Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni


Geografik o‘rni va tabiiy resurs salohiyati



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə2/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Geografik o‘rni va tabiiy resurs salohiyati. Jizzax viloyati O‘zbekiston Respublikasining markaziy qismida joylashganligi uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mintaqaning geosiyosiy o‘rni ham o‘ziga xos: viloyat shimolda Qozog‘iston, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Ko‘rinib turibdiki, Jizzax viloyati geografik o‘rnining “markaziyligi” va transchegaraviyligi uning tarixiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Jizzax shahrining O‘rta Osiyoning qadimiy markazlari - Samarqand, Toshkent, Xo‘jand va O‘ratepa oralig‘ida, Buyuk Ipak yo‘lida o‘rnashganligi ham hozirgi viloyat markazi shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini belgilab beradi.
Hududining shimoliy, shimoli-g‘arb va janubiy qismlari tog‘liklardan, o‘rta qismi pasttekisliklardan iborat. Bu yerda Nurota, Pistalitog‘, Turkiston, G‘o‘bdintov tog‘lari bor; eng baland cho‘qqilari Bozorxonim (3401 м, Baxmal tumanida) va Shavkartov (4029 м, Zomin tumanining chekka janubida). Tog‘ va tog‘ oldi hududlarda Nurota tog‘ - yong‘oq, Zomin tog‘ - archa davlat qo‘riqxonalari hamda Zomin xalq bog‘i tashkil etilgan.
Viloyatning har xil landshaft turlariga boyligi (u Sirdaryo viloyatidan aynan shu jihatlari bilan farqlanadi) tabiiy holda hududiy mehnat taqsimotining rivojlanishida asosiy omil bo‘lgan va shunga mos ravishda tabiiy - xo‘jalik tarmoqlari shakllangan. Tog‘ va tog‘-oldi hududlarida chorvachilik, bog‘dorchilik, asalarichilik, lalmikor dehqonchilik, rekreatsiya va turizm rivojlangan, tekislik qismi esa eski va yangi o‘zlashtirilgan, ko‘proq paxta ekiladigan hududlardan iborat.
20-jadval
Jizzax viloyati qishloq tumanlari haqida baʼzi bir maʼlumotlar

t/r


Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin