Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə3/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Mineralogiya

Optik xususiyatlariMineralning rangi, yaltiroqligi, shaffoflik darajasi, nur sindirish, nurni ikkilanib sinish ko`rsatkichi, pleoxroizm va boshqa xossalari optik mikroskoplar yordamida o`rganiladi.
Mineralning yaltiroqligi uning sirtida aks etadigan, nur miqdori va uning nur sindirish ko`rsatkichi bilan bog`liq bo`lib, odatda metall, yarim metall, nometall, olmos, shishasimon, yog`li, ipaksimon kabi turlarga bo`linadi. Mineralning boshqa fizik xususiyatlari (luminesseniya, magnitlik, termik) qattiq jismlar fizikasida mukammal o`rganilgan.
Mineralni tekshirish uchun undan namuna olinadi. Namuna tabiiy ochilmalardan o`yiqlar va burg`u kovaklari (kernlar) dan yig`iladi. Kompas yordamida mineralning magnitligi aniqlanadi. Karbonatli minerallar xlorid kislotasining kuchsiz eritmasini tomizish bilan oson aniqlanadi. Ba`zan biror kimyoviy elementning bor yoki yo`qligiga ishonch hosil qilish maqsadida kimyoviy reaksiyalardan foydalaniladi. Mineralning dala sharoitida ma`lum bir guruhga mansubligini belgilashda maxsus aniqlagichlardan foydalaniladi. Ba`zi kam tarqalgan hamda gillar guruhiga mansub minerallarni dala sharoitida aniqlash birmuncha mushkul. Mineralning kimyoviy tarkibi laboratoriya sharoitida fizik va kimyoviy tahlil yordamida aniqlanadi. Shaffof va yarim shaffof mineral qutblangan nurlar bilan ishlatiladigan (polyarizatsion) mikroskop yordamida tekshiriladi. Nur o`tkazmaydigan ma`dan minerallar esa, maxsus qaytgan nurlar bilan ishlatiladigan mikroskopda o`rganiladi. Faqat rentgen analiz yo`li bilan mineralning ichki kristall panjarasi tuzilishi to`liq aniqlash mumkin. Juda mayda dispers minerallar elektron mikroskop bilan tekshiriladi. Karbonat va tarkibida suv bo`lgan minerallar termik analiz yo`li bilan o`rganiladi.

Tabiatda tarqalishiga ko`ra barcha minerallar jins hosil qiluvchi va ma`dan hosil qiluvchi (tog` jinslari yoki ma`danlar tarkibida qatnashuvchi), ikkinchi darajali yoki aksessor (1% dan ko`p. bo.`lmagan), kam uchraydigan va o`ta kam uchraydigan, yakka holda uchraydigan turlarga bo`linadi.
Har bir mineral aniq geologik, fizik-kimyoviy sharoitda ma`lum bir tabiiy geokimyoviy muhitda hosil bo`lib, o`zining rivojlanish tarixiga ega. Mineral rivojlanish jarayonida paydo bo`lish, o`sish va o`zgarish bosqichlarini bosib o`tadi.
Bu bosqichlar rus olimi D.P.Grigoryev (1961) tomonidan minerallar ontogeniyasi nomi bilan birlashtirilgan. Mineral turli fazali muhit (eritma, gaz) dan paydo bo`ladi. Mineralning o`sish jarayonida izomorf va mexanik ravishda mineral hosil qiluvchi muhitdagi suyuq gaz birikmalar aralashgan bo`lishi mumkin. Fizik-kimyoviy sharoitning o`zgarishi emas, haroratning pasayishi, bosimning oshishi, yangi aralashmalarning kelib qo`shilishi va boshqalar natijasida quyidagi hollar ro`y berishi mumkin: a) mexanik yo`l bilan qo`shaloq kristall hosil bo`lishi, dislokatsiya, mozaik va boshqa ichki tuzilishiga olib keladigan deformatsiyalar; b) mineralning erishi natijasida tomonlarida o`ziga xos shakllarning paydo bo`lishi; v) polimorf o`zgarishlar; g) qattiq qotishmalarning yemirilishida; d) qayta kristallanish; ye) boshqa mineral bilan almashishiga olib keladigan kimyoviy o`zgarishlar va boshqalar. Agar bu o`zgarishda avval mavjud bo`lgan mineralning tashqi shakli saqlansa, psevdomorfozolar (limonitning pirit bo`yicha) vujudga kelishi. Bir tarkibning polimorf modifikatsiyalarida ifodalanadigan birlamchi va undan hosil bo`luvchi ikkilamchi mineral psevdomorfozalari (sfaleritning vyursit bo`yicha, grafitning olmos bo`yicha) deyiladi. Turli reaksiyalar natijasida vujudga kelgan har qanday mineral alohida, sof holda deyarli uchramaydi, hamma vaqt boshqa mineral bilan birga keladi. Bir jarayonda chegaralangan maydon va vaqtda ma`lum fizik-kimyoviy sharoitda qonuniy ravishda hosil bo`luvchi mineral birikmalar mineral paragenezisi yoki paragenetik assotsiatsiyalar deyiladi. Mineralning bir paragenetik assotsiatsiyasi rivojlanish tabiiy sharoitlar, harorat, bosim va komponentlar konsentratsiyasining o`zgarishi natijasida qonuniy ravishda ikkinchisi bilan almashinadi. Vujudga kelayotgan mineral associaciyalarini fizik kimyoviy diagrammalar yordamida tekshirish, Rossiya olimi akademik D.S.Korjinskiy tomonidan ishlab chiqilgan paragenetik tahlilining asosi hisoblanadi. Bir mineralning turli vaqtda paydo bo`lishi uning generaciyasi deyiladi. Tabiiy reakciyalar mahsuli bo`lgan mineral uni hosil qiluvchi muhit, fazali holat fizik-kimyoviy parametrlar bilan uzviy bog`liq. Bularning hammasi minerallar hosil bo`lish jarayonining har bir bosqichida mineral tarkibi va xususiyatlarida o`zgarib, tipomorf (mansub) xususiyatlarni hosil qiladi. Mineral hosil bo`lgan muhit bilan bog`liq bo`lgan kimyoviy struktura, fizik belgilarning majmui mineralyi tipomorfizmi deyiladi. Mineral paragenezislari kabi, ularning ayrim belgilari ham tipomorf bo`lishi mumkin. Mineralning tipomorf xususiyatlaridan foydali qazilmalarni qidiruv belgilari sifatida foydalanish mumkin.
Mineral barcha geologik jarayonlarda (endogen, ekzogen, metamorfogen) paydo bo`ladi. Mineralning paydo bo`lishini (genezisini) o`rganishning bosh yo`llari quyidagilar: a) mineral mavjudligining geologik sharoitini kuzatish; b) mineralning tipomorf (mansub) xususiyatlarini o`rganish; v) paragenetik tahlil; g) antogenetik tekshirish; d) mineralni paydo bo`lish sharoitida unga kirib qolgan gaz, suyuq va qattiq (boshqa mineral zarralari) qo`shimtalarni o`rganish; ye) tabiiy reaksiyalarning termodinamik hisoboti; j) turli geotermometr va geobarometr yordamida termodinamik ko`rsatkichlarni aniqlash; z) fizik-kimyoviy muvozanatni o`rganish; i) mineral hosil bo`lish jarayonini tajriba yo`li bilan tekshirish; k) mineralning izotop tarkibini o`rganish.
Mineralning qaysi sohada ishlatilishi uning xususiyatlariga bog`liq. Masalan, o`ta qattiq minerallar (olmos, korund, granat va b.) obraziv mahsuloti sifatida, pyezoelektrik xususiyatiga ega minerallar radioelektronikada qo`llaniladi. Mineralning fizik xususiyatlariga (zichligi, qayishqoqligi, magnitligi, elektr o`tkazuvchanligi, radioaktivligi) qarab ma`dan boyitish va foydali qazilmalar qidirishning usullari belgilanadi. Xalq xo`jaligida, sanoatda hozirgacha bizga ma`lum bo`lgan minerallarning 20% ishlatiladi. Mineralning tarqalganligi, tarkibi, xususiyatini batafsil o`rganish, yangidan-yangi mineral turlarini topishga imkon beradi. O`zbekistonda geolog, geoximik, mineraloglar va boshqalar tomonidan yangi minerallar ochilgan. Ulardan ba`zilari dunyoda birinchi marta topilgan bo`lib, mashhur olimlar, mutafakkirlar va joylar nomi bilan ataladi. Masalan, avitsenit, birunit, nasledovit, uklonskit, ferganit, xamrabayevit, uzbekit. Hozir sanoatda, xalq xo`jaligining ko`p tarmoqlarida Mendeleev jadvaldagi element-larning ko`pchiligidan foydalanilmoqda, ular asosiy komponent yoki qo`shimcha element sifatida har xil minerallar tarkibidir. Elektronika, optika, radiotexnikada mineralning monokristallari yoki ularning sun`iy turlari ishlatiladi. Chiroyi va bezakligi bilan ajralib turadigan minerallar qimmatbaho tosh (olmos, zumrad, yoqut, sapfir, nefrit va boshqalar) sifatida qo`llaniladi. Mineralni har taraflama o`rganmay turib, tog` jinslari va qazilma ma`dan hosil bo`lishini hozirgi zamon geologik va geoximik tekshirishlar talabiga javob berarlik darajasida aniqlash mumkin emas. Yil sayin minerallarning tadqiq qilish ob`yektlari kengayib, oy, kosmos, yer po`sti va okean tubi minerallari o`rganilmoqda.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin