Монография toshkent «malik print co»


BOB. ISHLATILGAN MATERIALLAR VA TADQIQOT USULLARI



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə8/34
tarix20.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#164409
növüМонография
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Yogoch qurilish konstruktsiyalari va yogoch qipiqli plitalarning

BOB. ISHLATILGAN MATERIALLAR VA TADQIQOT USULLARI





d

n
Tadqiqotda ishlarida yangi tozalangan reagentlar va erituvchilar ishlatildi. Ularning tozaligi nurni sindirish ko‘rsatkichi (n 20), zichlik (d 20) va qaynash xarorati (T,oS) [64; 244 b, 66; 614 b, 72; 242-263,
73; 240 b, 74; 360 b, 77; 164 b ] ko‘rsatkichlari bilan nazorat qilin- di.
    1. Qo‘llanilgan xom ashyo, modda va materiallar





    1. Yog‘och qurilish konstruksiyalari - to‘sin, storopila, reyka, laga.

    2. Maydalangan yog‘och qipiqlari, tolalari (texnik maxsulot).

    3. Maydalangan g‘o‘za poya.

    4. Epoksid smolasi markasi ED-20 (GOST 10582-76), texnik mahsulot.

    5. Polietilenpoliamin (PEPA) (TU MXP-2538-55) - texnik mah- sulot.

    6. Karbamid-formaldegid smolasi (KF-MT, GOST 9359-60) - bu texnik mahsulot.

    7. RS13- fosfor trixlorid. (GOST 4670-77). Texnik mahsulot.

    8. “Maksam-Ammofos” OAJ tarkibidagi fosforli azotli chiqindi- lar kulrang mahsulot bo‘lib, uzoq muddatli saqlash davomida o‘ziga xos hidga ega.

    9. Ammofos selitrasi o‘ziga xos hidli oq kristalli mahsulotdir. Uzoq muddatli saqlash paytida barqaror. “Maksam-Ammofos” OAJ mahsuloti. (GOST 5689-79).

    1. Tajribalarni o‘tkazish usullari


Fosfor dastlab «Maksam-Ammofos» OAJning fosfor-azotli chiqindilaridan olingan kalsiy fosfatdan olingan, bu holda qayta tiklash vositasi koks - C, shlak hosil qiluvchi vositasi esa - SiO2. hisoblanadi. Epixlorgidrin, fosfor kislotasi bilan polikondensatsiyasi


quyma va eritma shaklida amalga oshirildi. Boshlovchi qismlarning ma’lum miqdori ampulaga joylashtirildi va muzlatilgan shakldagi reaksiya aralashmasi yuqori vakuumda gazsizlanib, muhrlandi. Ke- yin ampulani termostatga (T =30-60 oS ± 0,02) botirib, ma’lum va- qtdan keyin ochildi. Olingan mahsulot etanol bilan ishlov berildi va oltingugurtli efirga cho‘ktirildi, so‘ngra doimiy og‘irlikda vakuum- da quritildi. Ampulalarda polimerlarning sintezi amalga oshirildi. Epixlorgidrinni fosfor kislotasi bilan aralashtirishda, ham vaznda, ham organik erituvchilar keng harorat oralig‘ida, erkin monomer molekulalari bo‘lmagan yuqori molekular moddalar hosil bo‘li- shi, ya’ni qaytarib bo‘lmaydigan polikondensatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Fosfor kislotasi bilan epixlorgidrinni polikondensatsiyalan- ish qonuniyatlari 40-60 oS harorat oralig‘ida 300 daqiqa davomida boshlang‘ich tarkibiy qismlarning ekvimolyar nisbatida o‘rganildi. Polikondensatsiya jarayonining borishi kislota guruhlarini potensi- ometrik titrlash orqali boshqarildi. Qisqartirilgan yopishqoqlikning o‘zgarishi va vodorod xloridining chiqarilishi tavsiflangan jaray- onlarning bevosita natijasi bo‘lganligi sababli, bu ikki omilning miqdoriy bahosi EXG va FKning polikondensatsiyalanish tezligini aniqlash usuli bo‘lib xizmat qildi.

Olingan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki (2.1-rasm), EXG va FKning polikondensatsiyasi natijasida hosil bo‘lgan vodorod xlor- id miqdorining reaksiya davomiyligiga bog‘liqligi S -shakliga ega.


60 dan 150 daqiqagacha bo‘lgan davrda NCI ning jadal ajralishi sodir bo‘ladi, bu polikondensatsiya reaksiyasining yuqori tezlig- ini tavsiflaydi [114; 73-75 b, 115; 22-28 b]. Taxminan 180-275 daqiqadan so‘ng (haroratga qarab) NCI chiqarilishi to‘xtaydi va nazariy jihatdan 75-85 % ga yetadi. Shunga o‘xshash muntazam- lik EXG:FK ning tavsifida polikondensatsiya jarayoni, pasaygan yopishqoqlikning o‘zgarishi va polikondensatsiya mahsulotlarining kislota sonining natijalari bilan tasdiqlanadi (2.2-rasm). Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, polikondensatsiya reaksiyasining tezligi harorat- ga bog‘liq. O‘rganilgan harorat oralig‘ida (40-60 oS) - eng yuqori reaksiya tezligi 60 oS da kuzatiladi [116; 159-162 b, 117; 60-62 b]. Konversiya (aylantirish) darajasining EXG va FK ning polikon- densatsiya reaksiyasi davomiyligiga bog‘liqligi 2.3-rasmda keltiril- gan. Yuqoridagi natijalardan ko‘rish mumkinki, vaqt o‘tishi bilan
polikondensatsiya darajasi mutanosib ravishda oshib boradi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin