Misr ehromlari



Yüklə 480,72 Kb.
səhifə4/4
tarix29.06.2023
ölçüsü480,72 Kb.
#135531
1   2   3   4
Misr ehromlari

Rodosdagi haykal
Qadimgi yunonlarning quyosh xudosi Geliosning bronzadan ishlangan ulkan haykali er.av. taxminan 280 yilda qurilgan. Rodos qo'tig'iga kirishni qo'riqlaydigan bu haykal Kichik Osiyo qirg'oqlaridagi grek orollaridan birida joylashgan. Afsonaga ko'ra ushbu haykal 32 metr balandlikni tashkil etgan. Er.av. 224 yildagi zilzila haykalni yakson qilgan.
M iloddan avval 4-asrda Rodos oroliga Iskandar Zulqarnayn sarkardalaridan biri — Antigonning o'g'li Demetriy hujum qiladi. Biroq,erksevar rodosliklarning mardona qarahiliklari tufayli bu makkor sarkarda boy va qudratli orolni qo'lga kirita olmaydi. Mana shu ajoyib g'alabadan xotira qoldirish uchun mudofaachilar dunyoda eng katta haykal o'rnatmoqchi bo'ldilar. Rodoslik Koloss (yunonlar baland haykalni shunday atashgan) nomi bilan mashhur bo'lgan bu haykal dunyoning oltinchi «mojiza»si hisoblanadi. Maydonda balandligi 37 metrli bronzadan yasalgan o'spirinning qiyofasi qad ko'targan. Uning baquvvat oyoqlari sal kerilgan, o'ng qo'lining kafti esa ko'zlari ro'parasiga qadar oldinga ko'tarilgan. Qaddini bir ozgina orqaga tashlab, nigohini uzoq-uzoqlarga qaratgan. Boshi atrofga nur sochib turgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu Quyosh xudosi — Geliosning tasviri bo'lib, orol aholisi bu xudoni o'zlarining homiylari deb hisoblashgan. Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli dastlab dengiz ostida ekan, uni yorug'likka Quyosh xudosi Gelios olib chiqqan emish. Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb ham ataydilar.
***************************************
Iskandariya mayog'i
Misrning Iskandariya shahri yaqinida joylashgan qadimiy mayoq. Ushbu mayoq Ptolemy II davrida, er.av. taxminan 280 yilda qurilgan bo'lib, balandligi 134 metrni (40 qavaqtli bino balandligi bilan teng) tashkil etgan. Uning eng baland qismiga olov yoqib qo'yilardi, bu esa dengizchilarning manzilni tez topib olishlari uchun qulay bo'lardi. 955 yilda ro'y bergan bo'ron va zilzila oqibatida mayoq qancha zarar topdi, 14 asrgacha esa zilzila oqibatida umuman buzilib ketdi.
Miloddan avvalgi 227-yilda zilzila natijasida vayron bo'lgan yettinchi «mo'jiza» Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida, Faros orolida bo'Igan. Uni Iskandariya mayog'i deb atashgan. Iskandar Zulqarnayn Misrni zabt etgandan keyin o'ziga yangi poytaxt — Iskandariya shahrini quradi. Shahar dengiz sohilida bunyod etilganligi uchun savdo-sotiq rivojlanib, tez orada yuksak madaniyatli, fan taraqqiy etgan shaharga aylanadi. Hashamatli saroylar, qasrlar, go'zal binolar quriladi. Shaharga Metalar qatnovini yaxshilash uchun miloddan avvalgi 280-yilda Faros orolining sharq tomonida — Iskandariya shahri yonida mayoq qurishga qaror qilindi. Uning loyihasini o'z zamonasining mashhur va talantli me'mori Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora shaklida qurilgan. U uch qavatli bo'lib, balandligi 120 metr edi. Mayoq poydevori kvadrat shaklida, har bir tomoni 30,5 metrga teng edi. Uni dastlab xarsang plitalar bilan ishlab, ikkinchi qavatini sakkiz qirrali toshlardan qurishgan va ajoyib marmar plitalar bilan pardoz berishgan. Minoraning qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy shamol uo'nalishlariga mo'ljallab qurilgan. Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali minora shaklida bo'lib, uning ustiga dengiz xudosi Poseydonning bronzadan ishlangan ulkan haykali o'rnatilgan edi. Uchinchi qavatning qubbalarini granit ustunlar tutib turar edi. Xuddi mana shu yerda gulxan yoqilardi. Gulxan alangasi uzoq masofadan ko'rinib turishi uchun maxsus ko'zgular o'rnatilgan edi. Yoqilg'ini eng yuqori qavatgacha eshaklarga ortib olib chiqishgan. Aylanma zinalar shunday qurilgan ediki, ustiga yoqilg'i ortilgan eshaklar bu zinalardan bemalol yuqoriga chiqa olgan. Mayoqdagi xonalarda butun boshli bir garnizon askarni joylashtirsa bo'lardi. Mayoq kemalarga uo'l ko'rsatibgina qolmay, o'ziga xos kuzatuv punkti ham bo'Igan. Arab tarixchilarining yozishlariga qaraganda, mayoqning ikkinchi qavatini, ua'ni sakkiz qirrali minorani juda ko'r bronza haykalchalar bezab turgan. Haykalchalardan biri Quyosh qaysi tomonga o tsa, o sha tomonga qarab olarkan. Boshqa bir haykalcha kecha-yu kunduzi har soatda bir marta bong urgan. Yana bir haykalcha dushman kemasi yaqinlashayotganda harakatga kelib, dengizga ishora qilgan va ovoz chiqarib xabar bergan. Albatta, bu hikoyalar mubolag'adan xoli emas, lekin shu narsa aniqki, Farosdagi mayoq dunyoda tengi uo'q, yagona inshoot bo'lgan. Zamonlar o'tishi bilan nam havo va to'xtovsiz shamollar mayoqqa o'z ta'sirini o'tkazdi. 14-asrdagi zilzila natijasida mayoq batamom vayron bo'Idi. Bizgacha mayoq- ning poydevorigina yetib kelgan, xolos.

REFERAT
Mavzu: Qadimgi dunyoning 7 mo'jizasi




Bajardi: ___________________________________
Tekshirdi:_________________________________
Yüklə 480,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin