Монография toshkent «malik print co»



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə3/34
tarix20.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#164409
növüМонография
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Yogoch qurilish konstruktsiyalari va yogoch qipiqli plitalarning

KIRISH


Bugungi kunda iste’molchilar tamoyili, aniqrog‘i, uning rivoj- lanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan jamiyat hayotining tabiiy va moddiy zaxiralari mohiyatan tugatilayotgani aniq. Hozirgi asrda insonning faol faoliyatidan kelib chiqadigan biosferadagi o‘zgarish- lar (Yer yuzasi haroratining ko‘tarilishi, suv, havo va tuproqning global ifloslanishi, sayyoramizning cho‘llanishi, Jahon okeani- ning ifloslanishi, ozon qatlamining yo‘q qilinishi) endi hammaga ma’lum. Shu sababli, tabiatni boshqarish bo‘yicha zamonaviy kon- sepsiyalar insonning tabiat bilan o‘zaro ta’siri sharoitlarini uyg‘un optimallashtirish tamoyillariga asoslangan bo‘lishi kerak. . Hozirgi kunda jahonda yog‘och, sellyuloza va boshqa tabiiy, sintetik poli- merlar asosida ekologik xavfsiz, eng muhimi olovbardosh qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari qurilishda muhim o‘rinni egallamoqda. Yog‘och qurilish konstruk- siya va materiallari uchun samarador olovbardosh tarkiblarini yarat- ish, tuzilishining o‘ziga xos amaliy jihatlarini tadqiq etish va ularni respublikamiz iqtisodiyotining turli soxalarida qo‘llash borasidagi tadqiqotlar muhim o‘rin egallamoqda. Yog‘och qurilish konstruk- siya va materiallari uchun olovbardosh tarkiblarni yaratish tizimi yog‘ochga har xil alangaga chidamli guruxlar va to‘ldirgichlar qo‘shish imkonini beradi. Ayniqsa olovbardoshligi yuqori qo‘shim- chalarning yangi turlarini yaratish, ularni alangaga va issiqqa chid- amli yog‘och qurilish materiallarini ishlab chiqarishga joriy etish- ning energiya- va resurs-tejamkorligini ta’minlash, yog‘och materia- lining suv va biologik parchalanishga chidamlilik xossasi, termik barqarorligi, ekspluatatsiya sharoitlariga bardoshliligi, texnologik kabi xossalarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlarida yuqori fizik-mexanik va texnologik xossalarga ega olovbardosh yog‘och materiallarining tarkiblarini optimallashtirish, ularni ishlab chiqa- rish texnologiyalarini yaratishga keng e’tibor qaratilmoqda. Yog‘och konstruksiyalari uchun polimer tarkibli olovbardosh tarkiblarning fizik-kimyoviy xossalari, termik barqarorligi, suv va biologik unsur- larga qarshiligi va ekspluatatsion xossalarini yaxshilash maqsadida ularning tarkibiga olovga va issiqga bardosh to‘ldirgichlar qo‘shish,
faol gurux komponentlarini kimyoviy bog‘lanishini o‘rganish, olovbardoshlik va termik parchalanish jarayonini maqsadli boshqa- rish, yuqori mustahkamlikka, termik barqarorlikka erishishni ta’min- lash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Respublikamizda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, ta- biiy xom ashyo materiallarini iqtisod qilish va maxalliy xom ashyolar- dan ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beruvchi resurs- va energiyatejamkor yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruk- siyalarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha keng massht- abli chora-tadbirlar qabul qilingan. 2017-2021 yillarda O‘zbekis- ton Respublikasini rivojlantirish strategiya-sida, xususan “...milliy iqtisodiyotda raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini pasaytirish, energiyatejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tadbiq etish...”1 vazifalari alohida ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur vazifalarni bajarish, shu jumladan mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan olovbardosh, termik va biologik mustax- kam to‘ldirgich va qo‘shimchalardan ishlab chiqarishda foydalanib, olovbardosh qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish tex- nologiyasini yaratish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Monografiyani nashr etishdan maqsad potensial foydalanuvchilar- ni yog‘och chiqindilarini qayta ishlashning batafsil asosiy jihatlari bilan tanishtirishdir. Ushbu monografiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, yog‘ochni qayta ishlash sanoatida chiqindilarni qayta ish- lashning texnologik asoslari taqdimotida rasmiylashtirishga mos tex- nologik jarayonlarni tavsiflovchi matematik modellar muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2016 yil 28 sentabrdagi PQ-2615-sonli “2016-2020 yillarda qurilish indust- riyasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi, 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi





1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947 - сонли “Ўзбекистон Республикаси янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони.
Qarorlari shuningdek, bu sohada qabul qilingan boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.{1.2}
O‘zbekiston Respublikasi va xorijda keyingi yillarda qurilish ma- teriallari sohasida bir qator olimlar tomonidan olovbardosh yog‘och qurilish konstruksiyalari va materiallarining strukturasi va xossa- larini shakllanishining umumiy qonuniyatlari aniqlangan hamda texnologiyasining asoslari ishlab chiqilgan. Olovbardosh yog‘och qurilish konstruksiya va materiallarining tarkiblari va texnologiyala- rini yaratish bo‘yicha xorijiy olimlar A.A. Berlin, N.S. Yenikolopov,
N.M. Emmanuel, G.Ye. Zaikov, N.A. Xalturinskiy, Z.A. Rogovin,
K.S. Minsker, B.E. Geller, N.N. Ksandopulo, V.I. Kodolov, I.V. Lya- punov, V.I. Lalayan, Z. Villard, S. Vondra, T. Ueda, Ye. Imamura, V. Fenimor, S. Choy va boshqalar shug‘ullanib, ushbu masalalarni hal qilishga katta hissa qo‘shganlar.
Yurtimiz olimlari olovbardosh yog‘och qurilish va polimer kom- pozitsion materiallarning tarkibini ishlab chiqish, struktura va xossa- larini yaxshilash, ishlab chiqarish texnologiyalarining samarador- ligini oshirish masalalarini o‘rganishda bir qator tadqiqotlar olib borganlar. Ushbu soha X.U. Usmonov, S.S. Nigmatov, A.T. Jalilov, G‘.R. Raxmonberdiev, M.M. Sodiqov, F.X. Sultonov, F.A. Magru- pov, N.A. Samigov, S.A.Xodjaev, B.A. Muhamedgaliev, F.X. Nurqu- lov, M.U. Karimov, Z.M Sattorov va boshqalarning turli yillarda olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra rivoj topdi.
Yog‘och va yog‘och qurilish materiallarini olovbardoshligini oshi- rishda ishlatiladigan o‘tga chidamli qo‘shimcha tarkibiga turli xil fos- for, azot, surma kabi faol guruxlarni qo‘shib, qurilish materialining sirtqi qatlamining olovbardoshlik xossalarini yaxshilash mumkinligi, bundan tashqari olovbardosh tarkibni suyuq xolda yog‘och qurilish konstruksiyalari va materiallariga shimdirish yo‘li bilan olovbardosh- ligini oshirish imkonini mavjudligi avvalgi tadqiqotlardan ma’lum. Biroq, Respublikamizda yog‘och qurilish konstruksiyalari va mate- riallari uchun polimer tabiatli samarali olovbardosh tarkiblarini ish- lab chiqarishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda, jumladan «yog‘och qurilish materiali – olovbardosh tarkib – qo‘shimcha» tizimida ta- biiy polimer xisoblanadigan yog‘ochning strukturasini shakllanishi, olovbardosh tarkib va fal qo‘shimcha asosida olovbardoshlik xossa-
si yuqori, suv, biologik va termik barqaror qurilish materialini olish texnologiyasini takomillashtirish masalalari yetarli darajada o‘rganil- maganligini va yanada kengroq tadqiq qilishni talab etilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Noosfera haqidagi ta’limot zarur tarkibiy qism sifatida hayot xavfsizligi masalalarini o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra, monografi- yada odamning atrof-muhit bilan (tabiiy, sanoat, maishiy) xavfsiz o‘zaro aloqasi mavzusi odamni favqulodda vaziyatlarda yuzaga ke- ladigan salbiy omillardan, masalan, yong‘inlardan va yonishdan hi- moya qilish muammosini hal qilish bilan birlashtirilgan bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Turmush yoki hayotiy faoliyat sharoitlari jamiyatni tashqi tartib- ga solish tizimini - davlat tomonidan himoya qilinadigan huquqlar- ning ekologik normalari tizimini yaratishga majbur qiladi. Ushbu masalalar “Yong‘inga chidamli yog‘och materiallarning yong‘inga qarshi sinovlari” bo‘limida batafsil bayon etilgan.
Qattiq maishiy chiqindilar va ularni yo‘q qilish muammolari- ni hal qilish dunyo hamjamiyati uchun dolzarbdir, chunki Yerning umumiy quruqlik maydoni 149,1 million km2 ni tashkil etadi, shun- dan 133 million km2 odam yashash uchun mosdir.
Litosfera ifloslanishining asosiy turlari - qattiq maishiy va ish- lab chiqarish chiqindilari. Shaharda har bir aholi uchun ya’ni ki- shi boshiga o‘rtacha 1 tonna qattiq chiqindilar to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich yil sayin oshib bormoqda.
Odamlarning sanoat faoliyati natijasida tuproqning ifloslanishi yuzaga keladi, bu esa qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning yo‘q qilinishiga olib keladi. Sanoat chiqindilarining asosiy turlari - issiqlik elektr stansiyalari va metallurgiya zavodlarining shlaklari, tog‘-kon korxonalari va ruda boyitish zavodlarining tosh uyumlari, qurilish chiqindilari va boshqalar. Maxsus guruhga tuproqning mikroorga- nizmlar va o‘simliklarning ildiz tizimiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan tuproqning neft mahsulotlari va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi kiradi.
Chiqindilarni qayta ishlash uchun kombinatsiyalangan sanoat (bir- lashtirilgan ishlab chiqarishlar) va alohida texnologik qurilmalarni qurish, ayniqsa, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalar- iga ehtiyoj katta bo‘lgan sanoat zonalarida maqsadga muvofiqdir.
Masalan, metallurgiya shlaklari asosida oynani katalizlangan kristal- lanish usuli bilan shlakli shisha keramika olinadi. Shlakli kerami- kalarning yuqori fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xususiyatlari, avvalambor, ularning eskirishga qarshi bardoshliligi va kimyoviy qarshiligi, dekorativlik bilan birgalikda ularni eng qimmatbaho qu- rilish materialiga aylantiradi.
So‘nggi paytlarda ichki bozorda tezda barqaror mavqega ega bo‘lgan yangi yong‘indan himoya qiluvchi birikmalar paydo bo‘ldi, xorijiy ishlab chiqarishning yong‘indan himoya qiluvchi aralashma- lari soni sezilarli darajada oshdi, yog‘ochni yong‘indan himoya qi- lish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yangi tashkilotlarning katta qis- mi ro‘yxatga olindi. Qurilish maydonlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘indan himoya qiluvchi birikmalarni sertifikatlash va ularni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash sohasida normativ tartibga solishni ishlab chiqishda ma’lum yutuqlarga erishildi.
Yuqoridagi barcha yutuqlar va o‘zgarishlar ushbu monografi- yada aks ettirilgan. Asosiy qism me’yoriy talablarni o‘z ichiga olgan bo‘limlarni va ishlab chiqarish, sinov usullari, yog‘och va unga asoslangan materiallar uchun yong‘inga qarshi birikmalardan foydalanish bilan bog‘liq umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi vazirli- gi huzuridagi Yong‘in xavfsizligi instituti tomonidan tavsiya etil- gan yong‘indan himoya qilish ishlari sifatini baholash metodikasi, shuningdek yong‘indan himoya qiluvchi birikmalarni ishlab chiqa- rish va ulardan foydalanish bo‘yicha texnik hujjatlarga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.
Muallif, O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirli- gi vazirligi huzuridagi Yong‘in xavfsizligi instituti kaf mudiri t.f.n dos I.I Siddiqov. Toshkent arxitetura qurilish instituti,k.f.d., profes- sori B.A Muhamedgaliev va t.f.n professori Z.M Sattorovga ushbu monografiyani tayyorlashda hisobga olingan mulohazalari va tak- liflari uchun o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin