Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə4/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Qishloq xo‘jaligi. Turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi Jizzax viloyati iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Mintaqa paxta, chorvachilik, bog‘dorchilik, lalmikor dehqonchilik, asalarichilik, kartoshka, sabzavot, poliz (qovun, tarvuz) mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Dehqonchilik xissasi 48 %. Bu nisbat ob-havo, iqlim sharoitlari hamda mamlakatimizning agrar siyosati taʼsirida o‘zgarib turadi.
Viloyatda jami qishloq ho‘jaligida foydalaniladigan yerlar 1266,3 ming gektarga teng. Uning 22,0 foizi sug‘oriladigan yerlar. Ko‘rinib turibdiki, mintaqada intensiv ravishda qishloq xo‘jaligi, xususan sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Sug‘oriladigan yerlar ulushi ayniqsa tog‘ va tog‘ oldi hududlarda joylashgan Forish, Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Yangiobod qishloq tumanlarida oz. Forish tumanining qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlardan bor-yo‘g‘i 0,3 foizi, Yangiobod tumanining 6,6, Baxmal tumanining 8,2 foizi sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich Arnasoy, Zafarobod, Mirzacho‘l tumanlarida ancha yuqori, Zarbdor, Paxtakor, Jizzax tumanlarida esa u deyarli 100 foizga teng (23-jadvalga qarang).
23-jadval
Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar tarkibi



Qishloq tumanlari

Maydoni, ming ga

Qishloq xo‘jaligida foydala-niladigan yerlar maydoni, ming ga

Shu jumladan, sug‘orila-
digan yerlar, ming ga

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarga nisbatan, foizda

ekin yerlar



ko‘p yillik daraxt- zorlar

bo‘z yer-lar

pichan
zor va yaylovlar

Arnasoy

49,3

35,9

32,0

87,6

1,3

-

11,1

Baxmal

186,4

106,5

8,8

36,9

3,5

2,4

57,1

Do‘stlik

45,0

34,4

34,4

98,1

1,9

-

-

Jizzax

132,0

80,7

31,1

59,6

2,0

0,9

37,5

Zarbdor

50,7

35,8

34,3

96,4

1,1

0,5

8,0

Zafarobod

52,2

33,6

27,7

81,9

2,8

-

15,3

Zomin

287,0

197,3

34,9

35,1

0,3

0,2

64,4

Mirzacho‘l

48,0

35,5

31,4

86,7

2,3

0,8

10,2

Paxtakor

37,7

27,3

27,3

98,7

1,3

-

-

Forish

953,5

438,8

1,4

4,7

0,2

0,4

94,7

G‘allaorol

195,0

168,5

10,0

55,3

1,1

0,7

42,9

Yangiobod

72,1

68,2

4,6

42,4

2,1

1,5

54,0

Viloyat bo‘yicha

2117,8

1266,3

278,3

38,4

1,1

0,6

59,8

Jadval “O‘zbekiston Respublikasining yer fondi” – T.: O‘zR yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, 2011, - 82 bet maʼlumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

Viloyat qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning 38,4 foizi ekin maydonlari bilan, 59,8 foizi pichanzor va yaylovlar bilan band. Pichanzor va yaylovlar Baxmal, Zomin, Forish, Yangiobod kabi tog‘ va tog‘ oldi hududlarda joylashgan qishloq tumanlarida, ekin ekiladigan yerlar esa pasttekislik hududlarda (Arnasoy, Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor va boshqalar) ko‘p.


2013 yil maʼlumotlari bo‘yicha, qishloq xo‘jalik ekinlarining umumiy maydoni 390 ming gektarni tashkil qiladi. Jami qishloq xo‘jalik mahsulotining 63,0 foizi dehqon xo‘jaligiga, 36,2 foizi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi. Dehqon xo‘jaliklarining ulushi chorvachilikda, bog‘dorchilik, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda ko‘proq. Fermer xo‘jaliklari esa, asosan paxtachilikda. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, Jizzax viloyatida qo‘shni Sirdaryo viloyatida bo‘lgani kabi haqiqiy tadbirkorlar fermer xo‘jaliklari bilan shug‘ullanishadi. Ular yoki ularning ota-bobolari bir vaqtlar respublikamizning boshqa viloyatlaridan aynan shu maqsadda ko‘chib kelishgan.
Fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydoni 475 ming ga, ularda ishlaydiganlar 61,3 ming kishi, har bir fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 11,2 gektardan yer to‘g‘ri keladi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda Xorazm viloyatida juda past. 2012 yil yakunlari bo‘yicha barcha donli ekinlar maydoni 206,3 ming ga, uning 194,1 ming gektari boshoqli don ekinlari bilan band bo‘lgan. Shu jumladan, 156,6 ming ga yerga bug‘doy ekilgan, umumiy hosil 443 ming t, hosildorlik 28,3 s/ga (2009 y.-34,2 s/ga). Paxta maydonlari 101,4 ming ga, yalpi hosil 231 ming t, hosildorlik 22,8 s/ga. Kartoshka 1,6 ming gektarga, sabzavot 8,6 ming gektarga, poliz 8,5 ming gektarga ekilgan. Yalpi hosil, mos holda, 46,3; 282,2; 188,3 ming tonnadan. Yem-hashak ekinlari jami 37,5 ming gektar atrofida, ularning aksariyat qismi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan. Bog‘dorchilik esa 12,8 ming gektarda tashkil etilgan, yalpi hosil 65,6 ming t. (asosan olma), hosildorlik 70,4 s/ga.
Viloyat qishloq xo‘jaligida 2012 yilda tirik vaznda 142,3 ming t go‘sht, 400,2 ming t sut, 130,2 mln dona tuxum, 3 ming tonna jun, 625,5 tonna pilla yetishtirilgan. Yirik shoxli qoramollar barcha toifadagi xo‘jaliklarda 700,4 ming bosh (ko‘pchiligi dehqon xo‘jaliklarda), qo‘y va echkilar 1538 ming bosh, otlar 21 ming bosh bo‘lgan.
Qishloq xo‘jaligi geografiyasida sezilarli hududiy tafovutlar mavjud. 16-ilovada keltirilgan maʼlumotlar bo‘yicha, eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (qiymatiga ko‘ra) Baxmal, G‘allaorol, Jizzax, Zomin va Do‘stlik tumanlari beradi. Turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ham tumanlararo farqlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, boshoqli don ko‘proq Do‘stlik, Mirzacho‘l, Zomin va Paxtakor tumanlarida, poliz - Zarbdor va Mirzacho‘lda, sabzavot - G‘allaorol, Baxmal va Jizzax tumanlarida, kartoshka - Baxmal va G‘allaorolda, meva - Baxmalda yetishtiriladi.

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin