhli rejimni o'z ichiga oluvchi kursning har bir elementi uchun o'ziga tegishli guruhli rejimni ko'rsatishi mumkin. Agar kurs uchun "majburiy guruhli rejim" o'rnatilgan bo'lsa, u holda kursning ixtiyoriy elementida guruhli rejimni o'rnatish tashlab yuboriladi. Tushunarlilik - bu sozlash sizga kursni talabalardan to'liq "yashirish"ga imkon beradi. Kurs joriy kurs o'qituvchisi va administratoriga tegishli bo'lgan katalog va ro'yxatlardan tashqari, bironta katalog va ro'yxatda tasvirlanmaydi. Hatto agarda talabalar to'g'ridan - to'g'ri URL-manzil bo'yicha kirishga ruxsat olmoqchi bo'lsa ham, ularning kirishiga ruxsat berilmaydi. Kodli so'z - kodli so'z (parol) kursingizga begona kishilarning kirishiga ruxsat bermaydi. Bo'sh maydon saytning ixtiyoriy foydalanuvchisi kursingizga yozilishi mumkinligini bildiradi. Agar siz shu maydonga so'z yoki jumla kiritsangiz, u holda har bir talaba kursga yozilishi uchun shu so'zni maydonga yozishi kerak bo'ladi. Siz talabalarga kalit so'z haqida e-mail orqali yoki o'zaro suhbatda, masalan, ma'ruzada xabar berishingiz mumkin. Agar ma'qui bo'lmagan talabalar kodli so'zni topib, kursga yozilgan bo'lsa, qatnashchilar ro'yxatidan foydalanib, ularni kursdan o'chirishingiz mumkin. Keyin kodli so'zni o'zgartiring: bu kursga yozilgan talabalarga hyech qanday ta'siri yo'q. Mehmon uchun ruxsatli kirish - tavsiya etiladigan qiymat - "Mehmonga ruxsat yo'q". Siz kursga mehmon kirishiga ruxsat berishingiz mumkin. Bunday holda Internetning ixtiyoriy foydalanuvchisi identifikasiya sahifasidagi "Mehmon bo'lib kirmoq" tugmasini bosib, kursga kirishi mumkin. Mehmon har doim "faqat o'qish uchun" ruxsatiga ega, ya'ni u bironta xabar tashlashi yoki talaba ishiga aralashishi mumkin emas. Mehmon uchun ruxsatli kirish - bu kursni hamkasblaringizga ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat. U yana kursni talabalarning kursga yozilishi uchun kerakliligini tekshirish sifatida ishlatish uchun ham muhim. Narxi - maydonni bo'sh qoldiring! Majburiy til - tavsiya etiladigan qiymat - "majbur qilinmaydigan". Bu holda har talaba o'zi uchun interfeys tilini tanlashi mumkin [25]. 2.3. Kurs formatlari Endi Moodle kursida ishlatiladigan formatlar bilan tanishamiz: Format-kalendar - kurs materiallari bo'limlarning boshlanish va oxirgi sanasi bo'yicha tashkillashtirilgan. Kurs sig'imi bir hafta bo'lgan bo'limlardan (seksiyalardan) iborat. Har bir bo'limga bir hafta ichida o'rganish uchun resurslar, forumlar, nazorat testlari va b. larni qo'shishingiz mumkin. Bo'limlarning maksimal soni - 52. Format-struktura - har bir "haftani" mavzu deb atashdan tashqari, har haftalik formatga o'xshashdir. Mavzu muddat bilan chegaralanmaydi. Siz format- strukturani qo'llab, kursni yaratayotgan vaqtda o'zingizning kursingizda mavzular sonini ko'rsatishingiz kerak. Moodle har bir mavzu uchun bo'lim (seksiya) yaratadi. Bo'limlarning maksimal soni - 52. Format-forum - kurs bosh sahifada tasvirlangan bitta sosial forum ко' rinishida tashkillashtiriladi. Bu bizning nazarimizda o'quv kursi emas. U fakultet yoki kafedraning e'lonlar doskasi ko'rinishida tasvirlanishi mumkin. LAMS formati (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun). LAMS - O'qitishni Boshqarish Tizimi - ochiq LAMS hisoblanadi. LAMS Moodle kursi sohasida LAMS imkoniyatlaridan o'qituvchilar foydalanishi uchun Moodle bilan birlashtirilgan. LAMS kurs formatini ishlatishda administrator bilan maslahatlashing. Juda kam korxonalar LAMS ni ishlatadi, chunki u Moodle ning ko'pgina fimksional imkoniyatlarini takrorlaydi. SCORM formati (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun). SCORM o'quv materiallarini yaratishning mustaqil standard hisoblanadi. SCORM paketlari - o'quv kontentlari va Java Script ssenariylarining mustaqil bloklari bo'lib, ular Moodle ga talabaning bahosi va kursning o'tishi haqidagi ma'lumotlarni jo'natishi mumkin. Format-kalendar (CSS/jadvallarsiz) (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun) - format-kalendar ga xos, ammo kontentni tasvirlash uchun jadvallar ishlatilmaydi. Bu formatning tushunarliligini oshiradi, ammo eski brauzerlarda uni tasvirlashda muammolar mavjud. Format-sahifa (nostandartli) - bu format Moodle kursining "Kitob" elementi formatiga juda ham o'xshash. Kurs formati blok va bo'limlarni 3 ustun bo'yicha joylashtiradigan mavzular va kurs bo'yicha navigasiyani, resurslarni, forumlarni, topshiriqlarni va b.larni tasvirlashni ta'minlaydigan menyu modullaridan iborat [27]. 2.4. Bloklar bilan ishlash Bloklar - bu umumiy belgilar bo'yicha birlashtirilgan, kurs bilan ishlaydigan havola va boshqa vositalarning soha bilan chegaralangan guruhidir. Bloklarni sahifa chetlaridagi ustunlarga joylashtirish, talabalarga ko'rsatish yoki ulardan yashirish yo to'liq o'chirish mumkin. Bloklarning bir qismi kursga jimlik qoidasiga ko'ra o'rnatiladi: Qatnashuvchilar. Havola kursning barcha qatnashchilari ro'yxatiga olib keladi. Qatnashchi familiyasiga bosish orqali u haqida to'liq ma'lumotni olishingiz mumkin. Forum bo'yicha izlash. Kurs forumlari bo'yicha to'liq matnli izlashni amalga oshiradi. Kengaytirilgan izlash funksiyasi mavjud. Boshqaruv. Kursni boshqarish uchun mo'ljallangan. Aniq ishlarga tez o'tishni ta'minlaydi. Mening kurslarim. Blokda foydalanuvchi (o'qituvchi yoki talaba rolida ishtirok etuvchi) kurs qatnashchisi hisoblanadigan saytning barcha kurslari tasvirlanadi. Yangiliklar forumi. Blok orqali kursning yangiliklar forumidagi oxirgi xabarlarga murojaat qilish mumkin. Talaba uning yordamida berilgan xabarni ochishi, o'qituvchi esa yangi mavzuni qo'shishi mumkin. Kelayotgan hodisalar. Blokda kursda yaqin vaqtlarga rejalashtirilgan hodisalar (ularning sanasi va vaqti) tasvirlanadi. Havolalar kursda bajarish uchun bu topshiriqlarni ochishga ruxsat beradi. Tasvirlanadigan havolalar soni Kalendar blokida foydalanuvchi tomonidan quriladi. Oxirgi harakatlar. Blokda foydalanuvchi kursga oxirgi kirishiidan keyin amalga oshiriladigan o'zgarishlarni tasvirlaydi, masalan, yangi resurslar va topshiriqlarni qo'shish yoki topshiriqlarga qo'yilgan mavjud savollarni yangilash kabilar. Havolalar berilgan resurslarga olib keladi. Blok talabalar uchun foydali, ya'ni ular kursdagi barcha o'zgarishlarni darrov ko'rishadi. Kursning elementlari. Kurs elementlarining barcha tiplari ro'yxati chiqariladi. Havolani bosganda, shu tipdagi kursning barcha materiallari chiqariladi, masalan, barcha forumlar, barcha testlar yoki barcha resurslar. Global Search. Sayt bo'yicha global izlash. Kalendar. Kalendarda sayt hodisalari, guruhli hodisalar va foydalanuvchining o'ziga tegishli eslatmalari tasvirlanadi. Foydalanuvchi zarur hollarda o'zini qiziqtirmaydigan hodisalarni yashirishi mumkin. HTML. Ixtiyoriy to'ldirilgan HTML ni blokka qo'yish mumkin. HTML ixtiyoriy formatlashni qo'llab quwatlaydi, xususan tasvirlarni, flash- animasiyalarni qo'yish kabilarni. Blog menyusi. Blok bloglar tizimiga murojaatni o'z ichiga oladi. Xabarlar bilan almashish. Moodle ichki pochtasida javob berilmagan xabarlarga havola qo'yish tasvirlanadi. Havolaga bosish orqali shu foydalanuvchidan olingan xabarlar tarixi ochiladi. Kursni yoritish. Blokda Kursni o'rnatishning Qisqacha tavsifi maydoniga kiritilgan axborot tasvirlanadi. HTML ni to'liq formatlash, shu jumladan tasvirlarni formatlash qo'llaniladi. Vasiylar. Eksperemental blok, ishlatish man etiladi. Qarz hisobi. Qarzlar hajmlari, to'lovlar o'lchami, qarzlar muddati, foizli stavka va qarzlarni uzish chastotasi orasidagi bog'liqliklarni hisoblashga ruxsat beradi. Saytning (kursning) foydalanuvchilari. Blokda oxirgi 5 minutda tashrif buyurgan kurs qatnashchilari ko'rsatilgan. Havolani bosib, siz foydalanuvchiga xat yozishingiz yoki xabar yuborishingiz mumkin. Bo'limlarga havolalar. Blokda kursning bo'limlariga havolalar tasvirlanadi. Agar sizda bo'limlar soni kam bo'lsa, unga ehtiyoj yo'q. Test natijalari. Blok kurs testlaridan birining natijasini tasvirlaydi. Blokni ishlatish uchun tahrirlash rejimida quyidagilarni sozlash kerak:  matnni tanlash;  nechta yaxshi va yomon baholar olinganini ko'rsatish;  talabalar ismini ko'rsatish va b. Glossariyning tasodifiy yozuvi. Blokda kursning tanlangan glossariysidan tasodifiy yozuvi ko'rsatiladi. Blogning kalit so'zlari. Blokda blogning kalit so'zlari keltiriladi. Havolalar berilgan so'zlar kalit so'z sifatida ishlatiladigan blogning yozuvlariga yo'naltiriladi. Agar saytda blog bo'lsa, uni ishlatish lozim hisoblanadi. Uzoqlashtirilgan RSS jo'natmalar. Saytda doimo yangilanib turadigan RSSjo'natmalarni o'z ichiga oluvchi, tashqi manbalardan yangiliklar lentasini joylashtirishga ruxsat beradi. Gipperhavolalar sayt-manbalarga olib keladi. Blok internet-texnologiyali sozlashlarni talab etadi [27]. 2.5. Moodle da mavzuni rasmiylashtirish Moodle tizimi mavzuni rasmiylashtirish kabi saytni rasmiylashtirishning turli variantlari to'plamini qo'llaydi. Rasmiylashtirish mavzulari o'z ichiga saytning ranglar gammasini, piktogrammalar ko'rinishini, qo'llaniladigan shriftlar va b. larni oladi. Sayt uchun mavzularni rasmiylashtirish ro'yxati va mavzularni tanlash administrator tomonidan beriladi. Administrator o'qituvchilarga kurs uchun saytda ruxsat berilgan ro'yxatdan mavzularni ishlatishga ruxsat beradi. O'qituvchi kurs sozlashda o'zining kursi uchun lozim mavzuni berishi mumkin. Kurs mavzulari barcha boshqa mavzularni (sayt va foydalanuvchini) tanlashni aniqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. Марчук Н.Ю. Психолого-педагогические особенности дистанционного
обучения // Педагогическое образование в России. - 2013. - №4.
2. Куфлей О.В., Дмитриенко И.А. Внедрение электронного обучения как системного фактора развития образования. Ксла.кг. [Электронный ресурс]. URL: http://ksla.kg/upload/file/vestnik/vestnik_2014_2/90-94.pdf.
3. Taylakov, Norbek Isakulovich, and Fotima Urazalievna Anarbaeva. "Pedagogical Features Of Moodle Platform." The American Journal of Applied sciences 2.07 (2020): 104-107.
4. Anarbayeva, F. U. (2021). ELEKTRON TA’LIM METODIKASINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1022-1027.
5. Anarbaeva, F. (2021). THE IMPORTANCE OF ELECTRONIC EDUCATION METHODOLOGY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(06), 127-130.
6. A.X. Maxmudov Zamonaviy ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni // Academic research in educational sciences. 2021. №NUU Conference 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zamonaviy-talimni-rivozhlantirishda-ra-amli-tehnologiyalarning-rni
Yüklə 165,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin