Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar


- §. Hozirgi o'zbek adabiy tilining og'zaki va yozma shakllari



Yüklə 20,41 Kb.
səhifə3/3
tarix28.05.2022
ölçüsü20,41 Kb.
#59869
1   2   3
hozirgi adabiy til

3- §. Hozirgi o'zbek adabiy tilining og'zaki va yozma shakllari
Hozirgi o'zbek adabiy tilining og'zaki va yozma shakllari bor, shu ikki shakl vositasida u xalqqa xizmat qiladi.
1. Adabiy tilning og'zaki shakli to'g'ri talaffuz me’vorlariga, eshitish orqali idrok qilishga tayanadi. Bu shaklning moddiy-material asosini fizik- akustik birliklar (nutq tovushlari, urg'u, ohang, melodika, pauza, tembr, ritm, temp) tashkil etadi; uning tarixiy ildizlari xalq og'zaki ijodi namunalarida - dostonlar, qo'shiqlar, maqollar, hikmatli so'zlar, topishmoqlar, ertaklar negizida rivojlanib, og'izdan-og'izga o'tib kelgan, shu jarayonda uning hozirgi milliy adabiy tilga xos yagona talaffuz me’yorlari shakllangan. Hozirgi o'zbek adabiy tilining og'zaki shakli ko'proq adabiy so'zlashuv uslubida namoyon bo'ladi, uning faoliyatida imo-ishora, nutq vaziyati kabi noverbal vositalar ham muhim rol o'ynaydi.
2. Hozirgi o'zbek adabiy tilining yozma shakli, awalo, yozuv sistemasiga hamda shu sistema birliklarini (grafemalarni, orfogrammalarni) ko'rish va o'qishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, ma’lumki, grafika, orfografiya va punktuatsiya kabi komponentlardan tarkib topadi, demak, uning moddiy- material asosini optik-grafik vositalar tashkil qiladi. Adabiy tilning yozma shakli faoliyatida ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub qoliplariga xoslanish xususiyatlari borligi ham ko'zga tashlanadi.
4-§. Hozirgi o'zbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar
Hozirgi o'zbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar ikki xildir:
1. Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari - fonemalar tizimi, lug'at boyligi, morfema tiplari, so'z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular o'rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti, birinchi navbatda, ana shularga tayanadi.
2. Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bo'lgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg'ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, O'zbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy hayotida ham jiddiy o'zgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o'tish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning yangi shakllari yuzaga keldi.|Bularning barchasi o'zbek tili leksikasiga ham ta’sir o'tkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushuncha nomlari (partkom, raykom , obkom, sovxoz, oblastkabi so'zlar) iste’moldan chiqib, o'zbek tili lug'at boyligining tarixiy qatlamiga o'tib qoldi, ularning o'rnida hozirgi mustaqil O'zbekiston hayoti taqozo qilgan yangi so'z va atamalar (kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, bizneskabilar) paydo bo'ldi, hokim,hokimiyat, viloyat, tuman kabi leksemalaming mazmun mundarijasida hozirgi tuzumga xos yangi ma’no qirralari yuzaga keldi, natijada bunday so'zlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga o'tib qoldi. Keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar birga qatnashadi, ularning biri ikkinchisiga sharoit yaratadi, har ikkalasi bir butun mexanizm sifatida xizmat qiladi; til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi.
5- §. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining davlat tili mavqeyidagi o‘rni
Hozirgi o'zbek adabiy tilida, yuqorida aytib o'tilganidek, davlat ishlari olib boriladi. O'zbekistonning davlat tili deyilganda ham ko'proq darajada o'zbek adabiy tili nazarda tutilgan, binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Bunday himoya quyidagi hujjatlar bilan kafolatlangan:
1. O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni (o'n birinchi chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida 1989- yil 21- oktabrda qabul qilingan).
2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (4- modda).
3. «Davlat tili haqida»gi qonunning yangi tahriri. 1995- yil 21- dekabr.
Yüklə 20,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin