Kirish i-bob. Uzumning xalq xo’jaligidagi ahamiyati



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/9
tarix15.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#84437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi 4.4


Mundarija

Kirish………………………………………………………………………………….


I-BOB. UZUMNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI…………….
1.1. Uzumning kelib chiqish tarixi……………………………………………….
1.2. Uzumning kimyoviy tuzilishi………………………………………………..
II-BOB.UZUMNI NAVLARI VA UNI YIG’IB TERIB OLISH…………….
2.1. Uzumning navlari…………………………………………………………….
2.3. Uzumni yetishtirish va yig’ishtirib olish……………………………………..
III-BOB SOVUTGICHLI OMOBORDA SIG'IMIGA MOS XOLDA 70 TONNA UZUMNI JOYLASHTIRISH UCHUN TALAB QILINADIGAN QADOQLASH MATERIALLARINI TURI VA MIQDORINI HISOBLASH ……………………………………………………………………….….
3.1. Sovutgichli omborlar va ularning turlari………………………..
3.2. 70 tonna uzumni qadoqlash uchun materiallari turi va miqdorini xisoblash ………………………………………………………………………………
Xulosa……………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………
Kirish
Aҳolining oziq-ovqat maҳsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo’lgan eҳtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash ҳamda uni uzluksiz kupaytirib borish davr talabidir. Ayniqsa, bu borada meva-uzum, kartoshka, sabzavot va poliz maҳsulotlarini saqlash va qayta ishlashga aloҳida e’tibor berish lozim. Maҳsulot yetishtirish ortib borgai sari, uni saqlash va qayta ishlash usullari ҳam takomillashib, yangi zamonaviy omborxona va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oziq-ovqat maҳsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida qarorida Respublika aҳolisining oziq-ovqat maљsulotlariga bo’lgan eљtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiҳarilgan oziq-ovqat maҳsulotlari bilan bekamu-ko’st to’ldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jiҳozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko’proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish takidlangan.
Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida mamlakatni modernizasmya kilishning prinsipial aҳamiyatga ega bo’lgan asosiy yo’nalishlariga yana bir bor e’tibor qaratib o’tdilar.
Qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorva maҳsulotlarini qayta ishlash bo’yicha zamonaviy texnika ҳamda texnologiyalar bilan jiҳozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bu borada vazifa keng miqyosda qo’yilmoqda – ya’ni, qishloq xo’jalik maҳsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish ҳisobidan qishloqda ixcham texnologiyalar bilan jiҳozlangan yangi, zamonaviy qayta ishlash korxonalarini shakllantirish va ularning keng ko’lamda faoliyat yuritishi uchun ҳar tomonlama mustaҳkam xomashyo bazasini tashkil etish zarur.
Ma’lumki meva va sabzavot maҳsulotlarini asosiy qismini yetishtirish baҳor, yoz va kuz oylariga tug’ri kelib, ularni pishib yetilish muddatlariga qarab saqlash va qayta ishlash oqiloni tashkil etilmas ekan, aҳolini turli shifobaxsh moddalarga boy maҳsulotlar bilan ta’minlab bulmaydi.
Uzumchilik oldida turgan yana bir dolzarb masala - bu uzumchilik va vinochilikni serdaromad va yuksak rentabelligini ta’minlovchi ta’sirchan va samarali vositalarini ishlab chiqishdir. Aktual masalalar qatoriga yana mavjud navlarni takomillashtirish, ularni sovuqqa, kasalliklarga chidamli ҳosili mo’l va sifatli yangi navlar bilan to’ldirish; ko’chat yetishtirish, tok o’stirish, ekologik toza ҳosil olish, uni qayta ishlashning yangi texnologiyasini ishlab chiqish kiradi, xamda ekologik muommolarni yechishda kam miqdorli toksik elementlarni aniqlash usullariga katta e’tibor berilmoqda.Qishloq xujalik maxsulotlari va undan qayta ishlangan maxsulotlar tarkibidagi elementlarni aniqlashda turli fizik kimyoviy usullar qullaniladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin